XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.55K subscribers
20.4K photos
1.39K videos
32 files
6.23K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
Forwarded from Fan olimpiadalari markazi (FOM) (Otabek Karimov)
Asosiy olimpiadaning III (viloyat) bosqichi.

2022-yil 29-noyabr 1-dekabr kunlari ikkinchi guruh fanlaridan asosiy olimpiadaning III (viloyat) bosqichi respublikamizning barcha hududlarida bir vaqtda tashkil etiladi.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲 👉@olimpdep
Forwarded from Fan olimpiadalari markazi (FOM) (Otabek Karimov)
Asosiy olimpiadaning III (viloyat) bosqichi baholanishi va o‘quvchilarga ajratiladigan vaqt.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲 👉@olimpdep
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bilim_doirasida
#Intellektual_ring

🔰Prezident taʼlim muassasalari agentligi hamda "Madaniyat va maʼrifat" telekanali bilan hamkorlikda tayyorlangan "Bilim doirasida" ko‘rsatuvining bu galgi sonida Ogahiy hamda Abdulla Oripov nomidagi ijod maktablarining o‘quvchilari bellashishdi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#tanlov

🏛 Xorazm viloyati Yangibozor tuman "Barkamol avlod" maktabida "8-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi" munosabati bilan "Bolalarga bering dunyoni" shiori ostida
rasmlar tanlovi o‘tkazildi.
🎨 Tanlov yosh rassomlarning ham ijodiy, ham huquqiy savodxonligini oshirish, o‘z huquqlari bilan tanishtirish, ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga munosabat bildirishlari maqsadida tashkil etildi.

Rasmlar tanlovida Yangibozor tumani ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari ham faol ishtirok etishdi va quyidagi natijalarni qo‘lga kiritdilar:

"A" guruh "Bola huquqlari" mavzusidagi rasmlar tanlovida

🥇 Baxromboyeva Maftuna 1-o‘rinni egallab, I darajali diplom bilan taqdirlandi.

"B" guruh "Konstitutsiyaviy islohotlar yoshlar nigohida" mavzusidagi rasmlar tanlovida

🥈Yusupboyev Ulug‘bek
2-o‘rin,
🥉Quronbayeva Muxlisa 3-o‘rinni egalladilar.

📌 Baxromboyeva Maftuna tanlovning viloyat bosqichida ishtirok etadi. Unga keyingi bosqichda omad tilaymiz.

Xorazm viloyati hududiy bo‘limi
#Bilib_qoʻygan_yaxshi

Oʻzbekistonda nechta tibbiyot oliygohlari bor va ularda qancha talabalar tahsil olmoqda?

💉Bugungi kunda yurtimizda
✔️11 ta davlat tibbiyot oliy taʼlim muassasasi;
✔️2 ta xorijiy tibbiyot universiteti filiallari
(N.I. Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti filiali, Qozon federal universiteti filiali) faoliyat yuritmoqda.

✔️3 ta xususiy (AKFA universiteti, Yevropa tibbiyot universiteti, Toshkent Yodju texnika instituti) oliy taʼlim muassasasi ham mavjud.

✔️Shuningdek, Guliston, Qarshi davlat universitetlari, Jizzax va Navoiy davlat pedagogika institutlari hamda Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetlarida tibbiyot fakultetlari tashkil etilgan.

Ularda bakalavriat bosqichi boʻyicha 13 ta, magistraturada 45 ta, klinik ordinaturada 32 ta hamda internaturada 21 ta mutaxassislik asosida kadrlar tayyorlanyapti.
© Sogʻliqni saqlash vazirligi

🌐 @piima_xorazm
🔰 Bugun Urganch tumanidagi 29-son maktabda ikkinchi guruh fanlaridan asosiy olimpiadaning III (viloyat) bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

▶️ Olimpiada respublikamizning barcha hududlarida bir vaqtda tashkil etildi.

✔️ Ikkinchi guruh fanlaridan asosiy olimpiadada Xorazm viloyati bo‘yicha jami 1064 nafar o‘quvchilar ishtirok etishi kutilmoqda.

🔷 29-noyabr kuni 314 nafar 9-sinf o‘quvchilari ona tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, o‘zbek tili, qozoq tili fanlaridan test va insho orqali bilimlari sinovdan o‘tkazilsa, ingliz tili, nemis tili, fransuz tili fanlaridan tinglab tushunish va o‘qish shuningdek, leksik-grammatik testlar olinadi.
Geografiya va tarix fanlari imtihonlari esa yozma ish, test shaklida tashkil qilinadi.

🏛Agentlik tizimidagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlaridan 9-sinflar bo'yicha jami 162 nafar o‘quvchi ishtirok etadi.

Ushbu o'quvchilarimizga omad yor bo'lishini tilab qolamiz!

Jarayonlar jonli tarzda👇:
https://youtu.be/YzMJ_40_bTM

🌐@piima_xorazm
#koʻmak_loyihasi

🔶 Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabning ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari M.Matyoqubova va maktabning School captian yordamchisi R.Qodirov hamda jamoatchi o'quvchilar T.Sobirov va O. Qo'chqorovlar uy sharoitida ta'lim oluvchi Xiva shahar 6-son maktabning 8-sinf o'quvchisi U.Sobirovdan xabar olishdi.

"Ko'mak" loyihasi asosida amalga oshirilgan bu tashrif Umrbek uchun kutilmagan sovg'a bo'ldi.

🧑‍💻Umrbekka Rustambek Qodirov ingliz tilining boshlang'ich ta'limini o'rgatishni boshlab yubordi. U Umrbekning ingliz tilidan kuchli bilim olishiga o'z hissasini qo'shmoqchi. 👍

🎩"Sehrli qalpoqcha" treningi o'tkazildi. Bunda har kim o'zining orzusini aytdi. Umrbek katta bo'lib o'qishlarni tugatsa, ishsiz yoshlarni ish bilan ta'minlashini, o'quvchi yoshlarga katta e'tibor berishini, imkoniyatlardan unumli foydalanishini aytdi.

🗂 Umrbekka o'quv qurollar jamlanmasi sovg'a qilindi.

🌐@piima_xorazm
💠 Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Noyabr - rus tili fani oyligi" doirasida “Kitob kuni (День книги)” bayrami bo‘lib o‘tdi.

⚜️Bayram tadbirida 5-8-sinf o‘quvchilari ishtirok etishdi. Rus xalq qo‘shiqlari, she’rlar, tez aytishlar, topishmoqlar ijro etildi. Ertak qahramonlari ijrosi, go‘zal raqs va qo‘shiqlar tomoshabin va mehmonlarga o‘zgacha zavq bag‘ishladi.

🖥Ushbu tadbir 26-noyabr kuni Xorazm telekanali orqali efirga uzatildi.

📍 Bunday tadbirlarni o‘tkazishdan maqsad o‘quvchilarda kitobga mehr uyg‘otish, so‘z boyligini oshirish, muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish va axloqiy fazilatlarni tarbiyalashdan iboratdir.

🌐 Kuzatishda davom eting:
@piima_xorazm