XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.81K subscribers
22.5K photos
1.55K videos
32 files
6.75K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Psixologik_faoliyat

USTOZLARGA SAMIMIY TILAKLAR

🏢 Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 20-may sanasida maktab psixologi Sh.Ollanazarova tomonidan "Tilaklar devori" tashkil etildi.

👩‍🏫 "Ustozlarga samimiy tilaklar" deb nomlangan doskaga maktabda faoliyat olib borayotgan har bir pedagog uchun konvert va ustiga rasm ilindi. O'quvchilar esa o'z samimiy dil izhorlarini, sevimli ustozlariga tilda aytolmagan chiroyli tilaklarini oqqa ko'chirib konvertlarga solishdi.

📝Aytish joizki, o'quv yili tugashi oldidan yaratilgan bunday imkoniyatdan o'quvchilar ham, chiroyli tilaklar yo'llangan ustozlar nihoyatda xursand bo'ldilar.

🌐 Telegram | Facebook
#Tadbir

🔰 19-may kuni Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-sinf oʻquvchilari oʻrtasida Oʻzbekiston xalq shoirasi, oʻzbek adabiyoti osmonining yorqin yulduzi, benazir isteʼdod sohibasi Halima Xudoyberdiyevaning 76 yilligi munosabati bilan "She'riyatda qoldi, mangu nomingiz" nomli adabiy tadbir tashkil etildi.

📚 Tadbirda o‘quvchilar tomonidan ijodkorning hayoti, umr yo‘li, zalvorli sheʼriyatiga alohida urg‘u berilgan chiqishlar namoyish etildi.

🌐 Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Agentlik_maktabi

💥𝙌𝙖𝙙𝙞𝙢𝙞𝙮 𝙫𝙖 𝙣𝙖𝙫𝙦𝙞𝙧𝙤𝙣 𝙓𝙞𝙫𝙖 𝙨𝙝𝙖𝙝𝙧𝙞𝙙𝙖 𝙩𝙖𝙨𝙝𝙠𝙞𝙡 𝙦𝙞𝙡𝙞𝙣𝙜𝙖𝙣 𝙄𝙭𝙩𝙞𝙨𝙤𝙨𝙡𝙖𝙨𝙝𝙩𝙞𝙧𝙞𝙡𝙜𝙖𝙣 𝙩𝙖'𝙡𝙞𝙢 𝙢𝙪𝙖𝙨𝙨𝙖𝙨𝙖𝙡𝙖𝙧𝙞 𝙖𝙜𝙚𝙣𝙩𝙡𝙞𝙜𝙞 𝙩𝙞𝙯𝙞𝙢𝙞𝙙𝙖𝙜𝙞

🏫 𝙓𝙞𝙫𝙖 𝙨𝙝𝙖𝙝𝙖𝙧 2-𝙨𝙤𝙣 𝙞𝙭𝙩𝙞𝙨𝙤𝙨𝙡𝙖𝙨𝙝𝙩𝙞𝙧𝙞𝙡𝙜𝙖𝙣 𝙢𝙖𝙠𝙩𝙖𝙗𝙞

⚡️𝙛𝙖𝙤𝙡𝙞𝙮𝙖𝙩𝙞, 𝙙𝙖𝙧𝙨 𝙟𝙖𝙧𝙖𝙮𝙤𝙣𝙡𝙖𝙧𝙞, 𝙮𝙖𝙧𝙖𝙩𝙞𝙡𝙜𝙖𝙣 𝙨𝙝𝙖𝙧𝙤𝙞𝙩𝙡𝙖𝙧 𝙗𝙞𝙡𝙖𝙣 𝙪𝙨𝙝𝙗𝙪 𝙫𝙞𝙙𝙚𝙤𝙡𝙖𝙫𝙝𝙖𝙢𝙞𝙯 𝙤𝙧𝙦𝙖𝙡𝙞 𝙮𝙖𝙦𝙞𝙣𝙙𝙖𝙣 𝙩𝙖𝙣𝙞𝙨𝙝𝙞𝙣𝙜.

🌐 Telegram | Facebook
#Bugun

Bugun 21–may haftaning yakshanba kuni. Ushbu kundagi muhim voqealar bilan tanishing.

🫖 Xalqaro choy kuni
Choy xaqidagi ma'lumotlar eramizdan avvalgi 2700 yilga doir Xitoy qo'lyozmalarida mavjud.

🌹 Butunjahon atirgullar kuni.

📚 Kutubxonachilar kuni
Jamiyatning axborot madaniyatini, tariximizga va milliy madaniyatga qiziqishini shakllantirish va kuchaytirish, mutolaa madaniyatini oshirish va targʻib qilish maqsadida bu kun nishonlanadi.

⚽️ FIFA Futbol Uyushmasi tashkil etilgan kun
Xalqaro futbol musobaqalari sonining tez ortib borishi munosabati bilan butun jahon futbolini boshqaradigan yagona tashkilot zarurati 20-asr boshlarida yaqqol namoyon boʻldi. Bunday tashkilot 1904-yil 21-mayda tuzilgan.

🌐 Telegram | Facebook
#Ochiq_eshiklar_kuni

📣📣📣📣 E'LON

❗️Ilmga chanqoq, bilimli va aqlli 4-sinf bitiruvchilari hamda ota-onalar!

