XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.55K subscribers
20K photos
1.34K videos
32 files
6.11K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Xorijiy_hamkorlik
#BAA

Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova Birlashgan Arab Amirliklarining Alef Education ta'lim platformasi bosh direktori Jefri Alfonso boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

Tadbir avvalida vazirlik faoliyati hamda Alef education haqida ikki tomonlama taqdimotlar bo’lib o’tdi.

Uchrashuv doirasida tomonlar o’zaro hamkorlik, xususan Alef ta'lim platformasini O'zbekiston sharoitiga moslashtirish rejalari kabi masalalarni muhokama qilishdi.

✔️ Ta’kidlash joiz, Alef education ta’lim platformasi:

🔹 O‘quvchilar bilimini baholash,
🔹 pedagoglar faoliyatini o‘quvchilar bilimiga asoslangan holda sun’iy intellekt yordamida baholab borish,
🔹 аniq va tabiiy fanlar, shuningdek xorijiy tillar yo‘nalishidagi ta’limni onlayn platforma yordamida yo‘lga qo‘yish kabi imkoniyatlarga ega platforma hisoblanadi.

❗️ Uchrashuv doirasida mehmonlar uchun Muhammad al Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab, Toshkent shahridagi Prezident va Olmazor tuman 22-sonli umumta'lim maktablari bo'ylab kampus-tur tashkil etildi.

📆 Ma’lumot o’rnida, Alef ta'lim platformasi rahbariyati bilan uchrashuvlar 12-aprelga qadar davom etadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Amir_Temur_687_yilligi

🪐Amir Temur - odob-axloq, iymon, e’tiqod, ta’lim-tarbiyada yuksaklikka, mukammalikka erishgan siymolardan biridir.

💥 Yangibozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabida 9-APREL - Sohibqiron Amir Temur tavalludining 687 yilligi munosabati bilan “Buyuk Temur siymosi biz bilan” nomli tadbir  bo‘lib o‘tdi.

✔️
Tadbirni 9B-sinf o‘quvchilari o‘tkazdi. She’r, qo‘shiq va sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

🌐 Telegram | Facebook
#Toʻgarak_jarayoni

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabning ma'naviy-ma'rifiy ishlari bo'yicha direktor oʻrinbosari Matyoqubova Maqsuda 6-"A"sinf o'quvchilari bilan to'garak jarayonida trening mashg'ulotlarini o'tkazdi.

⚡️Mashg'ulotlar jarayonida "Biz birgamiz", "Kuchimga ishonaman" metodlaridan foydalanildi. To'garak jarayoni qiziqarli va mazmunli bo'ldi.

🌐 Telegram | Facebook
#VATAN_MANZUMASI
#XORAZM_VILOYATI

 🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasining 2023-yil 20-yanvardagi yig'ilish bayoniga muvofiq O'zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Oripov topshirig'iga asosan mamlakatimiz miqyosida "Vatan manzumasi" mavzusidagi adabiy -ma'rifiy konsert dasturlari bo'lib o'tmoqda.

🔶 Joriy yilning 10-aprel sanasida Xorazm musiqali drama teatrida o'tkazilgan adabiy-ma'rifiy konsert dasturida taniqli madaniyat namoyandalari, san'atkorlar, estrada xonandalari, teatr, kino va ijodiy jamoalar ishtirok qilishdi.

🔻Kechada Vatanni madh qiluvchi ijod namunalari yangradi. Adabiy-ma'rifiy konsert dasturi ko'tarinki tarzda o'tkazildi.

🔷 Unda Ogahiy nomidagi ijod maktabining o‘quvchilari ham ishtirok qilib, xalq sevgan ustoz ijodkorlar bilan birgalikda diydorlashish baxtiga muyassar bo‘ldilar.

🌐 Telegram | Facebook