XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.9K subscribers
23.2K photos
1.58K videos
32 files
6.9K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Biz_bir_jamoamiz

TAJRIBA ALMASHISH - TARAQQIYOT GAROVI

Ish samaradorligini oshirishda o'zaro tajriba almashish muhim ahamiyat kasb etadi.

Bugun Yangibozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabiga Agentlikning Xorazm viloyati hududiy bo'limi boshlig'i Sarvar Abdullayev boshchilgida viloyatdagi barcha ixtisoslashtirilgan maktablar direktorlari, ma'naviy-ma'rifiy ishlari bo'yicha direktor o'rinbosarlari hamda maktab maslahatchilari tashrif buyurdilar.

💥 Mehmonlar maktab faoliyati, sinf xonalarining bezatilishi hamda obodonlashtirish ishlari bilan tanishdilar. Maktabda xorijiy tillar va kasbga o‘rgatish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan fikr almashdilar.

📌 Fikr-mulohazalar, tajriba almashish ish unumdorligini oshirishga yordam beradi.

🌐 Telegram | Facebook
#Omon_Matjon_80_yilligi
#Jarayon

🔰 Fevral oyining 13-sanasida Toshkent Tibbiyot akademiyasi Urganch filialida Xorazm viloyati hokimligi hamda Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat bo‘limi tomonidan O‘zbekiston xalq shoiri Omon Matjon tavalludining 80 yilligiga bag'ishlangan “Nazm va navo” madaniy-maʼrifiy kechasi bo‘lib o‘tdi.

🔻 Ushbu tadbirda Ogahiy nomidagi ijod maktabining pedagog-ustozlari va o‘quvchilari ishtirok qilishdi. Maktabning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, ogahiyshunos olima Madina Matyoqubova shoir hayoti yo‘li haqida so‘z yuritdi.

🔹 Maktabning 10-"A" sinf o‘quvchisi Bunyodova Parizoda, 10-"B" sinf o‘quvchisi Otaboyeva Asal, 9-"A" sinf o‘quvchisi Baxtiyorova Jasmina va Ro‘zimatova Zarnigorlar shoir ijodidan namunalar o‘qib berdi.

🔸Tadbirda Omon Matjonning farzandi Diyorbek Matchonov so‘zga chiqib otasi haqida o‘z xotiralari bilan o‘rtoqlashdi.


🌐 Telegram | Facebook
#Bu_fakt
#Bobur_540_yilligi

BOBURIYLAR SULOLASI

⚡️ Zahiriddin Muhammad Bobur (1526-1530)

⚡️ Humoyun Mirzo (1530-39; 1555-56)

⚡️ Akbarshoh (1556-1605)

⚡️ Jahongir Mirzo (1605-1627)

⚡️ Shoh Jahon (1627-1658)

⚡️ Avrangzeb (1658-1707)

🌐 Telegram | Facebook
#Bobur_540_yilligi

Ahbob, yig'ilmoqni farog'at tutungiz,
Jamiyatingiz borini davlat tutungiz.
Chun gardishi charx bu durur, Tengri uchun,
Bir - birini necha kuni g'animat tutungiz.


ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR

Bugun - shoh va shoir, olim, geograf, tarixchi bobomiz Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun!

🌐 Telegram | Facebook
Forwarded from Hilola Umarova
#Zahiriddin_Muhammad_Bobur_tavalludining_540_yilligi

Bugun shoh va shoir, yirik davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun.
___________
Zahiriddin Muhammad Bobur haqida

“Bobur dilbar shaxs edi. Uyg‘onish davrining ajoyib sultoni, kuchli, tadbirkor kishi bo‘lib, san’atni, adabiyotni, go‘zallikni sevardi”.
Javoharlal Neru, “Hindistonning kashf etilishi” kitobidan.

“Bobur fe’li-sajiyasiga ko‘ra Sezarga qaraganda sevishga arzigulikdir. Uning manglayiga yuksak fazilatli inson deb bitib qo‘yilgan”.
Eduard Xolden, ingliz tarixchisi.

