XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.82K subscribers
22.4K photos
1.54K videos
32 files
6.71K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Uchrashuv

🚨 Hazorasp tuman ixtisoslashtirilgan maktabida tuman xalq ta’limi bo'limi bilan hamkorlikda 11-sinf bitkazuvchilari bilan targ'ibot tadbiri o'tkazildi.

⚜️Tadbirda Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti amaliy matematika va informatika kafedra mudiri Yusupov Janbul va IT bosh mutaxassisi Eshniyazov Jo'rabeklar ishtirokida targ‘ibot-tashviqot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilaridan tashqari Hazorasp tumanidagi umumta'lim maktablarining bitiruvchi sinflaridan ham o‘quvchilar ishtirok etishdi. 

🌐 Telegram | Facebook
#Uchrashuv

📆 Mart oyining 15-sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida Farg'ona viloyatidan tashrif buyurgan va vohamizning bir guruh jurnalistlari ishtirokida ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🔸 Uchrashuvni "Xiva tongi" gazetasi bosh muharriri Sherjon Masharipov boshqarib bordi.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Abdulla Sobirov jurnalistik saboqlari, o‘z hayot yo‘llari haqida o‘rtoqlashdi. Hozirgi kunda nodir asarlar yaratadigan ijodkorlar kamligi kelajakda yaxshi nosirlar, shoirlar manashu o‘quvchilar orasidan chiqishiga tilak bildirdi.

🔻Uchrashuv davomida Farg'onalik mehmon jurnalist, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Hamid Burhonov so‘zga chiqib ijod bu buyuk ne'mat ekanligini unga sodiq hamroh bo‘lish kerakligi haqida so‘z yuritdi.

✔️ Ijodkor o‘quvchilar o‘z ijodlaridan o‘qib berdilar.

🌐 Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Loyiha_ishi

🏢 Tuproqqal'a tuman ixtisoslashtirilgan maktab ning 5 Green sinf o'quvchisi

🔌 Qurbonov Mirzohid loyiha ishida telefonga zaryad beruvchi qurilma yasadi
.

🎯 Maqsad sari olg‘a!!!

🌐 Telegram | Facebook
#Seminar_trening

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan matematika fani o‘qituvchilari uchun seminar-treninglarning birinchi bosqichiga start berildi.

❗️ Trening onlayn shaklda tashkil etilib, unda o’quv seminarining keyingi bosqichlarini joylarda sifatli tashkil etish masalalari muhokama etildi.

Treningda Qoraqalpog‘iston, Toshkent shahar va viloyatlar Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari boshliqlari o‘rinbosarlari, Prezident maktablari direktorlari va Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi hududiy trenerlar ishtirok etishdi.

🔹Mazkur treninglar 3 bosqichli kaskad usulida tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Jarayonning keyingi bosqichlarida tuman (shahar) umumta’lim maktablaridagi mahalliy trenerlar uchun Prezident maktablarida va yil yakuniga qadar tuman markazidagi umumta’lim maktablarida tashkil etish ko'zda tutilgan.

Yig'ilishda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga vazirlik mas’ullaridan javob olishdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Bu_fakt

📘 Konstitutsiyalar haqida qiziqarli faktlar

✔️ 1. Ko‘pchilik dunyodagi ilk Konstitutsiya AQShda ishlab chiqilgan deb hisoblaydi, biroq bunday emas. Eng qadimgi Konstitutsiya Polshaga tegishli. U 1792 yilda qabul qilingan.

✔️2. Yevropa Ittifoqi Konstitutsiyasi ustida Yevropaning eng yetuk mutaxassislari ishlashgan. U 2004 yilning iyunida YeIning maxsus sammitida ma'qullangan. Hujjat darhol 20 ta tilga o‘girildi va dunyodagi eng keng va ko‘p tomonlama hujjatga aylandi. Biroq, ushbu hujjat umumyevropa fikrining paydo bo‘lishiga hissa qo‘sha olmadi. Yevropa mamlakatlari umummilliy referendumida yetarli ovoz to‘plolmadi.

✔️3. Ekvador tabiat huquqini Konstitutsiya bilan mustahkamlagan dunyodagi ilk mamlakatga aylangan.

🌐 Telegram | Facebook
#Navroʼz_ayyomi
#Sumalak

🎉 Har yili bahor fasli kelishi bilan yurtimizda Navro‘zi ayyom taomi hisoblanuvchi sumalak tayyorlanadi. Bu taom xalqimiz urf-odati, hayoti va an’anasiga aylangan tarixiy taomlardan sanaladi.

🍃 Erta tongdan Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Navroʼz bayramining anʼanaviy taomi boʼlmish “Sumalak” sayli boshlandi.

⚡️ Barchangizni "Sumalak sayli"ga taklif qilamiz

🌐
Telegram | Facebook
#Ertalabki_saflanish

🔰Bugun Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab -internatida Navro'z- umumxalq bayrami oldidan 3-chorak yakuni bo'yicha ertalabki saflanish o‘tkazildi. Dastlab, pedagog-xodimlar hamda o‘quvchilar Davlat madhiyasini faxr va iftixor bilan kuylashdi.

📌
Saflanish davomida maktab direktori pedagog-o‘qituvchilar va o'quvchilarni Navro'z bayrami bilan tabriklab, oilalariga sog'lik- salomatlik tiladi. O‘quvchilarga IV chorak davomida yanada chuqurroq bilimlarga ega bo‘lishlarida muvaffaqiyatlar tiladi.

📚 Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari o'quvchilarga ta'til payti bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish borasida gapirib, ta'til payti maktabda ijodiy to'garaklar bo'lishi haqida tushuntirdi.

📌O‘quvchilarimizga yangi chorakda omad va zafarlar tilab qolamiz!


🌐 Telegram | Facebook