XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.58K subscribers
19.4K photos
1.28K videos
32 files
5.94K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Dars_jarayoni

Bugungi ochiq darslardan lavhalar

📍Hazorasp tuman ixtisoslashtirilgan maktabi ona tili fani o'qituvchisi Oybek Xusinov tomonidan 8-"B" sinf o'quvchilariga "Kiritmalar" mavzusida ochiq dars o'tkazildi.
Darsda o'qituvchi "Maqollarni davom ettiring", "Krossvord", "So‘z sizga" metodlaridan hamda ko'rgazmali qurollardan foydalandi.

📍Xonqa  tuman ixtisoslashtirilgan maktabning biologiya fani o'qituvchisi Dilfuza Sabirova 8-"D" sinfda "Hissiyot va uning boshqarilishi. Xotira turlari" mavzusida; 
📍Kimyo fani o'qituvchisi Qodirbergan Qilichboyev 8-"D" sinfda "Azot va Uning birikmalari" mavzusida ochiq darslar o‘tishdi.
Darslarning turli xil interfaol metodlardan foydalangan holda, shuningdek, hayot bilan bog'lanib o'tilishi o'quvchilarda juda katta qiziqish uyg'otdi. 

🌐 Telegram | Facebook
Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston xalqiga Ramazon hayiti tabrigi

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Tabriknoma

Assalomu alaykum, qadrli yurtdoshlar, hurmatli ustozlar, aziz o‘quvchilar!

Ramazon hayiti munosabati bilan barchangizni samimiy muborakbod etamiz!

☀️ Har bir xonadonda ezgulik, mehr-oqibat va osoyishtalik hukmron boʻlsin.

💫 Har doim ezgu amallar hamrohingiz boʻlsin. Musaffo osmonimizga, yurtimiz tinchligiga koʻz tegmasin!

@piima_xorazm
🌙 ASSALOMU ALAYKUM QADRLI DO'STLAR!

Oylarning sultoni Ramazon Hayiti va Kunlarning sultoni Juma Ayyomi qutlug‘ bo‘lsin!

Alloh bu kunning fazilatidan xonadoningizga O'zining xayr-u barokatlarini yog'dirsin. Oilaviy baxt, tinchlik-xotirjamlik, ikki dunyo saodati barchalarimizga nasib etsin. Hayit ayyomingiz muborak bo'lsin!!!

Kelasi Ramazon Hayitlarida ham bir-birimizni qutlash nasib qilsin!!!

Hurmat bilan, Sarvar Abdullayev.
#Bugun

22-aprel – Xalqaro Yer kuni

🌏 Xalqaro Yer kuni har yili 22-aprelda nishonlanadi. Bu kun BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 2009-yilda ekologiya muammolariga e'tibor qaratish va tabiatni asrashga chaqirish maqsadida ta'sis etilgan.

🌎 Butunjahon Yer kuni barchamiz bir sayyorada yashayotganimizni va uning resurslariga ehtiyotkorlik bilan g'amxo'rlik qilishimiz kerakligini barchamizga eslatib turishga qaratilgan.

🌐 Telegram | Facebook
👁‍🗨 Navbatdagi IQ TEST start oldi!

📆 22-aprel kuni soat 11:00 dan 22:00 gacha khiso.uz platformasida!

➡️ Testda qatnashish uchun @khiso_uz_bot orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak.

⬇️ Barcha ishtirokchilar QR kodli sertifikat bilan taqdirlanadi!

❗️ Olimpiadalarda ishtirok etish mutlaqo bepul!

☸️ Testlarning yechimlari youtube kanalimizda tahlil qilinadi.

⚙️ Saytdan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma bilan batafsil tanishib chiqing.

✝️ Telegram kanalga a'zo bo‘ling va olimpiadalardan eng birinchi xabardor bo‘ling: ➡️ @khiso
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#befarqemasman

G'ulomjon Ahmedov, Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktori:

— O'zbekiston Respublikasi fuqarolari davlat xizmatiga kirishda teng huquqga egadirlar. O'zbekiston Respublikasi yangilanayotgan Konstitutsiyaning 37-moddasi aynan shu so'zlar bilan boshlanadi.

