XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.79K subscribers
22.9K photos
1.57K videos
32 files
6.85K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Hamkorlik

🐎 Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o'quvchilari Milliy gvardiya Xorazm viloyati bo'limi Chavandozlar maktabida bo'lishdi. 

πŸ‡ Ot sport turi bo'yicha murabbiylar ko'rgazmali mahorat darslari o'tkazib berishdi va o'quvchilar ot minish amaliy mashg'ulotlarida ham o'zlarini sinab ko'rishdi.

🐎🐎 O'quvchilarda ot sport turiga bo'lgan qiziqishlar ortib, katta taassurot bilan qaytishdi.

🌐 Telegram | Facebook
#Bizning_shunday_oΚΌquvchilarimiz_bor
#Tabriklaymiz
#Xiva_Prezident_maktabi

⚑️ Oβ€˜QUVCHIMIZ TO'LIQ GRANT ASOSIDA XORIJ OLIYGOHIGA QABUL QILINDI

⚑️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Xiva shahridagi Prezident maktabining 11 - sinf oβ€˜quvchisi Abrorbek Niyazmetov AQSh ning Gettysburg Kollejiga 100 foizlik grant asosida talabalikka qabul qilindi.

βœ”οΈAbrorbek 4 yil davomida o'qish uchun 270 ming AQSH dollariga teng grant sohibi bo'ldi.

Muvaffaqiyatlar hamisha hamroh bo'lsin, aziz o'quvchilar!

🌐 Telegram | Facebook
#Zakovat

ZAKOVATDA KUCH!

π’π’‚π’Œπ’π’—π’‚π’•π’π’Š π’–π’’π’‚π’…π’Š, π’ƒπ’Šπ’π’Šπ’Žπ’π’Š π’ƒπ’Šπ’π’‚π’…π’Š, π’ƒπ’Šπ’π’Šπ’Žπ’π’Š 𝒗𝒂 π’›π’‚π’Œπ’π’—π’‚π’•π’π’Š π’•π’Šπ’π’‚π’Œπ’Œπ’‚ π’šπ’†π’•π’‚π’…π’Š.

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli oβ€˜quv dargohlarida "Zakovat" intellektual oβ€˜yinlari oβ€˜quvchilarning sevimli bellashuviga aylangan.
Jumladan,

⭕️ 2-may kuni Xiva shahridagi Prezident maktabida "Zakovat" intellektual o'yinining navbatdagi soni ham qiziqarli kechdi.
πŸ† Bu galgi bellashuvda "Paradox" jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritdi.

⭕️ 3-may kuni BogΚ»ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabida oβ€˜tkazilgan "Zakovat" turniri keskin va murosasiz, hayajonli daqiqalarga boy boβ€˜ldi.
πŸ† 8-"B" sinf jamoasi gΚ»alaba qozondi.

🌐 Telegram | Facebook
#ijod_maktablari
#savol_javob

❓Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Ijod maktablariga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?

βœ… Oβ€˜zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-iyuldagi 5188-sonli Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-martdagi 141-sonli Qaroriga koβ€˜ra ijod maktablariga qabul 7-sinfdan amalga oshiriladi, ya’ni 6-sinfni tamomlagan oβ€˜quvchilar ijod maktablarining 7-sinfida tahsilni davom ettirishlari mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Besh_tashabbus

🌈 Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "Besh tashabbus" doirasida to'garaklar o'z faoliyatini olib bormoqda.

🌠 Fotosuratlarda:

🏹 Sport toβ€˜garagi doirasida maktab-internat o'quvchilari o'rtasida "Kamondan o'q otish" bo'yicha musobaqa o'tkazildi.

πŸͺ• Musiqa to'garagida madaniyat xodimi Jabborov Madamin tomonidan o'quvchilarga musiqa asboblarini chalish bo'yicha mahorat darslari o'tilmoqda.

🌐 Telegram | Facebook
#Uchrashuv
#9_may_Xotira_va_qadrlash_kuni

πŸ› Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati da bugun "Uch avlod uchrashuvi" bo'lib o'tdi.

Xorazm viloyati Mudofaa ishlari boshqarmasi faxriylar kengashi raisi, iste'fodagi podpolkovnik Shavkat Raximov va
Xorazm viloyati Jamoatchilik kengashi hududiy bo'linmasi 1-toifali mutaxassisi, iste'fodagi mayor Baxtiyor Raximovlar uchrashuv mehmoni bo'ldilar.

❇️  Suhbatda 9-may -"Xotira va qadrlash" kuni sifatida keng nishonlanishi  va yurt tinchligi yo'lida jon kuydirgan  ota-bobolarimiz kurashi haqida o'quvchilarga ma'lumot berildi. Bugungi tinch zaminda yashayotgan har bir inson qalbida shukronalik tushunchasi bo'lishi va yoshlarga berilayotgan keng imkoniyatlardan samarali foydalanishlari haqida ham gapirib o'tdilar.

πŸ“ŒUchrashuv barchada katta taassurot qoldirdi.

🌐 Telegram | Facebook
#Bizning_shunday_oΚΌquvchilarimiz_bor
#Tabriklaymiz
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar

🌐 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o'quvchilari viloyatdagi umumiy o'rta ta'lim maktab o'quvchilari o'rtasida bugun Yangiariq tumanida o'tkazilgan "Viloyat hokimi olimpiadasi"da

matematika fanidan faol ishtirok etib faxrli o'rinlarni va pul mukofotlarini qo'lga kiritdilar.

πŸ₯‡ 6-sinf o'quvchisi Farxodova Zeboxon G'ayrat qizi
I-o'rin va 5 000 000 so'm

πŸ₯ˆ 6-sinf o'quvchisi Tairov Tohirjon Mardonbek o'g'li
II-o'rin va 4 000 000 so'm

Ustozlari Sobirova O'g'iloy va Bobojonova Durpashsha
                                                                                          
O'quvchimizni ushbu yutug'i bilan maktab jamoasi nomidan  chin qalbimizdan tabriklaymiz .

🌐 Telegram | Facebook
#Bizning_shunday_oΚΌquvchilarimiz_bor
#Tabriklaymiz
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar

🌐  Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Hazorasp tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o'quvchisi viloyatdagi umumiy o'rta ta'lim maktab o'quvchilari o'rtasida bugun Yangiariq tumanida o'tkazilgan "Viloyat hokimi olimpiadasi"da

matematika fanidan faol ishtirok etib faxrli o'rinni va pul mukofotlarini qo'lga kiritdi.

πŸ₯‰ 8-sinf o'quvchisi Masharipov Shoxjahon Ortiq o'g'li  
 3-o'rin va 3 000 000 so'm

Ustozi: Sa'dullayev Elyorbek Abdulla o'g'li                                                                                          
🌐 Telegram | Facebook