XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.58K subscribers
19.4K photos
1.28K videos
32 files
5.92K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Vatanparvarlik_oyligi
#Sport

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 10-11 sinf o'quvchilari o'rtasida Stol tennis musobaqasi o'tkazildi.

✔️Musobaqada faol qatnashgan o'quvchilar:                   
🥇O'rinni 10-B sinf o'quvchisi Ismoilov Asadbek
🥈O'rinni 10-B sinf o'quvchisi Abduraxmonov Umrbek
🥉O'rinni 10-B sinf o'quvchisi To'rayev Muxammadjon
4️⃣ O'rinni 11-A sinf o'quvchisi Shomurodov Bunyod egalladilar.   

🔹 𝐌𝐮𝐬𝐨𝐛𝐚𝐪𝐚 𝐣𝐢𝐬𝐦𝐨𝐧𝐢𝐲 𝐭𝐚𝐫𝐛𝐢𝐲𝐚 𝐟𝐚𝐧𝐢 𝐨'𝐪𝐢𝐭𝐮𝐯𝐜𝐡𝐢𝐬𝐢 𝐗.𝐇𝐚𝐣𝐢𝐲𝐞𝐯 𝐭o𝐦𝐨𝐧𝐢𝐝𝐚𝐧 𝐭𝐚𝐬𝐡𝐤𝐢𝐥 𝐪𝐢𝐥𝐢𝐧𝐝𝐢.

🌐 Telegram | Facebook
#Vatanparvarlik_oyligi

🇺🇿 El qudrati-chin qudrat,
Vatan tuprog'i-qimmat

🔹 Yangibozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabida Vatanparvarlik  ruhida yoshlarni tayyorlash bo‘yicha direktor o‘rinbosari - Harbiy chaqiriqqacha tayyorgarlik rahbari M.Yangibayev tomonidan  "Nafas olish a’zolari va terini himoya qilish vositalari" mavzusidagi amaliy mashg‘ulot bo‘lib o‘tdi.

⚡️Mashg‘ulot davomida o‘quvchilar GP-5 gazdan himoya qiluvchi niqobi va (OZK) umumqo‘shin himoya to‘plaminining tuzilishi, vazifasi va foydalanish tartibi bilan yaqindan tanishib, bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.


🌐 Telegram | Facebook
#Bitiruvchi
#OTM

Bugun Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi
Qo'shko'pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabi bitiruvchilari uchun Oliy ta'lim muassasalari to'g'risidagi yangiliklar yuzasidan maktab maslahatchisi tomonidan trening tashkil etildi.

☑️ Trening davomida o'quvchilar quyidagilar to'g'risida bilib olishdi:
🔘Oliy ta'lim muassasalari
🔘2022-2023 o'quv yili uchun qabul natijalari, o'tish ballari
🔘 Abituriyentlar uchun imtiyozlar
🔘 O'qishni ko'chirish
🔘 Xususiy va xorijiy OTMlar
🔘 Ta'lim krediti
🔘 Maktabdagi yakuniy baholarning imtihonga ta'siri

📌Ma'lumot uchun, Qo'shko'pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinfida:
🔸 aniq fanlar yo'nalishida 8 nafar,
🔸 tabiiy fanlar yo'nalishida 10 nafar
jami 18 nafar o'quvchi tahsil olmoqda.


🌐 Telegram | Facebook
#Psixologik_faoliyat

🔰 Ogahiy nomidagi ijod maktabida 10-11 sinf o‘quvchilari uchun Xorazm viloyati Milliy gvardiyasi Qo'riqlash boshqarmasi bosh psixologi katta leytenant Masharipov Sarvar bilan hamkorlikda Ogahiy nomidagi ijod maktabi amaliyotchi psixologi Atajonova Maqsuda tomonidan "Orzu va maqsadlarga erishishda qanday imkoniyatlardan foydalanish kerakligi" mavzusida trening mashg'uloti olib borildi.

🧩 Trening davomida noan'anaviy usulda mavzuga doir "Lentalar" o‘yini, "Buni sharhlang" kabi turli o‘yinlar o‘tkazildi.

🌐 Telegram | Facebook
#Seminar_trening

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan “Liderlar haftaligi” seminar-treninglariga start berildi.

Unda Agentlik tizimidagi Prezident, ijod va
ixtisoslashtirilgan maktablarning 130 nafar rahbar kadrlari ishtirok etmoqda.

Tadbirni Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova kirish so'zi bilan ochib berdi:

- Ta'limdagi o'zgarishlar ko'pchilikning mehnati, harakati natijasida amalga oshiriladi. Hozirda boshlangan islohotlarni amalga oshirishda sizning alohida o'rningiz bor, chunki Siz ta’lim sohasining liderlaridirsiz!

Bugungi seminarlar esa sizdagi liderlik ko’nikmalarini yanada rivojlantirishiga ishonaman.

Mazkur seminardan ko‘zlangan maqsad umumta'lim maktablari direktorlari uchun uzoq muddatli strategiya va ustuvor vazifalarni belgilash, jamoada sog‘lom muhit yaratish, samarali ta'lim tamoyillari hamda liderlik ko‘nikmalarini rivojlantirish hisoblanadi.
____
❗️E'tiborlisi, bu rahbar kadrlarda liderlik ko’nikmalarini shakllantirishga qaratilgan birinchi o‘quv-seminari hisoblanadi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube