XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.55K subscribers
20.1K photos
1.35K videos
32 files
6.14K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🌷 Lolalar Gollandiyaning eng muhim eksport mahsuloti bo‘lishidan tashqari, butun mamlakatning milliy ramzi ham hisoblanadi.

🌷 Gollandiya va lola - bir-biridan ayro bo'lmagan bu ikki nom dunyo miqyosida barchaga ma'lum va mashhur.

🌏 Mamlakatning g'arbiy qismida keng maydonli lola dalalari bo'lib, mana bir necha yillardan buyon ushbu joylar dunyo ahlini lol qoldirib kelmoqda. Bu dalalardagi lolalar shu qadar quyuq va tekis ekilganki, uzoq masofadan yoki yuqoridan kuzatilsa, ulkan gilam ko'rinishini eslatadi. Aprel va may oylarida Niderlandiya gullagan bog' kabi tus oladi.

🌱Bu ko'rinish avgust oyida ham kuzatiladi, biroq unda lolalar emas gladiolus gullari ochilgan bo'ladi.

🌐 Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

⚡️Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 8-mart—Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan "Ayolga ta'zim" nomli bayramona tadbir to‘g‘risida Xorazm telekanalining "Xorazm-24" dasturida lavha namoyish qilindi

🌐 Telegram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#birgayashilzaminyaratamiz
#yashilzamin

"Zamin" xalqaro jamoat fondi tomonidan "Yashil zamin" loyihasi doirasida amalga oshirilgan bahorgi ko‘kalamzorlashtirish jarayonlari

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
#Xorijiy_hamkorlik
#BAA

IKKI VAZIR UCHRASHUVI: BAA BILAN PEDAGOGLAR MALAKASINI OSHIRISH VA O’QUVCHILARNI KASBGA YO‘NALTIRISH SOHALARIDA HAMKORLIK QILINADI

Ayni damda Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida tashrif bilan bo’lib turgan Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova BAA Ta’lim vaziri, Doktor Ahmad Belhul Al Falasi bilan uchrashdi.

Uchrashuv avvalida O‘zbekiston va BAA ta'lim sohalarida amalga oshirilayotgan ijobiy o‘zgarishlar va islohotlar haqida so‘z bordi.

❗️Uchrashuv doirasida tomonlar:

▶️ BAA va O‘zbekiston ta’lim tizimlarini o‘rganish va hamkorlikda qo’shma loyihalar tashkil etish,
▶️ O‘zbekistonda xorijiy til sifatida arab tili o‘qitiladigan maktablar uchun o‘quv-metodik majmualarni takomillashtirish bo‘yicha hamkorlik o‘rnatish,
▶️ pedagoglarning malakasini oshirish, ular faoliyatini litsenziyalash bo‘yicha tajriba almashish hamda
▶️ maktab o‘quvchilarini kasbga yo'naltirish kabi
masalalar muhokama qilindi.

✔️ Uchrashuv so‘ngida tomonlar barcha yo‘nalishlarda yaqindan hamkorlik o‘rnatish borasida kelishib olishdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Musobaqa

☀️2023-yil 15-mart kuni Tuproqqal'a tuman 20-son maktabida tuman maktablari "Vatan tayanchi" otryadlari o‘rtasida

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri kubogi uchun "Vatanparvarlar" harbiy-sport musobaqasining tuman bosqichi o‘tkazildi.

Musobaqada:

🥇Tuproqqal'a tuman Ixtisoslashtirilgan maktabining "Xorazmiylar" jamoasi g‘oliblikka erishdi (otryad rahbari rezervdagi podpolkovnik X. Eshchonov).

🥈7-son maktab 2-o‘rinni,

🥉 20-son maktab 3-o‘rinni egalladi.

🌐 Telegram | Facebook
#Choraklik_summativ_baholash

✴️ Bugun Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida ChSB (choraklik summativ baholash) jarayonlari bo'lib o'tmoqda.

🚨 Bu jarayonda o‘quvchilarning III chorak davomida olgan bilimlari nazoratdan o'tkaziladi.

📸 Fotosuratlarda:
Urganch shahar 1-sonli IMI
Bog‘ot tumani IM
Xonqa tumani IM
Hazorasp tumani IM
Shovot tumani IMI

⚡️O‘quvchilarimizga omad tilaymiz.

🌐 Telegram | Facebook