XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.58K subscribers
19.4K photos
1.28K videos
32 files
5.93K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
Xudoyor Abdullayev
(1945-yil 14-iyun - 2020-yil 21-mart)
X. Abdullayev 1969-yil ToshDUning filologiya fakultetini tamomladi. Mehnat faoliyatini Urganch shahar XTBda uslubchi sifatida boshladi. Keyinchalik shahardagi 1-son maktabda oʻqituvchi, 8-sonli maktabda direktor oʻrinbosari, 1984-1990-yillarda 14-son maktab direktori, 1990-1998-yillarda Respublikamizda ilk bor tashkil qilingan Ogahiy litsey-maktabida direktor, 1998-2000-yillarda Xorazm viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʻi, soʻngra 93- son maktab-internati, 5-son maktab direktori sifatida ishlab xalq taʼlimi sohasi rivojiga oʻzining salmoqli hissasini qoʻshdi.
X. Abdullayev Urganch shahar kengashi deputati sifatida samarali faoliyat yuritdi, "Xalq maorifi aʼlochisi", Oʻzbekiston Respublikasining "Doʻstlik" ordeni bilan mukofotlangan.
5 nafar farzandi bor.
X. Abdullayev Abdulla Oripov sheʼriyatining shaydosi edi va shoir tavallud kunida boqiy dunyoga rihlat qilgan.
Xudoyor Abdullayevning porloq siymosi farzandlari qalbida abadiy yashaydi.
XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
Худоёр_Абдуллаев_''_Шукур''.m4a
Ushbu audiolar 2020-yil yanvar-fevral oylarida Xudoyor Abdullayevning farzandi Sarvar Abdullayev tomonidan yozib olingan.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xotira

Xudoyor Abdullayev
(1945-yil 14-iyun - 2020-yil 21-mart)

💎" Yaratganga hamdu sano "

🎙 She'rni muallif Xudoyor Abdullayevning o'gli Sarvar Abdullayev o'qidi.

******

Bizning telegram kanalimiz:
🟥:
@piima_xorazm
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xotira

Xudoyor Abdullayev
(1945-yil 14-iyun - 2020-yil 21-mart)

💎 „ Besh kunlik dunyo “

🎙 Sheʼrni muallif Xudoyor Abdullayevning farzandi Sarvar Abdullayev oʻqidi.


******

⬇️ Bizni telegram ijtimoiy tarmog'ida kuzating:
🟥:
@piima_xorazm
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xotira

Xudoyor Abdullayev
(1945-yil 14-iyun - 2020-yil 21-mart)

💎" Umr g'animat "

🎙 She'rni muallif Xudoyor Abdullayevning o'gli Sarvar Abdullayev o'qidi.

*
***


Kanalga ulanish uchun shu yerga bosing
🟥:
@piima_xorazm
Ramazon oyi 23-martdan boshlanadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorini imzoladi. Unga ko‘ra, 2023-yilgi muborak Ramazon oyining boshlanishi 23-mart kuniga to‘g‘ri kelishi haqidagi O‘zbekiston musulmonlari idorasining axboroti ma’lumot uchun qabul qilindi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolari Kengashi tomonidan Islom dini manbalari va astronomik ma’lumotlarga tayangan holda 2023-yilda Ramazon oyining birinchi kuni shu yil 23-mart, payshanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqida xulosa qilingan.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Navroʼz_ayyomi

HAR KUNING BO'LSIN NAVRO'Z!

Xiva shahridagi Prezident maktabida yangilanish faslining eng go'zal Navro'z ayyomi munosabati bilan o'tkazilgan "Sumalak sayli" haqida xabar bergan edik.

🌼 Ushbu videorolik orqali bayram tadbiridagi eng esda qolarli lavhalarni ko'rishingiz mumkin.

🌐 Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

ASSALOM, XORAZM!

🖥 "Assalom, Xorazm" ko'rsatuvining 21-mart kungi bayram sonida Xiva shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o'quvchisi

💫 Zulfiyaxonim nomidagi Davlat mukofoti sovrindori Sevinchoy Ollayorova va uning ustozi Tuproqqal'a tuman ixtisoslashtirilgan maktabi direktori Lobar Matyaqubovalar mehmon bo'lishdi.

🎞 Marhamat, tomosha qiling.

💥 Yurtimiz qizlariga shunday mukofotlar yarashadi. Vatanimiz kelajagi intiluvchan yoshlar qo'lida!

📲DASTURNING to‘liq versiyasi👇
https://www.youtube.com/c/XORAZM24

🌐 Telegram | Facebook
Oʼzbekistondagi taʼlim islohotlari PISA boshqaruv kengashining 55-Kongressida taqdim qilindi

Shu kunlarda Italiyaning Rim shahrida PISA boshqaruv Kengashining 55-kongressi boʼlib oʼtmoqda.

Dunyoning 70 dan ortiq mamlakat taʼlim sohasi rahbarlari ishtirok etayotgan tadbirda taʼlim sifatini baholashning xalqaro tadqiqotlari boʼyicha yaqin kelajakdagi rejalar muhokama qilinmoqda.

Kongressda ishtirok etgan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʼrinbosari Usmon Sharifxodjaev Oʼzbekiston uchun xalqaro taʼlim sifatini baholash tadqiqotlarida ishtirok etish ahamiyatiga toʼxtalib, yaqin yillarda taʼlimni transformatsiya qilish boʼyicha mamlakatimizning rejalari bilan oʼrtoqlashdi.
 
