XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.6K subscribers
19.3K photos
1.27K videos
32 files
5.91K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Ochiq_dars

โšก๏ธUrganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida ingliz tili fani o'qituvchisi A. Narimanova 5-03 sinf o'quvchilari bilan "Information and technology" mavzusida ochiq dars o'tkazdi.

๐Ÿ”ฐ O'quvchilar dars davomida mavzuga doir bo'lgan yangi so'zlar bilan tanishib olishdi. Shu so'zlar bilan bog'liq turli xil mashqlar bajarishdi. Jumladan, tinglab tushinish, ta'riflab tushintirish kabi mashqlar bajarildi.

โšก๏ธDarsning ikkinchi qismida o'quvchilar yangi grammatik mavzu bilan tanishdilar. "Qila olmoq" mavzusini o'tgan zamondagi shaklini o'rganib, shunga doir turli xil mashqlar va o'yinlar o'ynashdi.

๐ŸŒ Telegram | Facebook
#Vatanparvarlik_oyligi
#Sport

๐Ÿข Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 10-11 sinf o'quvchilari o'rtasida Stol tennis musobaqasi o'tkazildi.

โœ”๏ธMusobaqada faol qatnashgan o'quvchilar:                   
๐Ÿฅ‡O'rinni 10-B sinf o'quvchisi Ismoilov Asadbek
๐ŸฅˆO'rinni 10-B sinf o'quvchisi Abduraxmonov Umrbek
๐Ÿฅ‰O'rinni 10-B sinf o'quvchisi To'rayev Muxammadjon
4๏ธโƒฃ O'rinni 11-A sinf o'quvchisi Shomurodov Bunyod egalladilar.   

๐Ÿ”น ๐Œ๐ฎ๐ฌ๐จ๐›๐š๐ช๐š ๐ฃ๐ข๐ฌ๐ฆ๐จ๐ง๐ข๐ฒ ๐ญ๐š๐ซ๐›๐ข๐ฒ๐š ๐Ÿ๐š๐ง๐ข ๐จ'๐ช๐ข๐ญ๐ฎ๐ฏ๐œ๐ก๐ข๐ฌ๐ข ๐—.๐‡๐š๐ฃ๐ข๐ฒ๐ž๐ฏ ๐ญo๐ฆ๐จ๐ง๐ข๐๐š๐ง ๐ญ๐š๐ฌ๐ก๐ค๐ข๐ฅ ๐ช๐ข๐ฅ๐ข๐ง๐๐ข.

๐ŸŒ Telegram | Facebook
#Vatanparvarlik_oyligi

๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ El qudrati-chin qudrat,
Vatan tuprog'i-qimmat

๐Ÿ”น Yangibozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabida Vatanparvarlik  ruhida yoshlarni tayyorlash boโ€˜yicha direktor oโ€˜rinbosari - Harbiy chaqiriqqacha tayyorgarlik rahbari M.Yangibayev tomonidan  "Nafas olish aโ€™zolari va terini himoya qilish vositalari" mavzusidagi amaliy mashgโ€˜ulot boโ€˜lib oโ€˜tdi.

โšก๏ธMashgโ€˜ulot davomida oโ€˜quvchilar GP-5 gazdan himoya qiluvchi niqobi va (OZK) umumqoโ€˜shin himoya toโ€˜plaminining tuzilishi, vazifasi va foydalanish tartibi bilan yaqindan tanishib, bilim va koโ€˜nikmalarga ega boโ€˜lishdi.


๐ŸŒ Telegram | Facebook
#Bitiruvchi
#OTM

โœ… Bugun Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi
Qo'shko'pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabi bitiruvchilari uchun Oliy ta'lim muassasalari to'g'risidagi yangiliklar yuzasidan maktab maslahatchisi tomonidan trening tashkil etildi.

โ˜‘๏ธ Trening davomida o'quvchilar quyidagilar to'g'risida bilib olishdi:
๐Ÿ”˜Oliy ta'lim muassasalari
๐Ÿ”˜2022-2023 o'quv yili uchun qabul natijalari, o'tish ballari
๐Ÿ”˜ Abituriyentlar uchun imtiyozlar
๐Ÿ”˜ O'qishni ko'chirish
๐Ÿ”˜ Xususiy va xorijiy OTMlar
๐Ÿ”˜ Ta'lim krediti
๐Ÿ”˜ Maktabdagi yakuniy baholarning imtihonga ta'siri

๐Ÿ“ŒMa'lumot uchun, Qo'shko'pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinfida:
๐Ÿ”ธ aniq fanlar yo'nalishida 8 nafar,
๐Ÿ”ธ tabiiy fanlar yo'nalishida 10 nafar
jami 18 nafar o'quvchi tahsil olmoqda.


๐ŸŒ Telegram | Facebook
#Psixologik_faoliyat

๐Ÿ”ฐ Ogahiy nomidagi ijod maktabida 10-11 sinf oโ€˜quvchilari uchun Xorazm viloyati Milliy gvardiyasi Qo'riqlash boshqarmasi bosh psixologi katta leytenant Masharipov Sarvar bilan hamkorlikda Ogahiy nomidagi ijod maktabi amaliyotchi psixologi Atajonova Maqsuda tomonidan "Orzu va maqsadlarga erishishda qanday imkoniyatlardan foydalanish kerakligi" mavzusida trening mashg'uloti olib borildi.

๐Ÿงฉ Trening davomida noan'anaviy usulda mavzuga doir "Lentalar" oโ€˜yini, "Buni sharhlang" kabi turli oโ€˜yinlar oโ€˜tkazildi.

๐ŸŒ Telegram | Facebook