XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.55K subscribers
20.2K photos
1.35K videos
32 files
6.15K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Seminar_trening
#2_kun

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etilgan “Liderlar haftaligi” seminar -treninglarining 2-kunidan fotoreportaj.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Forwarded from Grantlar.uz
Canada/USA Mathcamp: 13-18 yoshli oʻquvchilar uchun AQSHda yozgi matematika oromgohi; toʻliq moliyaviy yordam mavjud!

Oromgohda ingliz tilini biladigan va matematikaga qiziqadigan 13-18 yoshli maktab, oʻquvchilari, kollej va litsey oʻquvchilari qatnashishi mumkin.

Oromgoh mashgʻulotlari 2023-yil 2-iyuldan 6-avgustgacha Burlington shahrida (AQSH) boʻlib oʻtadi.

Moliyaviy yordam

Dastur bir necha turdagi toʻliq va qisman grantlarni taklif etadi. Ularning eng katta miqdorlisi quyidagi imkoniyatlarni beradi:
– Dasturda qatnashish haqi, jumladan turar joy, oziq-ovqat, ichki transport xarajatlari qoplanadi
– Borish va kelish uchun mablagʻ ajratiladi

Arizalar 2023-yil 9-martgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/canada-usa-mathcamp-for-13-18-year-olds/

@grantlar
DIQQAT DIQQAT

Koʻrik-tanlov shartlari boʻyicha video joylang va QIMMATBAHO SOVGʻALAR sohibi boʻling!

▪️O‘quvchi-yoshlarning to‘garaklarga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish, sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, iqtidorli yoshlarni aniqlab moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan Uzbekistan Foreign Experts group tashkiloti bilan hamkorlikda “Entry ijodkorlik” respublika onlayn tanlovi tashkil etilmoqda!

📹Bunda, ishtirok etish istagida boʻlgan oʻquvchi-yoshlar koʻrik-tanlov nizomi boʻyicha YouTubega video joylashlari lozim!

📌Ko'rik-tanlov nizomi bilan batafsil quyidagi havola orqali tanishing!

🎁Ko‘rik-tanlov g‘oliblari Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi hamda Uzbekistan Foreign Experts group tashkilotining MAXSUS DIPLOM hamda QIMMATBAHO SOVG'ALARI bilan taqdirlanadilar.

YouTubega video joylash
yoʻriqnomasi
👈

Aziz o‘quvchi-yoshlar ko‘rik-tanlovda faol eshtirok eting hamda mahoratingizni namoyon qiling!
Barchangizga omad yor bo'lsin!

Bizni kuzatishda davom eting va yaqinlaringizga ulashing!

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

Web-site Telegram 📒Facebook 📸Instagram 📹YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Birinchi_prezidentim
#Islom_Karimov_85

Islom Karimov 1938-yilning 30-yanvarida Samarqand shahrida, xizmatchi oilasida tavallud topgan. U 1960-yilda Oʻrta Osiyo politexnika instituti, 1967-yilda esa Toshkent xalq xoʻjaligi institutini tamomlagan va injener-muhandis hamda iqtisodchi mutaxassisliklarini olgan.

Mehnat faoliyati
Mehnat faoliyatini 1960-yilda Toshkent qishloq xoʻjaligi mashinasozligi (“Tashselmash”) zavodida master yordamchiligidan boshladi. Soʻng mazkur korxonada master, texnolog. 1961-yildan 1966-yilgacha V. P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasida muhandis, yetakchi muhandis-konstruktor boʻlib ishladi. 1966-yilda Oʻzbekiston Davlat plan komitetiga ishga oʻtib, bosh mutaxassislikdan respublika Davlat plan komiteti raisining birinchi oʻrinbosarigacha boʻlgan yoʻlni bosib oʻtdi. 1983-yildan Oʻzbekiston SSR Moliya vaziri, 1986-yildan Oʻzbekiston SSR Ministrlar Soveti raisining oʻrinbosari — respublika Davlat plan komitetining raisi. 1986—89 yillarda Oʻzbekiston KP Qashqadaryo viloyat komitetining birinchi kotibi, 1989-yil iyunidan Oʻzbekiston KP MK birinchi kotibi. 1990-yil 24-martda Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining sessiyasida Islom Karimov Oʻzbekiston SSR Prezidenti etib saylandi.

