XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.6K subscribers
19.3K photos
1.27K videos
32 files
5.91K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Infografika
#Direktorlar_kengashi

ENDI 14 TA HUDUDDA "DIREKTORLAR KENGASHI" TASHKIL ETILADI

✔️Kengash tomonidan direktorlikka nomzodlar suhbatdan o'tkaziladi va lavozimga tavsiya etiladi.

✔️Maktab direktorlarining vakolatlari kengaytiriladi.

❗️Batafsil infografikada

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Ochiq_eshiklar_kuni

MAKTABIMIZ HAYOTIDAN BIR KUN

22-23-may kunlari Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "Ochiq eshiklar kuni" bo'lib o'tdi.

Tashrif buyurgan ota-onalar va o'quvchilar uchun maktab psixologi L.Atajanova "SIZNING FIKRINGIZ MUHIM" doskasi tashkil qildi. Mehmonlarga maktab hayoti Yoshlar Prezidenti Komila Komiljanova tomonidan ma'lumot berib tanishtirib borildi.

🌐 Telegram | Facebook
#Bilasizmi

⚡️ So'nggi qo'ng'iroq tarixi haqida bilasizmi?

🏫 Ta'lim muassasalarida dastlabki qo‘ng‘iroqlardan foydalanish Qadimgi Yunonistonda boshlangan. Birinchi qo‘ng‘iroq Aflotun akademiyasida joriy qilingan. Aflotun foydalangan qo‘ng‘iroq biz bugun ko‘rib turgan qo‘ng‘iroqlardan ancha farq qilgan. Unda jarang hosil qilish uchun suv va naydan foydalanilgan. Olim 2ta kemani naycha bilan bog‘laydi. Bir kemadan keladigan suv nay orqali ikkinchisiga o‘tayotganda ovoz chiqqan va jarang hosil bo‘lgan.

✔️ XVII asrga kelib, qo‘ng‘iroq uchun yangi tizimdan foydalanishga o‘tiladi. Chexiyalik o‘qituvchi Yan Amos Komenskiy darslarni qo‘ng‘iroq bilan tugatish g‘oyasini ilgari surib, sinfda ko‘chma yoki statsionar qo‘ng‘iroqdan foydalangan. XX asrga kelib, qo‘ng‘iroqning ancha takomillashgan turi – elektr qo‘ng‘iroqlar keng tarqaldi.

🔔 So‘nggi qo‘ng‘iroqni 25-may sanasida nishonlash 1948-yilda Rossiyada boshlangan. Bu an'ana Krasnodar shahridagi 182-maktab direktori Fyodor Bryuxovetskiy tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, bilimlar kuni, maktabda navbatchi sinflarni tashkil qilish, 1-sinf o‘quvchilari uchun alifbo bilan xayrlashish kabi an'analarni ham Fyodor Bryuxovetskiy olib kirgan. Keyinchalik bu g‘oyalar butun ittifoq bo‘ylab yoyilgan va ularning aksari hozirgacha davom etadi.

🌐 Telegram | Facebook
#Drama_Club
#Toʻgarak_jarayoni

⚡️Kim yurtiga sodiq bo'lsa,
MENDIRMAN O'SHA...

🌐 Xiva shahridagi Prezident maktabida "Drama" to'garagi rahbari B. Matniyozov tomonidan tayyorlangan "JALOLIDDIN MANGUBERDI" spektakli namoyishi bo'lib o'tdi.

Maktabining iqtidorli o'quvchilari o'z iste'dodlarini yana bir karra namoyish etishdi. Spektakl qatnashuvchi o'quvchilar tomonidan professional tarzda maromiga yetkazilib ijro etildi.

🌐 Telegram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Art_time

BOG'OT TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABIDA RASMLAR KO'RGAZMASI TASHKIL QILINDI

🎨 Maktab tasviriy san'at o'qituvchisi M.Masharipovaning o'quvchilar bilan birgalikda yaratgan turli san'at asarlari mazkur ko'rgazmadan joy oldi.

🌐
Telegram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
MAKTAB OILAMIZ EDI, KETISH OG‘IR BO‘LYAPTI

Maktabga kelib, darslarga kirmaganimiz, vaqtimizni zoye ketkazganimiz, maktab davrini qadriga yetmaganimiz...

Ustozlarimizdan kechirim so‘raymiz, bergan bilimlaringizga rahmat, biz sizlarni sog‘inamiz...

Bitiruvchilar iqrori
#Bellashuv

🏢Bogʻot tumani ixtisoslashtirilgan maktabida 6-"Aʼʼ va 6-"Bʼʼ sinf oʻquvchilari oʻrtasida ʼʼO'yla,izla,topʼʼ intellektual o'yini oʻtkazildi.

👉Bellashuvdan maqsad  o'quvchilarning mantiqiy fikrlash salohiyatini rivojlantirish va tezkorlikka undovchi savollarga javob topishga oʻrgatish.
O'yin ona tili va adabiyoti o'qituvchisi B.Bekiyeva tomonidan tashkil qilindi.

🌐 Telegram | Facebook