Sizlarni Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabining
OCHIQ ESHIKLAR KUNIGA lutfan
taklif etamiz.

Siz tashrif davomida tanishishingiz mumkin:👇

📝 O'quvchilarni qabul qilish jarayonlari haqida;
🏫 Maktab binosi bo'ylab sayohat;
💻 Ilm dargohida yaratilgan sharoitlar;
🧑‍🏫 Fan o'qituvchilari bilan sizni qiziqtirgan savollarga javoblar;
📖🖌 Dars hamda to'garak jarayonlari

Ixtisoslashtirilgan maktabga 5-sinflar qabuli

📐matematika
📕ingliz tili
fanlari asosida bo'lib o'tadi.

⬜️ 22-MAY KUNI MAKTABIMIZGA KELING, KUZATING, O'RGANING VA FARZANDLARINGIZ ORZUSINI RO'YOBGA CHIQARING!

🌐 Telegram | Facebook
#Ochiq_eshiklar_kuni

⚡️ 2022-2023-o'quv yili yakuni arafasida Ogahiy nomidagi ijod maktabiga viloyatimiz va qo‘shni Qoraqalpog‘iston Respublikasining ham maktab o‘quvchilari tashriflari davom etmoqda.

📌 19-may kuni ijod maskaniga Beruniy tumani 24-33-41-37-22-48 -29-21-11-sonli maktablarning ijodiy madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchilari boshchiligida iqtidorli o‘quvchilar tashrif buyurdilar va maktab faoliyati, undagi yaratilgan sharoitlar, imkoniyatlar bilan tanishib, maktabga qabul qilish tartiblari haqida ma'lumotlarga ega bo'ldilar.

🌐 Telegram | Facebook
Avstraliyaning Adelaida universitetidan matematika, informatika va gumanitar fanlar bo'yicha 4 haftadan 10 haftagacha bepul onlayn kurslar

Talablar
— Yoshidan qat'iy nazar, kurslardan foydalanish istagida bo'lgan barcha qatnashishi mumkin;
— Ingliz tilini yaxshi bilish talab qilinadi;
— Nomzodlar kursning talablariga mos bo'lishlari lozim (ba'zi kurslarning nomzodga qo'ygan qo'shimcha talablari bor).

Foydali tomonlari
— Hozir kundagi eng talabgir matematika, informatika va gumanitar fanlar bo'yicha kurslardan bepul foydalanish;
— Istalgan payt, istalgan joydan onlayn bilim olish imkoniyati;
— Ishtirokchilar darslarni o'z bilim olish tezligida o'rganishlari mumkin;

Oxirgi muddat
31.12.2023

Batafsil
https://grantgo.uz/go/75209

#onlayn_va_offlayn_kurslar #bepul #Avstraliya

Telegram | Facebook | Instagram
#Эшитув
#Урганч_шаҳри
Халқ депутатлари Хоразм вилоят Кенгашидаги O’zLiDeP депутатлик гуруҳининг эшитуви ташкил этилди.
Унда Хоразм вилояти мактабгача ва мактаб таълими бошқармасининг ҳамда Ўзбекистон Республикаси Ёшлар сиёсати ва спорт вазирлиги ҳузуридаги Ёшлар ишлари агентлиги Хоразм вилояти бошқармаси масъулларининг ахборотлари эшитилди.
Эшитув давомида масъулларга аҳолини қизиқтирган ва қийнаётган соҳага оид кўплаб саволлар берилди. Депутатлар томонидан таклиф ва мулоҳазалар билдириб ўтилди. Мутасаддининг ҳисоботини қониқарли деб топган депутатлар, билдирилган таклиф ва мулоҳазалар асосида амалга ошириладиган ишлар юзасидан чора-тадбирларни белгилаб олдилар.

✍️Партия ахборот хизмати
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Foydali

⚡️Rasman: Abituriyentlar istalgan yo‘nalishini, shuningdek, ta’lim shaklini ham tanlashlari mumkin

Bilim va malakalarni baholash agentligi direktori Majid Karimov Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasida abituriyentlarning OTMlarga hujjat topshirishda ta’lim shakllari cheklanmasligi haqida ma’lum qildi.

💬 "Ilgari har bir abituriyent yo‘nalish tanlayotganda 5 tagacha tanlardi. Hozir o‘sha 5 ta yo‘nalish, agar kunduzgi ta’lim shaklini tanlasa, o‘sha doirada cheklanardi.

Agar kechki [ta’lim yo‘nalishi]ni tanlasa, kunduzgiga o‘tolmasdi. Bu yil shunday qilyapmizki, nafaqat ta’lim yo‘nalishlari, balki ta’lim shaklini ham tanlashlari mumkin.

Hozir bilamizki, ta’lim shakli 4 tagacha ko‘paydi: kunduzgi, kechki, sirtqi, masofaviy. Talaba o‘zi xohlagan [ta’lim shakli]da o‘qishi mumkin. Bitta yo‘nalishni tanlab, o‘shaning ta’lim shakliga qarab, barchasida ishtirok etishi mumkin. Mana shu yangilik bu yil joriy qilinyapti
," – dedi Majid Karimov.