XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.58K subscribers
19.4K photos
1.28K videos
32 files
5.92K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Psixologik_faoliyat

Yangibozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchilari bilan

📌
ijobiy fikrlashni o‘stirish, motorikani rivojlantirish hamda pozitiv kayfiyat uyg‘otish maqsadida "Artterapiya"

📌 xotirani mustahkamlash va diqqatni rivojlantirish uchun "Yer, suv, osmon"
psixologok mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

👩🏻‍💼Maktabi psixologi - Yulduz
Vapayeva

🌐 Telegram | Facebook
Президент Шавкат Мирзиёев мактабгача таълим ва мактаб таълими тизимини ривожлантириш бўйича таклифлар тақдимоти билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией предложений по развитию системы дошкольного и школьного образования.

#Mirziyoyev #taqdimot #maktabtalimi #maktabgachatalim

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hududiy boshqarmalari boshliqlariga maslahatchi sifatida xorijiy mutaxassislar jalb etiladi.

❗️ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hududiy boshqarmalariga maslahatchi sifatida Prezident maktablari direktorlari;

tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo’limlariga ixtisoslashtirilgan maktablar direktorlari biriktiriladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
#Bugun

Bugun 23-may haftaning seshanba kuni.

Butunjahon toshbaqalar kuni.

Munavvar qori Abdurashidxon o‘g‘li Moskvaning Butirka turmasida otib o‘ldirilgan kun (1931).

Namanganda Boborahim Mashrab muzeyi va haykalining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi (1992).

🌐 Telegram | Facebook
#Tabriklaymiz
#Viloyat_hokimi_stipendiyasi

OGAHIY IJOD MAKTABI O'QUVCHILARI VILOYAT HOKIMI STIPENDIYASI SOHIBI BO'LISHDI

➡️ Xorazm viloyatidagi iqtidorli o‘quvchi, talaba va yoshlarni rag‘batlantirish maqsadida “Viloyat hokimi stipendiyasi”ga tavsiya etilgan nomzodlarning o‘qishdagi muvaffaqiyatlari, ijtimoiy faolligi va iste’dodlarini ko’rsatib beruvchi hujjatlar Viloyat komissiyasi ishchi guruhi tomonidan to‘liq tarkibda shaffof, oshkorolik prinsiplari asosida ko‘rib chiqildi.

💡Yakuniy natijaga ko‘ra Ogahiy nomidagi ijod maktabining 2 nafar o‘quvchisi

⭐️ 11-sinf o‘quvchisi Ravshanbekova Gulmira
⭐️ 11-sinf o‘quvchisi Saparboyeva Ziyodalar munosib deb topildi.

💫O'quvchilarimizni ushbu yutuq bilan tabriklaymiz va o'qishlariga, kelajakdagi rejalariga zafarlar tilab qolamiz!

🌐 Telegram | Facebook
#Viktorina

Qiziqarli geografiya

⚡️Xiva shahridagi Prezident maktabida geografiya fanidan I.Ortiqova tomonidan "Geografik bilimlar- hayotimiz mazmuni" mavzusida 5-sinflar o'rtasida qiziqarli viktorina tashkil etildi.

🙂O'quvchilar Viktorina shartlarini bajarish mobaynida, "Seterra "o'yini, Qit'alar ketma-ketligini topish, geografik atamalarni ingliz tilida aytish, tabiatni asrashga oid shartlarni zavq bilan bajardilar.

⬇️Xiva shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi
sahifalari:
telegram | instagram | facebook | you tube
#Tabriklaymiz
#Viloyat_hokimi_stipendiyasi

⭐️ URAZMATOVA  SEVINCHOY-

Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 10-01 sinf o'quvchisi “Viloyat hokimi stipendiyasi” sohibi bo'lganligi bilan samimiy qutlaymiz va keyingi o'qishlarida muvafaqiyatlar tilaymiz!

🌐 Telegram | Facebook
#Bellashuv #Tanlov

TANLOVLAR,
BELLASHUVLAR

2023-yilning may oyi mobaynida Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida ko'plab tanlov va bellashuvlar, musobaqalar ham bo'lib o'tdi. Jumladan:

⚡️Yangibozor tumani IM
da fizika fanidan 9A-sinf o'quvchilari o'rtasida bellashuv bo'lib o'tdi. Yosh fiziklar bellashuvi Z.Vaisova hamda G.Yuldashevalar tomonidan tashkillashtirildi.

⚡️Shovot tuman IMIda Ingliz tili fani doirasida 7-A sinfning "Cambridge" va 7-B sinf o'quvchilarining "Oxford" jamoalari o'zaro bellashdilar.

⚡️Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Yosh kitobxon" tanlovining 2-turi boʻlib oʻtdi.

⚡️Qo'shko'pir tuman IMda tumandagi barcha maktablarning boshlang'ich 4-sinf o'quvchilari o'rtasida "Bilimlar bellashuvi" o'tkazildi.

⚡️Urganch shahar 1-son IMIda ingliz tili fanidan "The Taste Competition" mavzusida ko'rgazmalar tanlovi bo'lib o'tdi.

🌐 Telegram | Facebook