XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
2.13K subscribers
23.4K photos
1.6K videos
32 files
6.99K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
Xorazmda maktab direktorlari ishtirokida ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan o‘quv-seminari bo‘lib o‘tmoqda

Bugun Xorazm viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazida viloyatdagi umumta’lim maktabi direktorlari ishtirokida ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan o‘quv-seminari bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbirni viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Хamro Bektemirov kirish so‘zi bilan ochib berdi va ta’lim sifatini oshirish borasidagi galdagi vazifalar haqida to‘xtaldi.

Seminarda 568 nafar ta’lim tashkiloti direktorlari ishtirok qilmoqdalar.

Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining rasmiy sahifalariga ulanish
👇👇👇
TelegramIYoutubeIFacebookIInstagramIWeb-sayt
⚡️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli Хorazm viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablarda

⚜️ Ish beruvchi hamda xodimlar o‘rtasida 2022-yilda amalga oshirilgan ishlarning bajarilishi bo'yicha hisobot va 2023-2025-yillar uchun yangi jamoa shartnomasi loyihasini muhokama qilishga bag‘ishlangan umumiy yig‘ilishlar o‘tkazilmoqda.

🔷
Bugun Yangibozor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida O’zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Yangibozor tuman kengashi raisi A.Otaniyazova ishtirokida yig'ilish bo'lb o'tdi.

🔹 Tuproqqal'a tuman ixtisoslashtirilgan maktabida ham bugun O’zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Xorazm viloyat kengashi raisi Sh.Allaberganov va Tuproqqal'a tuman kengashi raisi X.Sultonovlar ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi.

🌐 Telegram | Facebook
#Prezident_maktabida_1_kun

🔴Bugun Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tasarrufidagi maktab o'quvchilari "Prezident maktabida bir kun" loyihasida qatnashib, g'oliblikni qo'lga kiritgan edilar.

Ular Xiva Prezident maktabida bir kun davomidagi barcha darslar va to'garaklarda tengdoshlari bilan birga faol ishtirok etishdi.

🌐Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram | Instagram | Facebook | You tube
#Farzandimga_kitob_sovg‘a_qilaman
#Bolalarga_ma'naviyat_ulash
#Kitob_bizni_birlashtiradi

⭕️⭕️⭕️4️⃣4️⃣4️⃣

🟢Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan yurtimiz kelajagi boʻlmish farzandlarimizning maʼnaviy sogʻlom boʻlishlarini taʼminlash maqsadida 2-aprel – “Xalqaro bolalar kitoblari kuni” munosabati bilan quyidagi xeshteglar ostida challenge o‘tkazilishini e'lon qiladi.

🧡#Farzandimga_kitob_sovg‘a_qilaman
🧡#Bolalarga_ma'naviyat_ulash
🧡#Kitob_bizni_birlashtiradi

Ushbu xeshteglardan foydalanib, ijtimoiy tarmoqlarda kitoblar ulashayotganingiz haqidagi rasm videolaringizni joylang va bizga @kitob_challenge ga yuboring!

⚡️Ushbu challengeni o‘tkazishdan maqsad, o‘quvchi yoshlarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish va bolalar kitobxonligini ommalashtirishda bolalar uchun mo‘ljallangan badiiy, ma’rifiy, ilmiy-ommabop, tarbiyaviy hamda bolalarga mos bo‘lgan adabiyotlarni mutolaa uchun tavsiya etishdan iborat.

📚Birgalikda siz azizlardan bu challengeda faol ishtirok etib, farzandingiz va yaqinlaringizga dunyodagi eng qimatbaho xazina, sodiq doʻst – kitob bilan doʻstlashishini yo‘lga qo‘yish maqsadida yurtimizda chop qilingan bolalar adabiyotlaridan sovgʻa qilishingizni soʻraymiz.

❗️Bolalarga ma’naviyat ulashishda Siz ham o‘z hissangizni qo‘shing!

Respublika bolalar kutubxonasi Axborot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
#yashil_chiroq

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 26.04.2022 yildagi 212-son qaroriga asosan Hazorasp tumani ixtisoslashtirilgan maktabida
🚦"YASHIL CHIROQ" musobaqasi maktab bosqichi o'tkazildi.

🎯 Tadbirdan ko'zlangan asosiy maqsad o'quvchilar o'rtasida yo'l harakati qoidalarini targ'ib qilish hamda ko'nikmalarni shakllantirishdan iborat.

🌐 Telegram | Facebook
Go‘zal manzarali joyga qaraganingizda, chiqindilar turganini ko‘rib sizning ham dilingiz xira bo‘ladimi?

⚡️ Demak, Siz tabiatga befarq bo‘lmaganlar safidasiz. Sayyoramiz sizning yordamingizga muhtoj. Buni bilasiz!

30-martdan 7-aprel kuniga qadar mamlakatimizning har bir nuqtasida Plogging aksiyasi o‘tkaziladi. Plogging bu — tabiatdan chiqindi to‘plash sportidir.

🌿 Aksiya o’tkazish vaqti va joyi yuzasidan ma’lumotlarni ushbu havola orqali bilib olishingiz mumkin.

Sayyoramiz ozodaligiga yordam berish istagida bo‘lsangiz @plogginguzbot orqali ro’yxatdan o’ting!

Tabiatimiz o‘z uyimizdek ozoda bo‘lsin)

Bizning sahifalarimiz:
🕊@yoshlaragentligi 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM