XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
2.58K subscribers
24.1K photos
1.64K videos
36 files
7.26K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Sport
#Navroʼz_ayyomi

🔰 Ogahiy nomidagi ijod maktabida Navro‘z ayyomi arafasida haqiqiy taassurotlarga boy tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

⚡️
Xorazm viloyati Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash boshqarmasi bilan hamkorlikda maktabning yigitlari o‘rtasida musobaqa o‘tkazildi. O‘quvchilar musobaqa davomida kamondan o‘q otish bo‘yicha ko‘nikmaga ega bo'lishdi.

🏹 Ushbu musobaqani yoshlar o‘rtasida harbiy vatanparvarlik va sport ishlari guruhi bosh inspektori, leytenant Bobojonov Dilshod boshqarib bordi.

🔻 Musobaqa yakuniga ko‘ra :
🥇- o‘rin 11-sinf "Lochinlar" jamoasi
🥈- o‘rin 8-sinf "Merganlar" jamoasi
🥉- o‘rin 7-sinf "Liderlar" jamoasi qo‘lga kiritdi.

🔸 Shuningdek, o'quvchilar o'rtasida "Milliy o‘yinlar" ham tashkil qilindi.

🔻"Navro‘z mushoirasi", "Oq terakmi, ko‘k terak", "Arqon tortish" va shu kabi bir qator milliyligimizni aks ettirgan o‘yinlar o‘tkazildi.

🎯 Bulardan ko‘zlangan maqsad, yosh avlodimizga milliy qadriyatlarimizni singdirish, keng targ‘ib etishdan iborat
.

🌐 Telegram | Facebook
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#befarqemasman

Huquqshunos va bloger Xushnud Xudoyberdiyev o’z tajribasidan kelib chiqib, oliy ta’lim muassasalariga o’qishga qabul qilish jarayonlaridagi o’zgarishlar haqida so’zlab berdi.

“Loqaydlik dunyodagi eng kuchli zilzila va bo’rondan ham yomonroq, befarq bo’lmang” deydi u.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Forwarded from Fan olimpiadalari markazi (FOM) (:))
📢 Onlayn olimpiadalar davom etmoqda.

🔶 Bugun 9-sinf o‘quvchilari 📗Matematika, 📘Fizika, 📔Kimyo, 📕Biologiya va 📙Ingliz tili fanlaridan onlayn olimpiadalarda ishtirok etishlari mumkin.

🔶 Onlayn olimpiadalarda ishtirok eting va o‘z bilimingizni sinovdan o‘tkazing.

🔶 Joriy yilning 14-19-mart kunlari 📗Matematika, 📘Fizika, 📔Kimyo, 📕Biologiya va 📙Ingliz tili fanlaridan onlayn olimpiadalar tashkil etiladi.

💠 Onlayn olimpiadalarda kun davomida soat 10:00 dan 19:00 ga qadar ishtirok etishingiz mumkinligini ma'lum qilamiz.

Ushbu onlayn olimpiadada reyting shakllantirilmaydi.

‼️Onlayn olimpiadalarda ishtirok etish mutlaqo bepul.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲👉@olimpdep
➡️Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan “60 daqiqa kitobxonlik” loyihasi orqali ijodkorlar va san’atkorlar bilan bevosita suhbatlar davom etmoqda.

📃Bugungi onlayn she'rxonlik kechamiz mehmoni Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, ko‘plab qo‘shiqlar muallifi, shoir Mirzo Karim bo‘ladilar.

🔎Bugun, soat 14:00 da boshlanadigan onlayn she'rxonlik kechamizga barcha ijodkorlarni va she'riyat ixlosmandlarini taklif etamiz.

🖥️Ushbu onlayn she'riyat kechasiga ulanish uchun quyidagi Zoom havolasiga o‘ting.

Подключиться к конференции Zoom
https://us06web.zoom.us/j/83669913824?pwd=b2Vybm53ZHA5RXlIY1ZFUzYyZ0c1Zz09

Идентификатор конференции: 836 6991 3824
Код доступа: 969015

Respublika bolalar kutubxonasi Axborot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#Xorijiy_hamkorlik
#BAA

ALEF RAQAMLI TA’LIM PLATFORMASI, BIG DATA, SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARI HAMDA YANGICHA BAHOLASH…

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova boshchiligidagi vazirlik delegatsiyasi Birlashgan Arab Amirliklarining Alef Education tashkiloti bosh ofisida bo‘lishdi.

Delagatsiya tashkilot Bosh direktori Jefri Alonso va kompaniya vakillari tomonidan kutib olindi.

❗️Uchrashuv avvalida Alef Education rahbariyati vazirlik delegatsiyasi uchun Alef raqamli ta’lim platformasining imkoniyatlari to‘g‘risida taqdimot qilishdi.

O‘zaro uchrashuvlar davomida:

▶️ Alef ta’lim platformasini O‘zbekistonda mahalliy sharoitga moslashtirilgan holda joriy etish,
▶️ katta hajmdagi ma’lumotlar (Big Data) va sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda ta’lim boshqaruvida eng optimal qaror qabul qilish bo‘yicha Respublikamiz hududida tajriba-sinov loyihasini ishga tushirish,
▶️ formativ va summativ baholash mexanizmini yo‘lga qo‘yish kabi yo‘nalishlarda yaqindan hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.
___
Alif raqamli ta’lim platformasi nima?

Mazkur platforma:

🔹 o‘quvchilar bilimini baholash,
🔹 pedagoglar faoliyatini o‘quvchilar bilimiga asoslangan holda katta hajmdagi ma’lumotlar (Big Data) va sun’iy intellekt yordamida baholab borish,
🔹o‘quvchilarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini tizimdagi ma’lumotlar tahlili asosida prognozlash,
🔹 arab tilini chet tili sifatida o‘qitish hamda STEAM yo‘nalishidagi ta’limni onlayn platforma yordamida yo‘lga qo‘yish kabi imkoniyatlarga ega platforma
hisoblanadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Navroʼz_ayyomi
#Sumalak

XUSH KELDING, NAVRO'Z!

💐
Yangibozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabida Navro'z sayli boshlandi.

🌺
Nuroniy onaxonlarimiz sumalak pishirishni boshlab yuborishdi. Maktab direktori boshchiligida barcha xodimlar sayilda qatnashmoqda.

🍀 11-sinf bitiruvchilari niyat qilib, sumalak aralashtirishga tushishdi.

🌿 Navro'z bayrami barchaga muborak bo'lsin.

🌐
Telegram | Facebook
4