Bundan bir necha yillar oldin yaxshiroq ishga joylashish uchun insonning yo tanishi, yo moddiy qiymatdagi biror narsasi bo'lishi kerak edi. Bugungi kunda fuqarolar ochiq tanlov asosida ishga joylashishiga birgina misol men va mening jamoamdir.

Bu o‘quv yilida yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga shaffof, ochiq, adolatli tarzda bo'lib o'tgan 3 bosqichli tanlovda ishtirok etib, inson huquqlari qay darajada ulug'langanligini bildim.

Yangilanayotgan Konstitutsiyamizda fuqarolar ochiq tanlov asosida ishga joylashishi, mehnat qilish huquqlari mustahkamlanmoqda.

Men befarq emasman!

🌐 Telegram | Facebook
Forwarded from Ogahiy ijod maktabi
#KÒNGIL_DAVRASI

Hurmatli kanalimiz obunachilari, ko'plab ijodsevar, she'rsevar muhiblarimiz iltimoslariga binoan bu safargi "Ko'ngil davrasi" loyihamizda, ko'nglimizga yaqin ijodkor bilan suhbatlashamiz. Qahramonimizning hikoya, esse, drama yoʻnalishida asarlari Rossiya, Turkiya, Ukraina, Serbiya nashrlari hamda respublikamizning turli adabiy nashrlarida eʼlon qilingan. “Marvarid oʻlkam” adabiy tanlovi gʻolibi.“Kuz simfoniyasi”, “Dun­yoni qutqarmagan go‘zallik”,“Mona Liza ta­bassumi” kitoblari muallifi. Asarlari 28 ta tilga tarjima qilinib, dunyoning 60 ga yaqin davlatidagi adabiy matbuot nashr­lari, saytlarda chop etilgan. 40 dan ziyod zamonaviy jahon yozuvchi va shoirlarining ijodini, yapon mumtoz adabiyotidan xokkularni rus va ingliz tilidan tarjima qilgan ijodkorimiz Sherzod Ortiqov. Takrorlanmas ijodiy muhit zavqidan bahramand bo‘lish istagida bo‘lsangiz

📌 bugun soat 20:00 da, kanalimizdagi audio-suhbatga barchangizni taklif qilamiz!

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉
|Telegram| |Facebook|
#Faxrimiz
#Tabriklaymiz

▪️Joriy haftada Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan "Bolalarga bering dunyoni" va "Vazir sovrini" Respublika ko'rik-tanlovlari bo‘lib o‘tdi.

⚡️ "Vazir sovrini" ko'rik-tanlovining Respublika bosqichi koʻtarinki kayfiyatda Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida oʻtkazildi.

✔️ Ushbu tanlov:
🔹 Yog‘och o‘ymakorligi;
🔹 Liboslar dizayni;
🔹 Yosh arxitektor yo‘nalishlarida tashkil etilib, 20 998 nafarga yaqin o‘quvchi-yoshlarni qamrab oldi
.

⚡️Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 11-sinf o'quvchisi Lolaxon Yusupova ham ushbu "Vazir sovrini" Respublika ko'rik- tanlovida faol qatnashib, "Yosh arxitektor" nominatsiyasi bo'yicha diplom va qimmatbaho sovg'alar  bilan taqdirlandi.

🌟 Lolaxonni ushbu yutug‘i bilan qutlab, ulkan ijodiy parvozlar va o‘qishlariga muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

🌐 Telegram | Facebook
#Bugun

➡️23-aprel – Xalqaro kitob va mualliflik huquqlarini himoya qilish kuni!

👆1996-yilda YUNESKO tomonidan 23-aprel — "Xalqaro kitob va mualliflik huquqlarini himoya qilish kuni" deb belgilangan. Har yili ushbu kun dunyo jamoatchiligi tomonidan bayram sifatida keng nishonlanib kelinmoqda.

📖 Kitob - madaniy xilma-xillik dunyosiga darcha, vaqt va makonda turli sivilizatsiyalarni birlashtiruvchi ko‘prikdir.

📚Kitob - insoniyatning madaniy merosini himoya qilish va boyitish borasidagi umumiy harakatlarimizning eng yaxshi yordamchisidir.

🌐 Telegram | Facebook