XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
2.25K subscribers
23.6K photos
1.61K videos
33 files
7.07K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Zakovat

ZAKOVATDA KUCH!

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarimizda "Zakovat" intellektual o‘yinlari o‘quvchilarning sevimli mashģulotiga aylanib ulgurgan. Ushbu bellashuvlar o'quvchilarning aqliy salohiyatlarini charxlashga xizmat qilmoqda. Jumladan, o'tgan hafta davomida:

⭕️ Qo'shko'pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "ZAKOVAT" intellektual bellashuvining 4-tur 3-bosqichi bo'lib o'tdi.
Bellashuvda 8 ta jamoa ishtirok qilmoqda. Oxirgi hal qiluvchi tur 18-may kuni bo'lib o'tadi

⭕️ Yangibozor ixtisoslashtirilgan maktabida "Zakovat" intellektual o'yinining 3-mavsum 8-turi ham qiziqarli bahslarga boy bòldi.

⭕️ Shovot tuman ixtisosolashtirilgan maktab-internatida 5-10 sinflar o'rtasida jami 12 ta jamoa bilan "Zakovat" o'yinlari olib borildi.

🌐 Telegram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yangi O‘zbekiston” universitetida qabul imtihoni 20-may kuni o‘tkaziladi!

Qaysi universitetda o‘qisam ekan deb hali ham xavotirdamisiz? Demak, siz to‘g‘ri yo‘ldasiz! O‘z kelajagingizga befarq bo‘lmang. Sifatli ta'limni O‘zbekistonda o‘qib ham olishingiz mumkin.

Shoshiling, xorijiy professorlardan sifatli ta'lim olib, xalqaro darajadagi mutaxassis bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

👉 Ariza topshirish

Entrance exams at New Uzbekistan University will be held on May 20th!

🤔 Are you still uncertain
about which university to apply? Then, you're on the right track! Don't be indifferent about your future. You can get a quality education in Uzbekistan as well.

Don't miss the opportunity to learn from foreign professors and become an internationally recognized specialist!

👉 Register now!

#admission_2023 #qabul_2023

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
“Yangi O‘zbekiston” universitetiga 20-may kuni qabul imtihoni topshirishni belgilagan abituriyentlar diqqatiga!

Joriy yilning 20- may kuni o‘tkaziladigan imtihonlarda qatnashish uchun siz ruxsatnomangizni yuklab olishingiz mumkin. Buning uchun siz quyidagi havolaga kirib, PASPORT yoki ID KARTANGIZNING SERIYASI va RAQAMLARINI yozishingiz kerak bo'ladi (namuna: AD1234567).

📍 Ruxsatnomani yuklab olish jarayonida o‘zingizga qulay bo‘lgan imtihon bo‘lib o‘tadigan hududni tanlashingiz shart.

📥 Ruxsatnomani yuklab olish: https://newuu.uz/en/exam-info

❗️ Shoshiling, imtihonga (20-may kungi) ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi kuni 10-may.

📌 Hujjatlari tasdiqlangan talabgorlargina ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

🔁 English

#imtihon #exam #ruxsatnoma

⬇️ Biz Ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
#Kasbga_yoʼnaltirish

♻️ Xonqa tuman ixtisoslashtirilgan maktabi tabiiy fanlar yo'nalishidagi 11- sinf bitiruvchilari Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialiga bordilar.

❇️ TTA Urganch filiali o'quv bo'limi metodik xizmat ko'rsatish sektori bosh mutaxassisi Jumaniyozova To'pajon o'quvchilarni filial faoliyati bilan tanishtirdi.

🟢 Sayohat davomida o'quvchilar filialda talabalar bilim olishlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar hamda filial professorlaridan OTM ga kirishda zarur bo'lgan tavsiyalar oldilar.

🌐 Telegram | Facebook
#Bizning_shunday_òquvchilarimiz_bor

Agentlik tizimidagi Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 10-sinf o'quvchisi
⭐️ Atajanov Jasur - IELTS dan 6,5 ballni qo'lga kiritdi.

💫 O'quvchimizni ushbu natija bilan #tabriklaymiz va keyingi o'qishlarida zafarlar tilaymiz!

🌐 Telegram | Facebook
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

➡️ Maktab o‘quvchilari o‘rtasida ELPC Olympiad International tashkil tomonidan o‘tkazilgan IV "National Writing World Cup 2022" yozish savodxonligi bo‘yicha o‘tkazilgan ingliz tili musobaqasida Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-“B” sinf o‘quvchisi

⭐️ Yangiboyeva Nurhayot faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

💡Ma'lumot o‘rnida ELPC tomonidan tashkil etilgan NATIONAL “WRITING WORLD CUP” o‘quvchilar uchun insho yozish ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun imkoniyat sifatida 2018-yildan buyon o‘tkazilib kelinmoqda.

👏 O‘quvchimizning bu natijasi bilan chin dildan
#tabriklaymiz

🌐
Telegram | Facebook
#9_may_Xotira_va_qadrlash_kuni

Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli maktablarda o'tkazilgan tadbirlar:

🎗 Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 9-d sinfida tajribali pedagog G'apparova Baxtigul tomonidan Ikkinchi jahon urushi yillarini xotirlash maqsadida ochiq dars mashg'uloti tashkil qilindi. Dars jarayonida, bugungi ozod va obod yurtimizning tinchligi sababchilari bo'lgan,vatan ozodligi yo'lida qahramonlarcha jang qilgan ajdodlarimizning yorqin xotiralari yodga olindi.

🎗 Xiva shahridagi Prezident maktabida 9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Mudofaa ishlari bo'limi boshlig'i, Xiva tuman jangchi faxriylari kengashi a'zosi, Milliy gvardiya qo'riqlash xizmati xodimlari bilan davra suhbati bo'lib o'tdi. Ona vatanga muhabbat hissini oshirish, vatanparvarlik va mardlik tuyg'ularini shakllantirish davra suhbatining asosiy mazmuni bo'ldi.

🌐 Telegram | Facebook