XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.54K subscribers
19.9K photos
1.32K videos
32 files
6.07K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Dars_jarayoni

Agentlikka qarashli ta'lim muassasalarida MAY oyida ahamiyatga molik bir qancha ochiq darslar o'tkazildi. Lavhalar keltiramiz:

☘️Xonqa tuman IM biologiya o'qituvchisi D.Sabirova 9-B sinfda "Modifikatsion o'zgaruvchanlikning statistik qonuniyatlarini o'rganish" mavzusida laboratoriya ishi o'tkazdi.

🌍Shovot tuman IMI 8-B sinfida geografiya o'qituvchisi I.Sariyeva "Qoraqalpog'iston Respublikasi" mavzusida mahorat darsi o'tkazdi. "G'oyaviy charxpalak" va "O'chirg'ich" metodlaridan foydalandi.

💻Tuproqqal'a IMda N.Rahimova Informatikadan 5-A sinfda "Scrtach dasturlash muhitida ovoz va matn bilan ishlash" mavzusida ochiq dars o'tkazdi. O'quvchilar Scratch dasturi qahramonlarining qiziqarli savollariga javob berdilar va mavzuga oid amaliy topshiriqlarni bajardilar.

📜Ogahiy ijod maktabi 7-B sinfida adabiyot darsi ochiq havoda "Mark Tven hikmatlari tahlili"ga bagʻishlanib, musobaqa tarzida oʻtkazildi. B.Yusupova va Z.Atayevalar oʻqitayotgan guruhlar oʻrtasidagi musobaqada doʻstlik gʻalaba qozondi.
AQSHda talaba sifatida ishlash, ish vaqti, oylik maosh va xarajatlar haqida

Amerika koʻpchilik uchun orzular mamlakati hisoblanadi. AQSHda oʻqimoqchi boʻlganlar esa tabiiy ravishda ishlash orqali oʻz xarajatlarini qoplash haqida oʻylaydi.

Shu sababli, navbatdagi postimizda AQSHda xalqaro talaba sifatida ishlash haqida maʼlumot beramiz.

👉 BATAFSIL MAʼLUMOT 👈

@grantlar
#Psixologik_faoliyat

Yangibozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchilari bilan

📌
ijobiy fikrlashni o‘stirish, motorikani rivojlantirish hamda pozitiv kayfiyat uyg‘otish maqsadida "Artterapiya"

📌 xotirani mustahkamlash va diqqatni rivojlantirish uchun "Yer, suv, osmon"
psixologok mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

👩🏻‍💼Maktabi psixologi - Yulduz
Vapayeva

🌐 Telegram | Facebook
Президент Шавкат Мирзиёев мактабгача таълим ва мактаб таълими тизимини ривожлантириш бўйича таклифлар тақдимоти билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией предложений по развитию системы дошкольного и школьного образования.

#Mirziyoyev #taqdimot #maktabtalimi #maktabgachatalim

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hududiy boshqarmalari boshliqlariga maslahatchi sifatida xorijiy mutaxassislar jalb etiladi.

❗️ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hududiy boshqarmalariga maslahatchi sifatida Prezident maktablari direktorlari;

tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo’limlariga ixtisoslashtirilgan maktablar direktorlari biriktiriladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
#Bugun

Bugun 23-may haftaning seshanba kuni.

Butunjahon toshbaqalar kuni.

Munavvar qori Abdurashidxon o‘g‘li Moskvaning Butirka turmasida otib o‘ldirilgan kun (1931).

Namanganda Boborahim Mashrab muzeyi va haykalining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi (1992).

🌐 Telegram | Facebook
#Tabriklaymiz
#Viloyat_hokimi_stipendiyasi

OGAHIY IJOD MAKTABI O'QUVCHILARI VILOYAT HOKIMI STIPENDIYASI SOHIBI BO'LISHDI

➡️ Xorazm viloyatidagi iqtidorli o‘quvchi, talaba va yoshlarni rag‘batlantirish maqsadida “Viloyat hokimi stipendiyasi”ga tavsiya etilgan nomzodlarning o‘qishdagi muvaffaqiyatlari, ijtimoiy faolligi va iste’dodlarini ko’rsatib beruvchi hujjatlar Viloyat komissiyasi ishchi guruhi tomonidan to‘liq tarkibda shaffof, oshkorolik prinsiplari asosida ko‘rib chiqildi.

💡Yakuniy natijaga ko‘ra Ogahiy nomidagi ijod maktabining 2 nafar o‘quvchisi

⭐️ 11-sinf o‘quvchisi Ravshanbekova Gulmira
⭐️ 11-sinf o‘quvchisi Saparboyeva Ziyodalar munosib deb topildi.

💫O'quvchilarimizni ushbu yutuq bilan tabriklaymiz va o'qishlariga, kelajakdagi rejalariga zafarlar tilab qolamiz!

🌐 Telegram | Facebook
#Viktorina

Qiziqarli geografiya

⚡️Xiva shahridagi Prezident maktabida geografiya fanidan I.Ortiqova tomonidan "Geografik bilimlar- hayotimiz mazmuni" mavzusida 5-sinflar o'rtasida qiziqarli viktorina tashkil etildi.

🙂O'quvchilar Viktorina shartlarini bajarish mobaynida, "Seterra "o'yini, Qit'alar ketma-ketligini topish, geografik atamalarni ingliz tilida aytish, tabiatni asrashga oid shartlarni zavq bilan bajardilar.

⬇️Xiva shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi
sahifalari:
telegram | instagram | facebook | you tube