XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.58K subscribers
19.4K photos
1.28K videos
32 files
5.94K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Psixologik_faoliyat

O'ZIGA ISHONISH - MUVAFFAQIYATNING BIRINCHI SIRI

🏢 Ertaga 18-may kuni Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi o'quv dargohlarida 4-chorak yakuni bo'yicha oxirgi CHSB nazorat ishlari o'tkaziladi.

👩‍🏫
Shu munosabat bilan Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabida psixolog Sh.Ollanazarova tomonidan CHSB o'tkazilishidan oldin o'quvchilarda o'ziga bo'lgan ishonch tuyg'usini rivojlantirish, motivatsiya berish maqsadida "O'zingizga ishoning" nomli motivatsion doska tashkil qilindi.

✍️Doskaga ba'zi o'quvchilarimiz yakuniy nazorat oldidan o'z tuyg'ularini ko'chirgan bo'lsalar, ba'zilari sinfdosh do'stlariga chiroyli natijalarni tilak sifatida qoldirishdi.

⚜️Barchaga omad yor bo'lsin!!!

🌐
Telegram | Facebook
#ochiq_eshiklar_kuni

🏫Avvalgi xabarlarimizda Xiva shahridagi Prezident maktabida OCHIQ ESHIKLAR KUNIGA taklif qilgan edik.

☑️ Ro'yxatdan o'tganlar maktab binosi bo'ylab sayohat qilib, maktab haqida ko'pgina ma'lumotlarga ega bo'lish bilan birga o'zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

•┈┈•⊰✿⚜️✿⊱•┈┈•

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Telegram | Instagram 
Facebook| You tube
#Bugun

18-may - Xalqaro muzeylar kuni

💠 Har yili 18-may kuni dunyoning 150 dan ortiq mamlakatlarida Xalqaro muzeylar kuni nishonlanadi. Uni nishonlash to‘g‘risidagi qaror 1977-yilda Xalqaro muzeylar kengashining navbatdagi yig‘ilishida qabul qilingan.

📈 Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistondagi muzeylar soni 127 tani tashkil etib, ularga o‘tgan vaqt davomida 5100,0 ming kishi tashrif buyurgan.

Bugun, O‘zbekistondagi barcha davlat muzeylariga kirish bepul.

🌐 Telegram | Facebook
#Toʻgarak_jarayoni

Ogahiy ijod maktabi to'garak jarayonlaridan lavhalar:

💢 7-"B" sinf o‘quvchilari bilan "Intellectuals" to‘garagi bo‘lib o‘tdi. Mazkur to'garakni maktab tarbiyachi-pedagogi Jumaniyazova Go‘zal o‘tkazdi. 📝 O‘quvchilar o‘zlari tayyorlab kelgan loyiha ishlari haqida ma'lumot berdilar. Ular chaqqonlik bilan turli xil mashqlar ishlab, vaqtini maroqli o‘tkazishdi. Individual holda mashqlarni bajarib, o‘zlarining bor bilimlarini ishga soldilar.

💢 16-may kuni o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida M. Matniyozov tomonidan musiqa to‘garagi o‘tkazildi. 🎼 To‘garakda o‘quvchilar tomonidan doira va dutor jo‘rligidagi o‘ziga xos kuylar yangradi. Yangi yetishib chiqayotgan iste'dodlarni kashf qilishda musiqa to‘garagi ustozlarining o‘rinlari beqiyosdir.

🌐 Telegram | Facebook
#Bizning_shunday_oʼquvchilarimiz_bor

Agentlikka qarashli Xorazm viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar o‘quvchilari xalqaro sertifikatlarga ega bo'lishmoqda.
Jumladan:

✔️ Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining
10-sinf o'quvchisi
Abdaxatov Zafarbek  - IELTS dan 6,5 ball.

✔️ Xonqa tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf o'quvchisi
G'ulomjonov Shohzodbek IELTS dan 5,5 ball

O‘quvchilarni ushbu yutuqlari bilan tabriklaymiz va kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz.

🌐 Telegram | Facebook
#4_ChSB
#Jarayon

🏢Agentlik tizimidagi Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida bugun ChSB (choraklik summativ baholash)  test sinovlari jarayonlari adolatli va shaffof tarzda, ko‘tarinki kayfiyat va uyushqoqlik bilan o‘tkazilmoqda.

📷 Mazkur jarayondan fotolavhalar:

Yangiariq tumani IM,
Urganch shahar 1-son IMI,
Tuproqqal'a tumani IM,
Shovot tuman IMI,
Xiva shahar 2-son IM

🌐 Telegram | Facebook