XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.58K subscribers
19.4K photos
1.28K videos
32 files
5.93K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Xotin_qizlar_sport_musobaqasi

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash va xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash bo'yicha Davlat siyosatining 2023-yilda amalga oshirishga qaratilgan qo'shimcha chora-tadbirlar dasturining 85-bandida mehnat jamoalarida faoliyat olib borayotgan ayollar o'rtasida sport musobaqalari tashkil etish ko'zda tutilgan.

👩🏻‍💼Ushbu vazifalar ijrosi yuzasidan bugun ta'lim muassasalarimizda ayollar o'rtasida sport musobaqalari o'tkazildi. Jumladan:

Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida shaxmat va shashka
🏓
Yangibozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabida stol tennisi
🏓 Hazorasp tuman ixtisoslashtirilgan maktabida stol tennisi

🌐
Telegram | Facebook
#Viloyat_Hokimi_Olimpiadasi
#2_darajali_diplom

📍 Bugun Xorazm viloyatidagi maktab o'quvchilari o'rtasida Yangibozor tumani 33-son umumta'lim maktabida o'tkazilgan "Viloyat Hokimi olimpiadasi"da Xonqa tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 8-sinf o'quvchisi

🔸 Rustamova Zuhrajon faol ishtirok etib faxrli 2- o'rinni egalladi va 4 000 000 so'm pul mablag'i bilan taqdirlandi.

⚡️ O'quvchimizni ushbu yutug'i bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz.

🌐 Telegram | Facebook
#Viloyat_Hokimi_Olimpiadasi
#1_darajali_diplom

⚡️Bugun Xorazm viloyatidagi maktab o'quvchilari o'rtasida Yangibozor tumani 33-son umumta'lim maktabida o'tkazilgan
"Viloyat Hokimi olimpiadasi" da Hazorasp tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 6-"A" sinf o'quvchisi

🔹 Davronbekov Elkinur Mashhurbek o'g'li matematika fani bo'yicha I-darajali diplom va 5 000 000 so'm pul mukofotini qo'lga kiritdi.

⚜️Elkinurbekning ustozi - fidoiy pedagog Ataxonov Sanjar Satimboy o'g'li.

🌐
Telegram | Facebook
#Viloyat_Hokimi_Olimpiadasi
#2_darajali_diplom

📍 Bugun Xorazm viloyatidagi maktab o'quvchilari o'rtasida Yangibozor tumani 33-son umumta'lim maktabida o'tkazilgan "Viloyat Hokimi olimpiadasi"da Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 6-sinf o'quvchisi

🔹 Shavkatov Amirbek Ilhom o‘g‘li faol ishtirok etib faxrli 2-o'rinni egalladi va 4 000 000 so'm pul mablag'i bilan taqdirlandi.

🔅Amirbekning ustozlari: Oliy toifali matematika fani o‘qituvchisi
Nazarov Jamshid Bahromovich va fidoyi pedagog Bobojonova Durposhsha Rustam qizi

👏 Amirbekni ushbu yutug'i bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz.

🌐 Telegram | Facebook
#Viloyat_Hokimi_Olimpiadasi
#3_darajali_diplom

📌24-mart kuni Yangibozor tumanida bo'lib o'tgan "Viloyat hokimi olimpiadasi"da Urganch shahar 1-ixtisoslashtirilgan makltab-internatining 5 -sinf o'quvchisi

🔹Atajanov Iskandar matematika fanidan faxrli🥉3-o'rinni qo'lga kiritdi va 3 000 000 so'm pul yutug'i bilan taqdirlandi.

🔅 Iskandarga maktab-internatning tajribali va jonkuyar ustozi Sharipov Kamoliddin matematikadan saboq berib kelmoqda.

👏 Iskandarni, uning ota-onasi va ustozlarini ushbu g'alaba bilan muborakbod qilib, o'quvchimizning kelgusi o'qishlarida ulkan zafarlar tilab qolamiz.

🌐 Telegram | Facebook
Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tomonidan bugun, 24-mart kuni Xalqaro iqtisod olimpiadasining birinchi saralash bosqichi o'tkazildi.

Olimpiadada 60 nafarga yaqin o'quvchilar ishtirok etishdi.

Barcha jarayonlar kuzatuv kameralari ostida ijtimoiy tarmoqlar hamda boshqarmaning veb saytida ota-onalar va kuzatuvchilar uchun yoritib borildi. Shuningdek, olimpiada jarayonlari uchun https://t.iss.one/xalqaroiqt2023 telegram kanali tashkil qilinib, barcha natijalar ushbu kanalda berib borildi.

Yakuniy natijalarga ko'ra
1-o'rinni Urganch shahar 21-sonli umumta'lim maktabi 9-sinf o'quvchisi Ollayor Sotimov,
2-o'rinni Tuproqqal'a tumani ixtisoslashtirilgan maktabi 9-sinf o'quvchisi Ruxsoraxon
Ollaberganova,
3-o'rinni Xonqa tumani 35-sonli umumta'lim maktabi 9-sinf o'quvchisi Zulayho Sotimboyeva egallab, keyingi bosqichga yo'llanmani qo'lga kiritishdi.

