XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.82K subscribers
22.5K photos
1.55K videos
32 files
6.74K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#World_read_aloud_day

📌Xiva shahridagi Prezident maktabida "World read aloud day" kuni o'quvchilar hamda o'qituvchilar orasida keng nishonlandi.

"Вutunjаhоn оvоz сhiqаrib о'qish kuni bаrсhаmiz uсhun hikоyаlаr bаhаm kо'rish, til, sо'z vа tоvushlаrdan zаvqlаnish vа hаmmа ishtirоk etishi mumkin bо'lgаn inklyuziv dunyоni yаrаtish quvоnсhi аtrоfidа birlаshish vаqtidir."

🌐Bizni kuzatishda davom eting
Telegram | Instagram | Facebook | You tube
“Yangi O‘zbekiston” universitetida Karyera markazi ochilishi hamda “Qishki maktab” loyihasi ishtirokchilarini taqdirlashga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi

“Yangi O‘zbekiston” universiteti faol talabalari hamda professor-o‘qituvchilar tomonidan Respublika miqyosidagi maktab o‘quvchilari uchun tashkil etilgan “Qishki maktab” loyihasi ishtirokchilarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

☑️ Shuningdek, universitetda Karyera markazining ham ochilish marosimi o‘tkazilib, markaz ochilishida bir necha xalqaro kompaniyalarda ish tajribasiga ega mutaxassis ekspert Alisher Rustamov ishtirok etdi.

📌 Ushbu Markaz talabalarni kelajakda ishga tayyorlash va ish bilan ta’minlashda xizmat qilishi rejalashtirilgan.

🔁 English

#Qishki_maktab #Karyera_markazi

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Forwarded from Hilola Umarova
Joriy o’quv yilidan maktabning 9- va 11-sinfini tugatgan bitiruvchilarga shahodatnomalar elektron shaklda beriladi.

Bu esa ta’lim sohasidagi qog‘ozbozlik, ortiqcha xarajat va ovoragarchiliklarni oldini olishga qaratilgan navbatdagi qadam.

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tayanch o‘rta ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnoma, psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabni tamomlaganlik to‘g‘risidagi sertifikatlar elektron tarzda o‘zbek va ingliz tillarida shakllantiriladi.

Mazkur tartib o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnomaga ega bitiruvchilarning yurtimizdagi hamda xalqaro bitim imzolagan davlatlar hududidagi kollej, texnikum va oliy ta’lim tashkilotlariga kirish uchun hujjatlarni topshirish huquqini beradi. Elektron shahodatnomani olishda va OTMga topshirishda ortiqcha ovoragarchiliklarning yo'qligi esa o'z navbatida bitiruvchilar va ularning ota-onalariga ham qulaylik yaratadi.

Elektron shahodatnomalar bitiruvchilarga har yili 20-iyunga qadar beriladi. Buning uchun bitiruvchilar shahodatnomani elektron platformadan shaxsini tasdiqlovchi hujjatidagi tegishli ma’lumotlarni kiritish orqali bepul yuklab olishi mumkin bo‘ladi.

Eng ahamiyatlisi, shahodatnomalar yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda, bitiruvchilarga dublikat shahodatnoma berilmaydi. Bitiruvchilar shahodatnomani elektron platformadan o‘zi istagan vaqtda bepul qayta yuklab olishi mumkin bo‘ladi.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi ta'limni raqamlashtirish borasidagi ishlarni davom ettiradi.
#Bu_fakt

🍀 Gerbariy haqida

Gerbariy
(lot. herba — oʻt, oʻsimlik) — 1) maʼlum maqsadlar (flora, sistematika, geobotanika, geografiyaga oid tadqiqotlar olib borish va b.) uchun maxsus usullar asosida yigʻib quritilgan oʻsimliklar kolleksiyasi.

🌱 Dunyoda oʻsimliklarning 300 000 dan ziyod turi saqlanadigan 500 ga yaqin yirik Gerbariylar bor. Bunday kolleksiyalarning eng kattalari Parij, Praga, London (Linney Gerbariysi), Jeneva (Dekamdol va Buasye Gerbariysi), Vashington, London, Sankt Peterburg , Moskva, Toshkent, Tomsk, Kiyev kabi shaharlarda toʻplangan.

🌿 Toshkentdagi Oʻzbekistan FA Botanika instituti va botanika bogida bir mln.dan ziyod oʻsimlik nusxalari saqlanadigan Milliy Gerbariy laboratoriyasi bor.

🍃 Umumiy Gerbariy - muayyan hudud oʻsimliklari kolleksiyasi
Maxsus Gerbariy - ovqatga ishlatiladigan, texnik, dorivor va b. oʻsimliklar kolleksiyasi

🌐 Telegram | Facebook
#Dars_jarayoni

🔰 Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida fizika fani o'qituvchisi Ruslon Artiqov 8-02 sinfda "Kulon qonuni" mavzusida ochiq dars o'tdi.

📝 Darsning mustahkamlash qismida o'quvchilar mavzuga doir masalalar yechdilar va ixtiyoriy  qurilmalar yasadilar.

🌐 Telegram | Facebook
#Alisher_Navoiy_582_yilligi

“Falak miri janobi Alisher ulug‘ligidir. Kamoloti yetukligini fahmlashga aql ojizlik qiladi. Sha’bon oyi oxirida dod-adl uchun devonga o‘lturdi, bu uning haqqi edi odil pidshoh lutfidan. Zamon sultoni davlatida muhr bosgani uchun, “Mir Alisher muhr zad” so‘zi bunga tarix bo‘ldi”.
© Burhoniddin Atoulloh

🌐 Telegram | Facebook
#Dars_jarayoni
#Ochiq_dars

🏛 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Hazorasp ixtisoslashtirilgan maktabning tarix fani o‘qituvchisi Sapayeva Dilorom tomonidan 5-"A" sinfga "Turkiston ma‘rifatparvarlari" mavzusida ochiq dars o‘tildi.

Darsda "Men kimman", "Kim chaqqonroq" va boshqa metodlardan foydalanildi. Dars bahs va munozaralarga boy bo‘ldi.

🌐
Telegram | Facebook