XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.58K subscribers
19.4K photos
1.28K videos
32 files
5.94K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Sport_games
#Xotin_qizlar_sport_musobaqasi

⚽️🏓 Xiva shahridagi Prezident maktabida "Тo'maris va Barchinoy avlodlarimiz!" shiori ostida jamoaviy sport o'yinlari bo'lib o'tdi.

💥 O'yin quvnoq va qiziqarli shartlarga boy tarzda kechdi. "Feniks" jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritdi.

Sportning hayotimizda tutgan o'rni beqiyosdir. U insonning ruhan va jismonan yetuk bo'lishida katta ahamiyat kasb etadi.

🌐 Telegram | Facebook
#Psixologik_faoliyat

📝 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati psixologi Laylo Atajanova 7-sinf o'quvchilari bilan "Qo'rquvni yengish" treningini o'tkazdi.

🖍
Maqsad: o'quvchilarda qo'rquvni yengish, o'quvchilar qo'rquv evaziga har xil vaziyatlarga tushib qolmaslik oldini olish

🌐 Telegram | Facebook
#JARAYON

📆 Aprel oyining 6-sanasida
Ogahiy nomidagi ijod maktabiga

♻️Urganch shahar 16-sonli umumta'lim maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Soburov Ravshan boshchiligida maktab o‘quvchilari tashrif buyurdilar.

♻️ Shuningdek, Qo‘shko‘pir tuman 36-sonli umumta'lim maktabining targ‘ibotchisi Sharipova Xurshida boshchiligida ham maktab o‘quvchilari tashrif buyurdilar.

🔶 Mehmonlar maktabning o‘quv faoliyati bilan tanishish asnosida ta'lim muassasasida o'quvchilarga yaratilgan sharoitlar, imkoniyatlar, o'quv-tarbiya jarayonlari, maktabga qabul qilinish tartiblari haqida ma'lumotlarga ega bo'ldilar.

Mehmon o‘quvchilar o'zlarining iliq fikrlari hamda shu ijod maktabida o'qish istaklarini bildirdilar.

🌐 Telegram | Facebook
#Dars_jarayoni
#Ochiq_darslar_haftaligi

💫 Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida ochiq darslar haftaligi qizg'in davom etmoqda.

📍Maktabning ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Rahmonova Mavluda 8-A sinfda Adabiyot fanidan "Muhammad Yusuf hayot va ijod yo'li"mavzusida ochiq dars tashkillashtirdi.

💢 Dars davomida o'quvchilarning dunyoqarashi va fikrlashini oshirishga qaratilgan topshiriqlar berib borildi. Shuningdek, "Sujetli rolli o'yin"metodi asosida o'quvchilar qisqa sahna ko'rinishi namoyish qilishdi. Muhammad Yusufning barchaning qalbidan chuqur joy egallagan she'rlaridan namunalar aytishdi.

📍 5-sinfda “Kutubxonada” mavzusida ochiq dars o‘tkazildi. Dars maktab kutubxonasida maktab kutubxonachisi Matyokubova Feruza bilan hamkorlikda o‘tkazildi. Darsni rus tili o'qituvchisi Yusupova Tamara olib bordi.

💢 Dars o'yin-kulgi tarzida o'tkazildi, qo'shiqlar, she'rlar, til ohanglari, dialoglar ijro etildi.

🌐 Telegram | Facebook
#Zakovat

📌 Bugun Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "Zakovat" intellektual o‘yinining navbatdagi turi bo‘lib o‘tdi.

📝 Eslatib o‘tamiz, o‘yinda jami 7 ta jamoa ishtirok etmoqda.

🌐 Telegram | Facebook