XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.58K subscribers
19.4K photos
1.28K videos
32 files
5.92K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Dars_jarayoni

✔️Ochiq darslardan lavhalar:

Shovot tuman IMIda

📍 Ingliz tili o'qituvchisi S.Egamberganova tomonidan 7-A sinfda "Family members" mavzusida ochiq darsda Family gathering tarzda mashg'ulot atmosferasi tashkil qilindi.
📍 Fizika o'qituvchisi X.Razzaqov tomonidan 8-B sinfda "Amper kuchi" mavzusida ochiq dars o'tkazildi. O'quvchilar bilan laboratoriya ishi o'tkazildi.
📍Texnologiya o'qituvchisi Z.Kalonova tomonidan 7-A sinfda "Interyerda o'simliklar dunyosi. Xonadon va ofislar interyeri" mavzusida ochiq dars o'tkazildi. Turli xil interfaol metodlardan hamda ko'rgazmali qurollardan foydalanildi.

Yangiariq tuman IMda

📍 F.Xudayberganov tomonidan 7-A sinf O'zbekiston tarixi darsida "Ahmad Farg'oniy" mavzusida ochiq dars bo'lib o'tdi. Darsda "FSMU","Bahs munozara","Xotira mashqi" metodlaridan foydalandi.

Tuproqqal'a tumani IMda

📍Ingliz tili fani o‘qituvchisi R.Matyoqubov 7-A sinf o'quvchilari bilan ochiq dars o'tkazdi. Theme: 24/7, methods: pair work, group work, cascading

🌐 Telegram | Facebook
#Taqdimot

IJOD MAKTABIDA MATEMATIK BAYRAM O'TKAZILDI

🔰
Ogahiy nomidagi ijod maktabining "Iste’dodlar markazi"da 7- sinf va 9- sinf o‘quvchilarining "Matematika va hayot" mavzusida loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.

⚡️O‘quvchilar tomonidan mavzu bo‘yicha ijodkorona yondoshuvlarining taqdimoti barchaga birday matematik kayfiyat uyg‘otdi.
🎞 Videorolik,
🪜 Maket yasash,
✍️ Matematik hikoya,
🖇 Matematika va fanlar bog‘liqligi,
🎭 Sahna ko‘rinishi kabi turlarda o‘quvchilar o'z loyiha ishlari namoyish qildilar.

➡️ Taqdimotlar yakunida direktor o‘rinbosari Boburjon Sadullayev o‘quvchilarning yangi qirralarini kashf qilishda, fanning asl mazmunini tushunib yetishga qaratilgan bu taqdimotlar uchun o‘quvchilarga ijodiy turtki berayorgan maktabning oliy toifali o‘qituvchisi Polvonova Yulduz ustozning hissasi juda katta bo‘lganligini alohida ta'kidlab o‘tdi.

🌐 Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Loyiha_ishi

🧮 Ogahiy nomidagi ijod maktabida o‘tkazilgan "Matematika va hayot" loyihalar taqdimoti bo‘yicha 9-"B" sinf o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan video taqdimot.

Mavzu: π haqida bilasizmi?

📲 Marhamat, tomosha qilishingiz mumkin

🌐
Telegram | Facebook
#Bu_fakt

Bugun 4-may - Birinchi fonograf yaratilgan kun

✔️ Bundan 144 yil ilgari - 1878-yil 4-mayda Tomas Edison ilk bor yaratgan fonografini butun ommaga namoyish qilib, mashhurlikka erishdi.

🔌 Tomas Edison - elektronika sohasidagi amerikalik ixtirochi va yirik elektrotexnika kompaniyalari egasi.

🧾 12 yoshdan gazeta, telegraf tarqatuvchi bo'lib ishlagan.

🎛 Axborotlarni telegraf orqali uzatish asbobini loyihalagan, ko’p karrali telegraflash bo’yicha ishlagan, yozuv mashinkasini takomillashtirgan, fonograf ixtiro qilgan, cho’g’lanma lampani yaratgan va A.Bell telefonini takomillashtirgan.

💡Elektr bilan yoritish tizimini ishlab chiqqan, elektr energiyasi bilan ta'minlashni markazlashtirish ustida ishlagan.Uning loyihasi bo’yicha Nyu-Yorkda dunyodagi birinchi umum foydalanadigan o’zgarmas tok elektr stansiyasi qurilgan.

🌐 Telegram | Facebook
#Dolzarb_mavzu
#Diqqat_ochiq_muloqot

Maktablarda o'quvchilarni bulling, viktimizatsiya va mobbing zo‘ravonliklardan himoya qilish — xalqaro toifadagi psixologdan tavsiyalar

🗓2023-yil, 4-may soat 15:00

🙅🙅‍♀️ Umumta'lim maktablarining direktor o'rinbosarlari, psixolog va ushbu yo‘nalishga qiziquvchi keng jamoatchilik vakillari uchun “O‘smirlik muhitida bulling, viktimizatsiya va mobbing” mavzusida ochiq muloqot!

👥Muloqotni xalqaro toifadagi psixolog Xojimuxamedova Dilbar Rixsibayevna olib boradi.

🙇🙇‍♀️Mazkur muloqotda bugungi kunda tez-tez uchrayotgan salbiy holatlar, oila, ta’lim tashkilotlari, ish va xizmat joylardagi turli ko‘rinishdagi zo‘ravonliklarni oldini olish bo‘yicha tavsiyalar berib o‘tiladi.

📝Mahorat darsi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining facebook va youtube ijtimoiy tarmoqlari orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatib boriladi.

🎯Sizni qiziqtirgan va qiynayotgan savollaringizga onlayn muloqot jarayonida javob berib boramiz.

O‘tkazib yubormang!


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Hamkorlik

🐎 Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o'quvchilari Milliy gvardiya Xorazm viloyati bo'limi Chavandozlar maktabida bo'lishdi. 

🏇 Ot sport turi bo'yicha murabbiylar ko'rgazmali mahorat darslari o'tkazib berishdi va o'quvchilar ot minish amaliy mashg'ulotlarida ham o'zlarini sinab ko'rishdi.

🐎🐎 O'quvchilarda ot sport turiga bo'lgan qiziqishlar ortib, katta taassurot bilan qaytishdi.

🌐 Telegram | Facebook