XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
2.59K subscribers
24.1K photos
1.64K videos
36 files
7.26K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Xalqaro_xotin_qizlar_kuni_muborak
#Xotin_qizlarni_eʼzozlash_haftaligi

SHARQNING GULI - O'ZBEK AYOLI

Sizga go'zal ko'rinar olam,
Har biringiz dono, ziyoli.
Sizlar borki, shukuxga to'lar,
Bu dunyoning ko'rkam jamoli.

🌸 Xiva shahridagi Prezident maktabida 8-mart bayram munosabati bilan ko'ngilochar tadbir bo'lib o'tdi.

Tadbir qiziqarli va bayramona shartlar, o'quvchi qizlarimiz tomonidan ijro etilgan go'zal raqslar va kuylarga boy tarzda bo'lib o'tdi.

🌐 Telegram | Facebook
👍1
#Xotin_qizlarni_eʼzozlash_haftaligi

🌹Bugun Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o'quvchilar ertalab ayol ustozlarni, qizlarni va maktab xodimlarini bayramona kutib oldilar.

🔰 Shuningdek, ixtisoslashtirilgan maktabda "Ayolga ta'zim" nomli bayramona tadbir ham bo‘lib o‘tdi.

🔸Bayram tadbirida maktab direktori Sher Qo'chqorov barcha ayollarni bahoriy bayram bilan samimiy muborakbod etdi.

🌷 8-v sinf o'quvchilar tomonidan tayyorlangan she’r va raqslar, badiiy-musiqiy chiqishlar taqdim qilindi.

🌸 Ayol - nozik qalb egasi, go'zallik shaydosi, borliqning mo''jizakor hilqati, munavvar olamning chiroy ko'zgusi, barcha xotin-qizlarni 8-mart Xalqaro Xotin-qizlar ayyomi bilan muborakbod etamiz, doimo yuzingizdan kulgu, lablaringizdan tabassum, qalbingizdan bahorning chiroyi tark etmasin.

🌺 Bayramingiz muborak bo'lsin, aziz ayollar!!!

🌐 Telegram | Facebook
👏2
#Xotin_qizlarni_eʼzozlash_haftaligi

🌹 Yangibozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabida "Xotin-qizlarni e'zozlash haftaligi" doirasida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi.

🌺
Ayol - azaldan mehr-shafqat va sadoqat timsoli bo‘lib kelgan. Ayol deganda ko‘z o‘ngimizda avvalo, ulug‘ va tabarruk ona siymosi gavdalanadi. Inson zoti borki, olamdagi barcha yaxshilik va ezguliklarni, hayot sir-u asrorlari va saboqlarini onaning mehr-u saxovati tufayli o‘rganadi.

🇺🇿 O‘zbekiston xalq shoiri A.Oripov aytganidek:
Bu yorug‘ olamda Vatan bittadir,
Bittadir dunyoda Ona degan nom

🌐
Telegram | Facebook
1
#Xotin_qizlarni_eʼzozlash_haftaligi

🔆 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Xonqa tuman ixtisoslashtirilgan maktabida bugun ertalabdan o'quvchilar ayol ustozlar va o'quvchi qizlarni musiqa sadolari ostida gullar bilan kutib oldilar, darslar ko'tarinki kayfiyatda boshlandi.

🌹🌷🌹 Muhtarama ayol ustozlar va aziz o'quvchi qizlar, barchangizni 8- mart xalqaro xotin qizlar bayrami bilan chin qalbdan samimiy tabriklaymiz, kelgusida oilaviy va ta'lim sohasidagi ishlaringizda muvaffaqiyatlar tilab, doimo xush kayfiyatda yuringlar.

🌐 Telegram | Facebook
👍2
#Xotin_qizlarni_eʼzozlash_haftaligi

🌷 Ezgulik, nafosat, yasharish, yangilanish faslining ilk bayrami 8-mart – "Xalqaro xotin-qizlar kuni"dir.

🌺 Bugun Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi
Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida ertalabdan bayram shukuhi boshlandi.

🌷
Maktab direktori G‘.Axmedov boshchiligida erkak ustozlar va o‘quvchilar ustozlarimizga ko‘tarinki ruh bag'ishlab, musiqa sadolari ostida kutib olishdi.

🌼 O‘quvchilar tomonidan she'rlar, qo‘shiqlar aytildi.

🌐 Telegram | Facebook
👍4