Maʼlumot uchun: Oʼzbekiston 2022-yilda ilk bora PISA sinovlarida ishtirok etdi. Mazkur sinov 15 yoshli oʼquvchilar bilimini hayotga qoʼllay olishini baholashga yoʼnaltirilgan bo’lib, natijalar joriy yil yakunida eʼlon qilinishi kutilmoqda.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Forwarded from Fan olimpiadalari markazi (FOM) (:))
Al-Xorazmiy olimpiadasi hamda xalqaro iqtisod olimpiadasiga saralash bosqichi.

Joriy yilning 24-mart kuni Xalqaro iqtisod olimpiadasiga saralash bosqichi, 25-mart kuni umumta’lim maktablarining 7-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida matematika, fizika, kimyo va biologiya fanlaridan Al-Xorazmiy nomidagi olimpiadaning hududiy bosqichi respublikamizning barcha hududlarida tashkil etiladi.

Hududlarda olimpiada tashkil etiladigan manzillar bilan tanishing:

📍Qoraqalpog‘iston Respublikasi - 21-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabi. Nukus shahri, Darbent MFY, 22-mikrorayon;

📍Andijon viloyati - 25-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabi. Asaka tumani, Nurafshon MFY, Guliston ko‘chasi, 2 uy;

📍Buxoro viloyati - 12-sonli IDUM. Buxoro shahar, Mustaqillik ko‘chasi 5-uy;

📍Jizzax viloyati - 10-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabi. Jizzax shahar, Jizzaxlik mahallasi, 5-uy;

📍Navoiy viloyati - 3-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabi. Navoiy shahar Xoncharbog‘ mahallasi, Orzu ko‘chasi, 3-uy;

📍Namangan viloyati - 48-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabi. Davlatobod tumani, To‘quvchi MFY, 27-A-uy;

📍Qashqadaryo viloyati 48-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi. Qarshi shahar, “Bunyodkor” MFY, Mustaqillik ko‘chasi, 1/8-50-uy;

📍Samarqand viloyati 20-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabi. Samarqand shahar, Tadbirkorlar mah., K.Begzod ko‘chasi, 2-uy;

📍Sirdaryo viloyati Barkamol avlod bolalar maktabi. Guliston shahar, Navoiy ko‘chasi, 5-uy;

📍Surxondaryo viloyati 26-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabi. Termiz shahar, Bog‘ishamol mahallasi, Farovon 2 mavze, 7-uy;

📍Toshkent viloyati 45-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabi. Quyi Chirchiq tumani, Yilqichi MFY, Gulsaroy ko‘chasi;

📍Farg‘ona viloyati 4-sonli viloyat IDUMI. Farg‘ona shahar, Ibrat MFY, B.Marg‘iloniy ko‘chasi, 117-uy;

📍Xorazm viloyati 24-sonli IDUM. Urganch shahar, Al-Beruniy ko‘chasi 2a-uy;

📍Toshkent shahar 273-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabi. Toshkent shahar, Yunusobod tumani, 15-daha;

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲👉@olimpdep
Forwarded from Fan olimpiadalari markazi (FOM) (:))
🍀Al-Xorazmiy olimpiadasi hamda xalqaro iqtisod olimpiadasiga saralash bosqichi topshiriqlarining baholanish tartibi.

Olimpiadaning hududiy bosqichi test sinovi shaklida o‘tkazilib, ishtirokchilarga 30 ta test topshiriqlari taqdim qilinadi.

Test topshiriqlarining dastlabki 10 tasi sodda darajasidagi yopiq (A, B, C, D javob variantlaridan tanlanadi) test bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob 0,9 ball bilan baholanadi, keyingi 10 tasi o‘rta qiyinlik darajasidagi yopiq (A, B, C, D javob variantlaridan tanlanadi) test bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob 1,5 ball bilan baholanadi, qolgan 10 tasi ochiq (javobi yoziladigan) test bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob 2,6 ball bilan baholanadi, jami 50 ball (10*0,9+10* 1,5+10*2,6=50).

‼️Xalqaro iqtisod olimpiadasi saralash bosqichi topshiriqlari ishtirokchilarga bitta tilda yani ingliz tilida taqdim etiladi.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲👉@olimpdep
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Эълон
#Seminar_trening

📣 RESPUBLIKADAGI BARCHA MATEMATIKA VA INGLIZ TILI O‘QITUVCHILARINING MAHORATI OSHIRILADI!

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda vazirlik tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan “O‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni loyiha ishlari orqali shakllantirish” mavzusida seminar-treninglar tashkil etilmoqda!

❗️Mazkur treninglar 3 bosqichli bo‘lib, 1-bosqich onlayn tarzda tashkil etildi va unda 28 nafar pedagog ishtirok etdi.

Seminarlarning 2-bosqichida 2800 nafar hamda 3-bosqichida 35 422 nafar o'qituvchilarning zamonaviy pedagogik tajribalarini yanada oshirish rejalashtirilgan.

Mazkur treninglardan ko‘zlangan maqsad:

🔹ilgor tajribalar bilan bolishish,
🔹zamonaviy metodikalar bilan tanishtirish,
🔹ta'lim sohasidagi yangiliklar bilan bolishish,
🔹oquvchilarda kreativ va tanqidiy fikrlash konikmalarini rivojlantirishni o‘rgatishdan iborat.

📍Mazkur treninglar Respublikamizning 14 ta hududidagi Prezident maktablarida bo‘lib o‘tadi.

👇Bizni kuzatishda davom eting:
Telegram| Instagram| Facebook| Twitter