XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.57K subscribers
20.9K photos
1.42K videos
32 files
6.35K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#1_dekabr
#OITSga_qarshi_kurash_kuni

Bugun butunjahon OITSga qarshi kurash kuni. OITS haqida nimalarni bilamiz? Kasallik nimasi bilan xavfli?

♻️ Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "Xalqaro OITSga qarshi kurash kuni" munosabati bilan davra suhbati tashkil qilindi.

📌Shuningdek, maktab-internati shifokori va hamshirasi tomonidan kasallikning kelib chiqish tarixi, profilaktikasi haqida tushuncha berildi. O'quvchilar tomonidan beilgan savollarga javob berishdi.

🌐@piima_xorazm
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OITSga_qarshi_kurash_kuni

💠 Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining biologiya fani o'qituvchisi S.Jumaniyozova va maktab psixologi L.Atajanovalar tomonidan

🗞📆1-dekabr xalqaro OITSga qarshi kurashish kuni munosabati bilan OITS kasalligi, uning yuqish yo'llari va oqibatlari haqida seminar-trening tashkil qilindi.

🌐@piima_xorazm
#OITSga_qarshi_kurash_kuni

♻️ Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Xalqaro OITSga qarshi kurash kuni" munosabati bilan tashkil qilingan davra suhbatida biologiya fani o‘qituvchisi Shoira Otajonova tomonidan kasallik profilaktikasi haqida tushunchalar berildi. 

🌐@piima_xorazm
Nega yangi darsliklar test sinovlariga tayyorlanish uchun tavsiya etilmagan?

Xabaringiz bor, 2022-yil 28-oktabr kuni OTMlarga kirish test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun tavsiya etilgan darsliklar va o‘quv adabiyotlari ro‘yxati e'lon qilindi.

Unda 2022-2023-o‘quv yilida Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ta’lim tizimiga 6-, 7- va 10-sinflar uchun yangi joriy etilgan o‘quv dasturlari asosida yaratilgan darsliklar keltirilmagan.

DTM izoh berishicha, testologiya asoslariga ko‘ra saralash imtihonlarida qo‘llanadigan test topshiriqlari sinaluvchilar tomonidan o‘zlashtirilmagan o‘quv dasturlari asosida shakllantirilishi mumkin emas. Chunki umumta’lim maktablarini joriy o‘quv yilida bitiradigan o‘quvchilar 6-, 7- va 10-sinflar uchun yangi joriy etilgan o‘quv dasturlari va ular asosida yaratilgan yangi darsliklar asosida ta’lim olmagan.

Shu sababli 2023-yilda o‘tkaziladigan OTMlarga kirish test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun tavsiya etilgan o‘quv adabiyotlari ro‘yxatida yangi darsliklar keltirilmagan.

Edu - ta'lim yangiliklari✅️👇
https://t.iss.one/+uvviIr74utA1MGUy
https://t.iss.one/+uvviIr74utA1MGUy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ogahiy ijod maktabi
#Oʻquv_mashgʻulot
#Jarayon

🔰 Ogahiy nomidagi ijod maktabining 11-sinf o‘quvchilariga "Yadroviy qurollardan himoya kiyimlar va uning oldini olish mashqlari" mavzusida amaliy dars mashgʻulotlari bilan olib borildi.

↗️ Mashgʻulot rahbari leytenant Kadamov Toxirjon harbiy hayot bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumotlar berib o‘tdi.

📸 Ushbu jarayondan foto lavhalar
.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Biz_zoʻravonlikka_qarshimiz

📅 2022-yilning 25-noyabridan 10-dekabriga qadar “Ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish bo‘yicha 16 kun faollik” aksiyasi o‘tkazilib, hamjamiyat e’tibori ayollarga bo‘lgan tazyiq va zo‘ravonliklarga qarshi kurashishga qaratilmoqda.

⚠️Afsuski, zo‘ravonlik holatlari jamiyatimizda mavjud bo‘lgan katta muammo. Ota-onalarning o‘zaro munosabati va jamiyat a'zolarining ayrim holatlarda befarqligi bolaning taqdiriga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin.

❗️Shunisi ham borki, ayrim ota-onalar har kuni yosh avlodga o'z ishlari va harakatlari bilan namuna bo'lishlari kerakligini esdan chiqaradilar.

🎞"Sahar" guruhining "Ayol" videoklipini tomosha qiling va o‘zingiz uchun xulosa chiqaring.

🌐@piima_xorazm
#Davra_suhbati
#1_dekabr
#OITSga_qarshi_kurash_kuni

🧬 1-dekabr ─ OITSga qarshi kurash kuni!

💊 Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan 1-dekabr sanasi Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni deb e’lon qilingan.

❇️ Ogahiy nomidagi ijod maktabining "Iste'dodlar markazi"da 🏥 Xiva tibbiyot salomatlik markazi xodimlari tomonidan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Suhbat davomida tibbiyot markazi shifokor Boltayev Aminboy va shifokor norkolog Ortiqova Zulxumor tomonidan o‘quvchilarga OITS bo‘yicha ma'lumotlar berib o‘tildi. O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

🔽 Davra suhbatida maktabning Ma'naviy-marifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari B. Sa'dullayev, YVRTBDO‘ T.Kadamov, maktab shifokori va tarbiyachi-pedagoglar ishtirok qilishdi.

Davra suhbati o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad dunyo hamjamiyatini orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi (OITS) haqida ogohlantirish o‘quvchilarni bundan xabardor qilib qo‘yishdan iborat.

🌐@piima_xorazm
#Kasbga_yoʼnaltirish

📋 Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati va “Darital Choes” mas’uliyati cheklangan jamiyati bilan tuzilgan hamkorlik memorandumiga asosan 2022-yil 1-dekabr kun maktab-internatning 10-02- sinf o‘quvchilari uchun mazkur korxonaga tanishtiruv uyushtirildi.

💬 Korxona bo‘lim boshlig‘i Z.Xo‘janiyozov o‘quvchilarni korxona ish faoliyati bilan tanishtirish davomida xom-ashyodan tortib poyabzal mahsuloti tayyor bo‘lgunga qadar amalga oshiriladigan jarayonlar haqida ma'lumotlar berdi.

✔️O‘quvchilar ushbu tanishuvdan katta taassurot olishdi.

🌐@piima_xorazm