XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.54K subscribers
19.9K photos
1.32K videos
32 files
6.07K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Hazorasp_IM
#Vatanparvarlik_oyligi

✔️Hazorasp tumanidagi harbiy qismda harbiylar va Hazorasp tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari ishtirokida "Vatanga xizmat - oliy fazilat!" mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.

Tadbirda tuman hokimining chegara masalalari boʻyicha yordamchisi  D.Roʻziboyev, Ixtisoslashgan maktab direktori oʻrinbosari A.Abdullayev, maktabning CHQBT rahbari X.Allaberganov, Jismoniy tarbiya fani oʻqituvchisi K.Karimovlar ham ishtirok qilib oʻz fikrlarini bildirdilar.
Harbiy qismda askarlar uchun yaratilgan sharoitlar, keng imkoniyatlar borasida toʻxtalib, ona Vatanga xizmat qilish har bir yigit kishi oldidagi burchi ekanligini taʼkidlab oʻtdilar.

⚽️🎾Tadbir so'ngida sport musobaqalari ham o'tkazildi.

🌐 Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#Qoʼshkoʼpir_IM

Xabaringiz bor
, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida “Robo-Coding” olimpiadasining (5-8-sinf o‘quvchilari) Xorazm viloyati hududiy bosqichi bo'lib o'tgan edi.

1️⃣-o'rinni egallagan Qo'shko'pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabining robototexnika to'garagi rahbari Jasur Otamuratov, o'quvchilar - Sirojiddin Masharipov va Muhammad Sadullayevlar "Assalom, Xorazm" dasturida ishtirok qilishdi.

ASSALOM, XORAZM!

21.01.2025

📲@XorazmTELEKANAL✔️

🌐 Telegram | Facebook
#Zakovat
#Ogahiy_ijod_maktabi

🗓
Joriy yilning 21-yanvar sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida buyuk qomusiy olim va mashhur davlat arbobi Mirzo Ulug'bek tavalludining 630 yilligi munosabati bilan "Zakovat quiz" bellashuvi o‘tkazildi.

🔘 Bellashuvda maktabning barcha sinflaridan tashkil topgan bilimdon, zukko o‘quvchilar jamoalari ishtirok etdilar. Bellashuvni maktabning terma jamoasi aʼzolari olib bordilar. Qatnashuvchilarga bir-biridan qiziqarli, soha va fanga oid bo‘lgan savollar taqdim qilindi.

📊 Ushbu yangicha yo‘nalishdagi turnir barchaga birdek manzur bo‘ldi.

🌐 Telegram | Facebook
#Kerakli

🔬 FIZIKAGA QADAM: Virtual laboratoriyalar endi BIZ bilan!


📢 Diqqat, fizika ixlosmandlari!
Endi tajribalar o‘tkazish uchun laboratoriyaga borish shart emas! Fan olimpiadalari markazi virtual laboratoriyalarni taqdim etadi.

❗️Virtual laboratoriyalar nega kerak?
• Real tajribalar o‘tkazish imkoniyati.
• Xatolarni tahlil qilish va qayta ishlash uchun qulaylik.
• Har bir mavzuni mustaqil o‘rganish imkoniyati.

🧪 Mavzular:
Mexanika va energiya saqlanish qonunlari.
To‘lqin va geometrik optika.
Molekulyar fizika va termodinamika.
Elektro-magnitizm (Elektrodinamika) .

📌 Barcha yoshdagilar uchun mos!
Tajribalarni ko‘rib chiqib, savollarga javob bering va fizikadagi bilimlaringizni mustahkamlang.

🔗 Virtual laboratoriyaga kirish 👈

⚡️ Unutmang, haqiqiy yutuqlar faqat harakat va amaliyot orqali keladi. Bilimlaringizni amalda sinab ko‘rishni unutmang!

BARCHA IMKONIYATLAR SIZ UCHUN!

🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Urganch_shahar_1_son_IMI

🎥 Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "Maktab Prezidenti" va "Sardorlar" faoliyatidan qisqacha videorolik

🌐 Telegram | Facebook