XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.8K subscribers
23.1K photos
1.57K videos
32 files
6.87K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
“Yangi O‘zbekiston” universitetiga 20-may kuni qabul imtihoni topshirishni belgilagan abituriyentlar diqqatiga!

Joriy yilning 20- may kuni o‘tkaziladigan imtihonlarda qatnashish uchun siz ruxsatnomangizni yuklab olishingiz mumkin. Buning uchun siz quyidagi havolaga kirib, PASPORT yoki ID KARTANGIZNING SERIYASI va RAQAMLARINI yozishingiz kerak bo'ladi (namuna: AD1234567).

📍 Ruxsatnomani yuklab olish jarayonida o‘zingizga qulay bo‘lgan imtihon bo‘lib o‘tadigan hududni tanlashingiz shart.

📥 Ruxsatnomani yuklab olish: https://newuu.uz/en/exam-info

❗️ Shoshiling, imtihonga (20-may kungi) ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi kuni 10-may.

📌 Hujjatlari tasdiqlangan talabgorlargina ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

🔁 English

#imtihon #exam #ruxsatnoma

⬇️ Biz Ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
#Kasbga_yoʼnaltirish

♻️ Xonqa tuman ixtisoslashtirilgan maktabi tabiiy fanlar yo'nalishidagi 11- sinf bitiruvchilari Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialiga bordilar.

❇️ TTA Urganch filiali o'quv bo'limi metodik xizmat ko'rsatish sektori bosh mutaxassisi Jumaniyozova To'pajon o'quvchilarni filial faoliyati bilan tanishtirdi.

🟢 Sayohat davomida o'quvchilar filialda talabalar bilim olishlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar hamda filial professorlaridan OTM ga kirishda zarur bo'lgan tavsiyalar oldilar.

🌐 Telegram | Facebook
#Bizning_shunday_òquvchilarimiz_bor

Agentlik tizimidagi Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 10-sinf o'quvchisi
⭐️ Atajanov Jasur - IELTS dan 6,5 ballni qo'lga kiritdi.

💫 O'quvchimizni ushbu natija bilan #tabriklaymiz va keyingi o'qishlarida zafarlar tilaymiz!

🌐 Telegram | Facebook
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

➡️ Maktab o‘quvchilari o‘rtasida ELPC Olympiad International tashkil tomonidan o‘tkazilgan IV "National Writing World Cup 2022" yozish savodxonligi bo‘yicha o‘tkazilgan ingliz tili musobaqasida Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-“B” sinf o‘quvchisi

⭐️ Yangiboyeva Nurhayot faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

💡Ma'lumot o‘rnida ELPC tomonidan tashkil etilgan NATIONAL “WRITING WORLD CUP” o‘quvchilar uchun insho yozish ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun imkoniyat sifatida 2018-yildan buyon o‘tkazilib kelinmoqda.

👏 O‘quvchimizning bu natijasi bilan chin dildan
#tabriklaymiz

🌐
Telegram | Facebook
#9_may_Xotira_va_qadrlash_kuni

Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli maktablarda o'tkazilgan tadbirlar:

🎗 Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 9-d sinfida tajribali pedagog G'apparova Baxtigul tomonidan Ikkinchi jahon urushi yillarini xotirlash maqsadida ochiq dars mashg'uloti tashkil qilindi. Dars jarayonida, bugungi ozod va obod yurtimizning tinchligi sababchilari bo'lgan,vatan ozodligi yo'lida qahramonlarcha jang qilgan ajdodlarimizning yorqin xotiralari yodga olindi.

🎗 Xiva shahridagi Prezident maktabida 9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Mudofaa ishlari bo'limi boshlig'i, Xiva tuman jangchi faxriylari kengashi a'zosi, Milliy gvardiya qo'riqlash xizmati xodimlari bilan davra suhbati bo'lib o'tdi. Ona vatanga muhabbat hissini oshirish, vatanparvarlik va mardlik tuyg'ularini shakllantirish davra suhbatining asosiy mazmuni bo'ldi.

🌐 Telegram | Facebook
🔊DIQQAT DIQQAT🔊

#Online_tanlov
#Kitobxon_bolalar

1-IYUN - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi "5 muhim tashabbus" doirasida #Kitobxon_bolalar online tanlovini e’lon qiladi.

Tanlovda ishtirok etish uchun nima qilish kerak

O’quvchi-yoshlar kitob o'qishga undovchi videorolik tayyorlashlari hamda uni mp4 formatida (50 MB dan oshmagan hajmda) @Online_tanlov_bot telegram manziliga joriy yilning 1-iyun kuniga qadar yuborishlari lozim.

🔹Tanlovda o’quvchi-yoshlar yakka yoki jamoaviy tarzda (ustozlari bilan ham) ishtirok etishlari mumkin.

Tanlov shartlari❗️

📌Ishtirokchilar tomonidan yuborilgan videoroliklar ijodiy yondashuv asosida tayyorlanganligi, mavzuni aniq va to'g'ri taqdim etilishi, shuningdek, ma’no va mazmuniga eʼtibor qaratilgan holda ko‘rib chiqiladi hamda eng yaxshi videolar Respublika bolalar kutubxonasining rasmiy sahifalariga joylab boriladi.

☝️Videorolik izohida muallif yoki mualliflar jamoasi haqida (tuman/shahar, hudud) ma’lumot berilishi zarur.

✔️Tanlovdan asosiy maqsad, o'quvchi-yoshlar orasida kitobxonlikni shakllantirish orqali yosh avlodning ma’naviy olamini boyitishdan iborat.

Barchani tanlovda faol ishtirok etishga chaqirib qolamiz.

©️Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o'rtasida joriy yilning 12-13-may kunlari fan olimpiadasining Agentlik bosqichi bo'lib o'tadi

⚡️Unda:
shu yilning 5-6-may kunlari o'tkazilgan Olimpiadaning hududiy bosqichi g'oliblari ishtirok etadi.

📝 Olimpiada quyidagi fanlardan o'tkaziladi:
Matematika
Fizika
Kimyo
Biologiya
Informatika va axborot texnologiyalari
Science

Olimpiada barcha hududlarda belgilangan kunlar mobaynida bir vaqtda bo'lib o'tadi.

O'quvchilarning barcha ishlari markazlashgan holda Toshkent shahrida ekspertlar tomonidan tekshiriladi va natijalar e'lon qilinadi.

❗️Topshiriqlar:
🧮 Matematika va Science fanlaridan
Test
Yozma ish bo'yicha

🧬 Fizika, Kimyo va Biologiya fanlaridan
Test
Yozma ish
Laboratoriya ishi

💻 Informatika va axborot texnologiyalari fanidan
Dasturlash (coding) bo'yicha o'quvchilar o'z bilimlarini sinovdan o'tkazishadi.

Har bir fan va sinflar kesimida eng yuqori ballni qo'lga kiritgan 10 nafardan o'quvchilar Agentlik terma jamoasiga qabul qilinadi hamda 3 nafardan (1-2-3-o'rinlarni egallagan) o'quvchilar g'oliblikni qo'lga kiritadi.

Bundan tashqari yuqori natijalarga erishgan o‘quvchilarga
“Yangi Oʻzbekiston” universiteti,
“PDP University”,
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti,
Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti,
“Perfect-university”
Alfraganus universiteti tomonidan ta'lim grantlari taqdim etiladi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM