XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.59K subscribers
19.4K photos
1.27K videos
32 files
5.92K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Ertalabki_saflanish

🏢 Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabida an'anaga ko'ra ertalabki saflanish bo'lib o'tdi.

⚜️ Saflanishda o'quvchilarning tartib-intizomi, erishgan yutuqlariga alohida to'xtab o'tildi.

🏆 Viloyat, respublika tanlovlarida g'olib bo'lgan o'quvchilar faxriy yorliq va tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.

🌐 Telegram | Facebook
#Onlayn_olimpiada
#1_kun

⚜️ Bugun Agentlik tizimidagi maktab va maktab-internatlarda start olgan STEM fanlari bo'yicha onlayn olimpiadada o‘quvchilar www.portal.piima.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tgan holda ishtirok etmoqdalar.

📸 Fotosuratlarda Xorazm viloyatidagi
Xiva shahar 2-son IM,
Yangiariq tumani IM,
Qo'shko'pir tumani IM,
Xonqa tumani IM va
Hazorasp tumani IM laridagi jarayonlar aks etgan.

📍Olimpiada jarayonida ishtirokchilarga har bir fandan 30 ta test topshiriqlari taqdim qilindi va ularni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt ajratildi.

♦️Olimpiada ishtirokchilariga omadlar tilaymiz!

🌐 Telegram | Facebook
#Xotin_qizlarni_eʼzozlash_haftaligi
#Davra_suhbati

🏫 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabida "Xotin-qizlarni e'zozlash haftaligi" doirasida davra suhbati o'tkazildi.

⚜️ Maktabga uzoq yillar ta'lim sohasida xizmat qilgan tajribali pedagog, "Shuhrat" medali sovrindori Gulchehra Nurillayeva tashrif buyurdi. Ustoz o'zining bosib o'tgan yo'li, mehnatlari evaziga erishgan yutuqlari, bugungi kundagi yaratilgan imkoniyatlar, ulardan unumli foydalanish haqida mazmunli nutq so'zladilar.

Suhbat jarayoni jonli va fikr-mulohazalarga boy bo'ldi.

🌐 Telegram | Facebook
#Dars_jarayoni

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Xonqa tumani ixtisoslashtirilgan maktabi fizika fani o'qituvchisi

♻️ O'g'iljon Saidova 7-a sinfda "Mexanizmlarning foydali ish koeffisienti" mavzusida ochiq dars o'tdi.

🟢 Ochiq dars axborot texnologiyalaridan hamda ko'rgazmali vositalardan foydalanilgan holda o'tilganligi sababli o'quvchilarda katta tassurot qoldirdi.

🌐 Telegram | Facebook
#Xotin_qizlarni_eʼzozlash_haftaligi
#Uchrashuv

⚡️Bugun Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "Xotin-qizlarni e'zozlash haftaligi" doirasida nuroniy onaxonlar ishtirokida uchrashuv o'tkazildi.

🌺 Uchrashuvda maktabning 8-11-sinf o'quvchi qizlari qatnashdi.

💫 Uchrashuv davomida onaxonlar o'zlarini hayot yo'llari haqida gapirib, qizlarga qimmatli maslahatlarini berishdi.

🌐
Telegram | Facebook