“Saxovati va mardligi, iste’dodi, ilm-fan, san’atga muhabbati va ular bilan muvaffaqiyatli shug‘ullanishi jihatidan Osiyodagi podshohlar orasida Boburga teng keladigan birorta podshoh topilmaydi”.
Uilyam Erskin,“Boburnoma” tarjimoni.

“Mirzo Boburning Hindistondagi qudrati uning bosib olgan yerlari bilan emas, u hind xalqining ko‘nglida uyg‘ota olgan hurmat-ehtirom bilan o‘lchanadi”.
Qamar Rais, hind jamoat arbobi va adabiyotshunos olimi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bobur_540_yilligi

💥 Yangibozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabining 6-,,B" sinf o'quvchisi

Azizova Bahoroyning Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag'ishlangan videoroligi.

🌐 Telegram | Facebook
#Bugunning_hikmati

💥 YONMAG‘IL AYTG'ON HADISINGDIN,
TONMAG'IL AYTG‘ON HADISINGDIN.

Zahiriddin Muhammad Bobur

🌐 Telegram | Facebook
#Bobur_tavalludining_540_yilligi

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavaludining 540 yilligiga bag'ishlab tanlovlar, ochiq darslar hamda chellenjlar tashkil etilmoqda.

▶️Namangan shahridagi Prezident maktabida o'quvchilar ishtirokida Pirimqul Qodirovning "Yulduzli tunlar" romani asosida tayyorlangan sahna ko'rinishi namoyish etildi.

▶️ Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan 10-sinflar oʻrtasida uning ijodiy faoliyati yuzasidan intellektual ring tashkil etildi.

▶️ Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7-8-9-10-sinflar o'quvchilari o'rtasida "Alisher Navoiy va Zahiriddin Bobur ijodini o'rganishning ahamiyati" mavzusida insholar va rasmlar tanlovi va intellektual musobaqa o'tkazildi.

▶️Shomanay tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabida Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan "Bobolarimiz merosi" nomli bayram tadbiri tashkil etildi.

▶️Navbahor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida ham Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri bo'lib o'tdi.

▶️ 𝐗𝐢𝐯𝐚 𝐬𝐡𝐚𝐡𝐚𝐫 𝟐-𝐬𝐨𝐧 𝐢𝐱𝐭𝐢𝐬𝐨𝐬𝐥𝐚𝐬𝐡𝐭𝐢𝐫𝐢𝐥𝐠𝐚𝐧 𝐦𝐚𝐤𝐭𝐚𝐛𝐢𝐝𝐚 "𝙄𝙠𝙠𝙞 𝙗𝙪𝙮𝙪𝙠 𝙨𝙞𝙮𝙢𝙤" nomli tadbir bo'lib o'tdi.

🔴Bayram tadbirlari davom etmoqda.

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Bugun_xotira
#Omon_Matjon_80_yilligi

OMON MATJON 1943-yil 14-fevralda Xorazm viloyati Yangibozor tumani Bog‘olon qishlog‘ida dunyoga kelgan.

Shoir adabiyot sohasidagi xizmatlari uchun Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan.
2006-yilda Omon Matjonga O‘zbekiston Xalq shoiri unvoni berilgan.

Omon Matjon 2020-yil 29-oktyabrda vafot etgan.



Dilimning rangini gul bilsa bo'ldi,
Mening kimligimni el bilsa bo'ldi.

Olis yulduzlarga sirrim aytmiram,
Nolishimni tonggi yel bilsa bo'ldi.

Ucharga har qushdan par topinmadim,
Parvozlar hadisin dil bilsa bo'ldi.

Jaholat mehrobi toshin o'pmadim,
O'shal bag'ri toshim til bilsa bo'ldi.

Damlar shikvasiga uchma, omon bo'l,
Fazl-u kamolingni el bilsa bo'ldi.


🌐 Telegram | Facebook