XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.58K subscribers
19.6K photos
1.3K videos
32 files
5.99K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
Forwarded from Hilola Umarova
Bugun Sirdaryo viloyatining 300 dan ortiq maktab direktorlari bilan uchrashib, zamonaviy maktab rahbari oldidagi vazifalar haqida gaplashdik.

Direktorlar meni eng koʼp oʼylantiradigan, taʼlimdagi ogʼriqli nuqtalardan biri. Koʼp yillar maktabda direktor boʼlganim uchun bu lavozimning mashaqqatini bilaman. Taʼlimda faqat sizlar bilan oʼzgarish qila olishimiz mumkin.

Har biringizdan birinchi navbatda halollik talab qilaman. Halol boʼlmagan insonga taʼlimda oʼrin boʼlishi mumkin emas. Halol maktab direktorining faoliyatiga hech kim toʼsqinlik qilishiga yoʼl qoʼymayman. Direktor halol boʼlsa, uning yonida men turaman!

Siz bilan biz oʼqituvchilarning jamiyatdagi obroʼ va nufuzini yuksaltirishimiz kerak. Bugun nima uchun istagan ota-ona maktabga kelib, oʼqituvchiga gapirishga haddi sigʼyapti? Oʼz hurmatini, qadr-qimmatini bilgan oʼqituvchiga hech kim ortiqcha gapirishga haddi sigʼmaydi. Oʼqituvchilarning nufuzini koʼtarish esa siz-u bizning vazifamiz. Maktabga zamonaviy direktor rahbarlik qilsa, buni ota-ona ham sezadi. Shu bois lavozimingizni suiisteʼmol qilmagan holda maktabingizda taʼlim sifatini koʼtarishga oʼzingiz harakat qiling.

Viloyatda 325 ta maktab bor. Bu degani, shuncha rahbar va bir-biridan farq qiluvchi shuncha muhit degani. Shunday maktablar borki, infratuzilmasi yaxshi emas, lekin u yerdagi muhitni birorta zamonaviy maktabdan topa olmaysiz.

Yangilikni oʼzimizdan boshlashimiz kerak. Biz esa vazirlik jamoasi bilan birgalikda sizlar bilan yelkama-yelka ishlaymiz.

Biz bir kemadamiz - ziyolilar kemasida. Bu tizimda muammo boʼlmasligi uchun oʼz ustimizda tinimsiz ishlashimiz lozim.

Ishimiz ham, jamoamiz ham oilamiz, har ikkisi tinch boʼlsa, koʼnglimiz xotirjam boʼladi. Shunday ekan, barchamizga doimo oiladan oilaga yorugʼ yuz bilan borish nasib qilsin.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🟢 Kalta Minor - 1853-yilda Muxammad Aminxon tomonidan (shu nomli madrasa yonida) qurila boshlagan va 1855-yil Shimoliy Eronga yurish paytida xonning o‘ldirilishi va Abdullaxonning taxtga o‘tirishi bilan qurilish ishlari to‘xtab qolgan.

⭕️ Muhammad Aminxon minorasining
pastdagi diametri – 14,5 metr,
balandligi – 28 metr,
fundament chuqurligi – 15 metr.

🌐 Telegram | Facebook
#Tanlov
#Ikkinchi_bosqich

❗️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlardagi pedagog kadrlarga bo'lgan ehtiyoj (vakant o'rinlar)ni qoplash maqsadida o'tkazilayotgan Tanlovning ikkinchi – test bosqichi bo'lib o'tmoqda.

💡Maʼlumot uchun: Test sinovlari Respublikamizning 14 ta hududidagi Prezident maktablarida o'tkazimoqda.

👉 Jarayonlarni jonli efirda kuzatishingiz mumkin:
https://www.youtube.com/watch?v=AVcdlmjKPH8

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
Bugun Urganch shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida Al-Xorazmiy nomidagi olimpiadaning viloyat bosqichi boʻlib oʻtmoqda.

Jarayonlarni quyidagi havola orqali jonli tarzda kuzatishingiz mumkin.

👇👇👇
https://youtube.com/live/1FDpAkkbztA?feature=share
#Seminar_trening

📌 Yangibozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabida seminar-trening bo'lib o'tdi.

Mazkur treninglardan ko‘zlangan maqsad:

🔺
ilg‘or tajribalar bilan bo‘lishish;

🧩 zamonaviy metodikalar bilan tanishtirish;

✈️ ta'lim sohasidagi yangiliklar bilan bo‘lishish;

🧿 o‘quvchilarda kreativ va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishni o‘rgatishdan iborat.


🌐 Telegram | Facebook
#Tanlov
#Ikkinchi_bosqich
#Xorazm

📍 Bugun Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi  ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlardagi pedagog kadrlarga bo'lgan ehtiyoj (vakant o'rinlar)ni qoplash maqsadida o'tkazilayotgan tanlovning ikkinchi – test bosqichi bo'lib o'tmoqda.

❇️ Xorazm viloyatida ushbu test sinovlari Xiva shahridagi Prezident maktabi da bo‘lib o‘tdi. Jami 6 nafar o‘qituvchi bu  jarayonda ishtirok qildilar.

📌 Jarayonlar jonli efirga ham uzatilmoqda.

🌐 Telegram | Facebook