Siyosiy faoliyati
1991-yil 31-avgustda Karimov tarixiy voqea — Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini eʼlon qildi. Islom Karimov 2016-yil 2-sentyabr kuni 78 yoshida vafot etdi.


Marhum prezidentning xotirasini abadiylashtirish maqsadida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish toʻgʻrisida”gi qarorga imzo chekdi.

Ushbu qaror asosida har yili Islom Karimov tavallud topgan sana — 30-yanvar kuni keng nishonlanadi, 2-sentyabr kuni Xotira kuni sifatida yod etiladi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

⚡️"Liderlar haftaligi” o’quv-seminari haqida My5 telekanali dasturlarida. @hududtv

🌐
Telegram | Facebook
#Vatanparvarlik_oyligi

🔰 28-yanvar kuni Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Tuproqqal'a tumani ixtisoslashtirilgan maktabida CHQBT rahbari, rezervdagi podpolkovnik X.Eshchonov tomonidan "Vatanimga tayanchman" mavzusida vatanparvarlik darsi o‘tkazildi.

🔹 Tadbirda O'zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi "Vatanparvar" tashkiloti Tuproqqal'a tumani Pitnak o‘quv sport texnika klubi murabbiysi A.Raxmonov ishtirok etdi.

🌐 Telegram | Facebook
🔰 28-yanvar kuni Qoʻshkoʻpir tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabida 5-6-sinf oʻquvchilarining ota-onalari uchun OCHIQ ESHIKLAR kuni oʼtkazildi.

💠 Tadbir davomida ota-onalarga taʼlimdagi yangiliklar tushuntirilib, ularning takliflari tinglandi.
Shundan soʼng barcha ota-onalar maktabda farzandlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

📌 Ochiq eshiklar kunini har shanba kuni oʼtkazishga kelishib olindi.

🌐 Telegram | Facebook
#Xushxabar

📍 Toshkent shahrida joylashgan "Ilg'or tadqiqotlar ilmiy markaz" ining 2023-yil 13-yanavardagi 03-sonli buyrug'iga asosan "Ilm-fan iftixori" ko'krak nishoni bilan Ogahiy nomidagi ijod maktabining rus tili fani o'qituvchisi, mahoratli pedagog Karriyeva Saxiba Odomovna taqdirlandi.

👏 Ustozni samimiy qutlab, yutuqlari bardavom bo‘lishini tilab qolamiz.

🌐 Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Islom_Karimov_85

🎞 Ixtisoslashtirilgan ta‘lim muassasalari agentligi tizimidagi Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabi kutubxonachisi Shohista Ismoilovaning Birinchi Prezidentimiz tavallud kuniga bag‘ishlab tayyorlagan videoroligi

🌐 Telegram | Facebook
⚡️ДИҚҚАТ ЭЪЛОН!

🔖Жорий йилнинг 30 январь куни соат 15:00 да Буюк Британиянинг нуфузли Уорвик университети (University of Warwick) профессори МакКонахининг TESOL – дастури бўйича таълим олишни режалаштирганлар учун “Уорвик университетида таълим олиш имкониятлари" мавзусида ZOOM платформаси орқали вебинар ташкил этилиши режалаштирилган.

🔘Уорвик университетида таълим олишни режалаштирган барча ёшлар ва мутахассисларни ушбу онлайн учрашувга таклиф этамиз.

📍Онлайн семинарга кириш:
https://us06web.zoom.us/j/86166739052?pwd=aERiUVIxWEJVNzBneGRSaUlpRW9YUT09

Код: 157970

Онлайн семинар идентификатори: 861 6673 9052

Eyuf.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Bugunning_hikmati
#Islom_Karimov_85

Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo'lishlari shart.

Islom Karimov

🌐 Telegram | Facebook