👉@Xorazm_XTB
DIQQAT E'LON!

Ertaga Al-Xorazmiy olimpiadasining viloyat bosqichi o'tkaziladi.

Viloyat bosqichiga olimpiadaning tuman (shahar) bosqichida g'olib bo'lgan 3 nafargacha o'quvchilar ishtirok etishishlari belgilangan. (1-2-3-o'rinni olganlar)
Fizika va Kimyo fanlaridan kalkulyator olib kirishlariga ruxsat beriladi. Olimpiadaning viloyat bosqichiga keladigan o'quvchilar ertaga soat 8-30 da Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga mas'ullar bilan yetib kelishlari so'raladi. (Mo'ljal: Urganch Gipermarket yon tomoni)

Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Viloyat hokimi olimpiadasining 3-turi o‘tkazildi!

Olimpiadaning 3-turi Yangibozor tumanida matematika (5-6 sinf va 7-8 sinf) va biologiya fanlaridan (7-8 sinf) o‘tkazildi. Jami 300 ga yaqin o‘quvchilar bilimlar jangida kurash olib borishdi.

G‘olib o‘quvchilar mos ravishda 5, 4, 3 million so‘m pul mablag‘lari bilan taqdirlanadi.

Umumiy natijalar bilan ushbu havola orqali tanishingiz mumkin.

Olimpiada 2023-yil davomida viloyatning barcha tuman va shahar hokimliklari homiyligida har oyda muntazam ravishda viloyat miqiyosida o‘tkaziladi.

Yil yakunida esa "Viloyat hokimi kubogi" o‘tkaziladi.

Olimpiadaning keyingi turi 8-aprel kuni Xonqa tumanida matematika va fizika fanlaridan o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

⚡️PREZIDENT MAKTABI O'QUVCHISI 3 332 000 AQSH DOLLARI MIQDORIDAGI GRANT SOHIBI

🎤 Xiva shahridagi Prezident maktabi bitiruvchisi RASULBEK ODAMBOYEV "Xorazm-24" dasturida

@XorazmTELEKANAL 24.03.2023


🌐 Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

🎥 Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati faoliyati haqida Xorazm telekanali orqali "YOSHLAR VAQTI" ko‘rsatuvi namoyish qilindi.

🖥 Marhamat, tomosha qiling (50 daqiqa).

@XorazmTELEKANAL 23.03.2023

🌐 Telegram | Facebook
Forwarded from Hilola Umarova
Bugun Sirdaryo viloyatining 300 dan ortiq maktab direktorlari bilan uchrashib, zamonaviy maktab rahbari oldidagi vazifalar haqida gaplashdik.

Direktorlar meni eng koʼp oʼylantiradigan, taʼlimdagi ogʼriqli nuqtalardan biri. Koʼp yillar maktabda direktor boʼlganim uchun bu lavozimning mashaqqatini bilaman. Taʼlimda faqat sizlar bilan oʼzgarish qila olishimiz mumkin.

Har biringizdan birinchi navbatda halollik talab qilaman. Halol boʼlmagan insonga taʼlimda oʼrin boʼlishi mumkin emas. Halol maktab direktorining faoliyatiga hech kim toʼsqinlik qilishiga yoʼl qoʼymayman. Direktor halol boʼlsa, uning yonida men turaman!

Siz bilan biz oʼqituvchilarning jamiyatdagi obroʼ va nufuzini yuksaltirishimiz kerak. Bugun nima uchun istagan ota-ona maktabga kelib, oʼqituvchiga gapirishga haddi sigʼyapti? Oʼz hurmatini, qadr-qimmatini bilgan oʼqituvchiga hech kim ortiqcha gapirishga haddi sigʼmaydi. Oʼqituvchilarning nufuzini koʼtarish esa siz-u bizning vazifamiz. Maktabga zamonaviy direktor rahbarlik qilsa, buni ota-ona ham sezadi. Shu bois lavozimingizni suiisteʼmol qilmagan holda maktabingizda taʼlim sifatini koʼtarishga oʼzingiz harakat qiling.

Viloyatda 325 ta maktab bor. Bu degani, shuncha rahbar va bir-biridan farq qiluvchi shuncha muhit degani. Shunday maktablar borki, infratuzilmasi yaxshi emas, lekin u yerdagi muhitni birorta zamonaviy maktabdan topa olmaysiz.

Yangilikni oʼzimizdan boshlashimiz kerak. Biz esa vazirlik jamoasi bilan birgalikda sizlar bilan yelkama-yelka ishlaymiz.

Biz bir kemadamiz - ziyolilar kemasida. Bu tizimda muammo boʼlmasligi uchun oʼz ustimizda tinimsiz ishlashimiz lozim.

Ishimiz ham, jamoamiz ham oilamiz, har ikkisi tinch boʼlsa, koʼnglimiz xotirjam boʼladi. Shunday ekan, barchamizga doimo oiladan oilaga yorugʼ yuz bilan borish nasib qilsin.