XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.57K subscribers
21.2K photos
1.45K videos
32 files
6.42K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#soʼnggi_qoʼngʼiroq

📍Nukus shahridagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatida o'tkazilgan “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirida Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev ishtirok etdi

🔹Unda Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining birinchi o’rinbasori Nurullan Erlepesov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bitiruvchilarga tabrigini o‘qib eshittirdi.

⚡️Tadbirda so'zga chiqqanlar yangi hayot sari qadam tashlayotgan yoshlarni samimiy tabriklab, ularga muvaffaqiyatlar tiladi.

📌 Ma'lumot o'rnida, 504 o'ringa mo'ljallangan mazkur maktabni bu yil 28 nafar 11-sinf o'quvchilari bitirdi. Ulardan 7 nafari muddatidan oldin xorijning nufuzli oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilingan.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#soʼnggi_qoʼngʼiroq

no comment | "Ilmni qadrlang, ilmga intiling!" shiori ostidagi "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbirlari
#25may #uzbekiston24

📍Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Сўнгги_қўнғироқ

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘zi tahsil olgan maktabdagi “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi

Bugun vazir Hilola Umarova Toshkent shahridagi 241-maktabda bo‘lib, “Ilmni qadrlang, ilmga intiling” shiori ostida tashkil etilgan “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi.

❗️Tadbir
avvalida vazir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bitiruvchilarga tabrigini o‘qib eshittirdi va yangi hayot sari qadam tashlayotgan yoshlarni samimiy tabriklab, ularga muvaffaqiyatlar tiladi.

✔️ Tadbir doirasida Hilola Umarova Toshkent shahridagi maktablarda faoliyat yuritib kelayotgan faxriy ustozlar bilan ham uchrashib, ularning 4 nafarini "Xalq ta'limi fidoyisi", 13 nafarini esa "Xalq ta'limi a'lochisi" ko‘krak nishonlari bilan taqdirladi.

📌 Ma'lumot o'rnida, mazkur maktabni bu yil 39 nafar 11-sinf o'quvchilari bitirdi. Ulardan 7 nafari muddatidan oldin oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilingan, 4 nafari xalqaro IELTS sertifikatiga ega va 1 nafari fan olimpiadasida oltin medal sohibi hisoblanadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
#Soʼnggi_qoʼngʼiroq
#Ilmni_qadrlang_ilmga_intiling

OGAHIY IJOD MAKTABI

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Ogahiy ijod maktabi ilk bitiruvchi qaldirg‘ochlarini katta hayot sari yo‘llamoqda. Shu munosabat bilan maktabda so‘nggi qo‘ng‘iroq tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir avvalida ularga oq yo‘l tilash maqsadida Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari S.Abdullayev so‘zga chiqib Prezidentimizning bitiruvchi yoshlar uchun yo‘llagan tabriklarini o‘qib eshittirdi. Ularning har bir yutug‘ida maktab rahbaridan, ustozlardan tortib, har bir xodimining hissasi borligini ta'kidlab o‘tdi.

Shundan so‘ng tabrik uchun maktab direktori v.v.b. R.Raximov so‘zga chiqib bitiruvchilarga o'z tilaklarini yo'lladi. Bitiruvchilar tomonidan so‘nggi qo‘ng‘iroqga bag‘ishlangan musiqiy chiqishlar va she'rlar taqdim qilindi.

🔻Tadbir yakunida 2022-2023-yilda faol qatnashga pedagog-ustozlar va bitiruvchilar tashakkurnoma bilan taqdirlandilar.

🌐
Telegram | Facebook