XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.58K subscribers
19.4K photos
1.28K videos
32 files
5.93K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#9_may_Xotira_va_qadrlash_kuni

☀️ 9-MAY - Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli Xorazm viloyatidagi maktablarda o'tkazilgan TADBIRLAR dayjesti:

🎗 Tuproqqal'a tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Xotira va qadrlash kuniga bag'ishlab "Xotira - muqaddas" deb nomlangan adabiy-badiiy kecha bo'lib o'tdi.

🎗 Hazorasp tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 9-may "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan "Inson qadri ulug' - xotira muqaddas" mavzusida tadbir o'tkazildi.

🎗 Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "Inson-aziz, xotira-muqaddas" shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Xotira va qadrlash kuni Ikkinchi jahon urushining ayanchli oqibatlarini unutmaslikka, tinchlik va osuda hayotning qadriga yetishga, Vatanga sadoqat hissi bilan yashashga, shuningdek, doimo ogoh va hushyor bo‘lishga xizmat qilib kelmoqda.

🌐 Telegram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xurshid Davron.

"Xotira maydoni"

🎬 She'rni Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-"B" sinf o‘quvchisi
Shomurotova Mavluda o‘qidi.

🌐 Telegram | Facebook
#Yangiliklar

🕌 2023-yil 1-sentabrdan boshlab respublika fuqarosi hisoblangan va 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarning madaniy meros obyektlariga, jumladan, ko‘rgazmalar, tarixiy obidalar va ziyoratgohlar, shuningdek, davlat muzeylariga to‘lovsiz kirish tartibi joriy etiladi — Prezident farmoni

🌐 Telegram | Facebook
#Bugun

🗓10-MAY - G'AFUR G'ULOM TAVALLUDIGA 120 YIL TO‘LDI

📝 G‘afur G‘ulom (1903-1966)ning she’riyati va nasrida o‘zbek xalqi tarixi o‘zining badiiy timsolini topgan. Yozuvchining ijodi rang-barang — she’rlar, qo‘shiqlar, dostonlar, qasidalar, hikoyalar, qissalar. Uning Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrdagi ijodi o‘zbek adabiyoti rivojida beqiyos o‘rin tutgan.

🔹 G’afur G’ulom — quyidagi asarlar muallifi:
“Feliks farzandlari”, “Dinamo”, “Xitoy suratlari”, “Biz sizlar bilan tirikmiz”, “Jonli qo‘shiqlar”, “Sizga”, “Sovg‘a”, “Tong qo‘shig‘i”, “Qo‘qon” dostoni, “Sen yetim emassan” (1942), “Qayg‘u” (1942), “Biri biriga shogird, biri biriga ustod” (1950), “Sizlarga - yoshlar” (1947), “Bahor taronalari” (1948), “Netay” (1930), “Yodgor” (1936), “Shum bola” (1936-1962) qissalari va “Shariat nayranglari” (1930), “Mening o‘g‘rigina bolam” (1965) hikoyalari va boshqalar.

📌Bu yil adibning 120 yilligi butun respublikamizda keng nishonlanmoqda.

🌐
Telegram | Facebook
#Zakovat

ZAKOVATDA KUCH!

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarimizda "Zakovat" intellektual o‘yinlari o‘quvchilarning sevimli mashģulotiga aylanib ulgurgan. Ushbu bellashuvlar o'quvchilarning aqliy salohiyatlarini charxlashga xizmat qilmoqda. Jumladan, o'tgan hafta davomida:

⭕️ Qo'shko'pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "ZAKOVAT" intellektual bellashuvining 4-tur 3-bosqichi bo'lib o'tdi.
Bellashuvda 8 ta jamoa ishtirok qilmoqda. Oxirgi hal qiluvchi tur 18-may kuni bo'lib o'tadi

⭕️ Yangibozor ixtisoslashtirilgan maktabida "Zakovat" intellektual o'yinining 3-mavsum 8-turi ham qiziqarli bahslarga boy bòldi.

⭕️ Shovot tuman ixtisosolashtirilgan maktab-internatida 5-10 sinflar o'rtasida jami 12 ta jamoa bilan "Zakovat" o'yinlari olib borildi.

🌐 Telegram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yangi O‘zbekiston” universitetida qabul imtihoni 20-may kuni o‘tkaziladi!

Qaysi universitetda o‘qisam ekan deb hali ham xavotirdamisiz? Demak, siz to‘g‘ri yo‘ldasiz! O‘z kelajagingizga befarq bo‘lmang. Sifatli ta'limni O‘zbekistonda o‘qib ham olishingiz mumkin.

Shoshiling, xorijiy professorlardan sifatli ta'lim olib, xalqaro darajadagi mutaxassis bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

👉 Ariza topshirish

Entrance exams at New Uzbekistan University will be held on May 20th!

🤔 Are you still uncertain
about which university to apply? Then, you're on the right track! Don't be indifferent about your future. You can get a quality education in Uzbekistan as well.

Don't miss the opportunity to learn from foreign professors and become an internationally recognized specialist!

👉 Register now!

#admission_2023 #qabul_2023

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
“Yangi O‘zbekiston” universitetiga 20-may kuni qabul imtihoni topshirishni belgilagan abituriyentlar diqqatiga!

Joriy yilning 20- may kuni o‘tkaziladigan imtihonlarda qatnashish uchun siz ruxsatnomangizni yuklab olishingiz mumkin. Buning uchun siz quyidagi havolaga kirib, PASPORT yoki ID KARTANGIZNING SERIYASI va RAQAMLARINI yozishingiz kerak bo'ladi (namuna: AD1234567).

📍 Ruxsatnomani yuklab olish jarayonida o‘zingizga qulay bo‘lgan imtihon bo‘lib o‘tadigan hududni tanlashingiz shart.

📥 Ruxsatnomani yuklab olish: https://newuu.uz/en/exam-info

❗️ Shoshiling, imtihonga (20-may kungi) ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi kuni 10-may.

📌 Hujjatlari tasdiqlangan talabgorlargina ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

🔁 English

#imtihon #exam #ruxsatnoma

⬇️ Biz Ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
#Kasbga_yoʼnaltirish

♻️ Xonqa tuman ixtisoslashtirilgan maktabi tabiiy fanlar yo'nalishidagi 11- sinf bitiruvchilari Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialiga bordilar.

❇️ TTA Urganch filiali o'quv bo'limi metodik xizmat ko'rsatish sektori bosh mutaxassisi Jumaniyozova To'pajon o'quvchilarni filial faoliyati bilan tanishtirdi.

🟢 Sayohat davomida o'quvchilar filialda talabalar bilim olishlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar hamda filial professorlaridan OTM ga kirishda zarur bo'lgan tavsiyalar oldilar.

🌐 Telegram | Facebook
#Bizning_shunday_òquvchilarimiz_bor

Agentlik tizimidagi Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 10-sinf o'quvchisi
⭐️ Atajanov Jasur - IELTS dan 6,5 ballni qo'lga kiritdi.

💫 O'quvchimizni ushbu natija bilan #tabriklaymiz va keyingi o'qishlarida zafarlar tilaymiz!

🌐 Telegram | Facebook