XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.8K subscribers
23.1K photos
1.57K videos
32 files
6.87K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Zayed_Sustainability_Prize
#Prezident_maktabi

XALQARO TANLOV GʻOLIBLARI TANTANALI KUTIB OLINDI

Abu-Dabida boʻlib oʻtgan “Zayed Sustainability Prize” tanlovida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan Toshkent shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali tarzda kutib olindi.

📍 Unda Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova,
mas'ullar hamda ota-onalar ishtirok etib, oʻquvchilarni samimiy tabriklashdi.


Eslatib oʻtamiz,
mazkur tanlovda Toshkent shahridagi Prezident maktabining 10-sinf oʻquvchisi Paxlavon Gʻulomov hamda 9-sinf oʻquvchisi Asilbek Ashrapov “Global High schools” (global maktablar) yoʻnalishida yomgʻir suvini qayta ishlab iste’mol uchun yaroqli holga keltirish loyihasi bilan qatnashib gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

Oʻquvchilarimizga mukofotni Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon topshirdi.

❗️Taqdirlash marosimida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etdi va oʻquvchilarimizni gʻalaba bilan qizgʻin tabrikladi.

Maʼlumot oʻrnida, mazkur xalqaro tanlovda oʻquvchilarimiz tomonidan taqdim etilgan loyihada ichimlik suvi tanqisligi mavjud tuman va qishloqlardagi foydalanilmayotgan yer maydonlarida katta miqdorda yomgʻir suvini toʻplash uchun yopiq hovuz (sisterna) va filtrlovchi uskunalar yordamida suvni qayta ishlab ichimlik va kundalik foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish nazarda tutilgan.

Endilikda bu loyihani moliyalashtirish uchun tashkilotchilar tomonidan 150 ming AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritiladi hamda ushbu gʻoya hayotga tatbiq etiladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📣📣📣📣📣

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI ANIQ VA TABIIY FANLAR OLIMPIADASI O‘TKAZILMOQDA


📣Muhammad al-Xorazmiy nomidagi aniq va tabiiy fanlar (Science) olimpiadasi umumiy o‘rta taʼlim maktablarining 7-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilmoqda!

Olimpiada joriy yili 4 bosqichda tashkil etiladi:
Maktab bosqichi – 1- fevralga qadar;
Tuman (shahar) bosqichi – 15-fevral kuniga qadar;
Viloyat bosqichi – 28-fevral kuniga qadar;
Respublika bosqichi – tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha aprel oyida, aniq fanlar yo‘nalishi esa Muhammad al-Xorazmiy nomidagi xalqaro matematika va informatika olimpiadasi sifatida may oyida bo‘lib o‘tadi.

⭕️⭕️⭕️
💠Olimpiada nizomi bilan batafsil ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

🎁G‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

SHOSHILING!

💠Barcha iqtidorli o‘quvchilarni mazkur Muhammad al-Xorazmiy nomidagi aniq va tabiiy fanlar olimpiadasida ishtirok etishga taklif etamiz!

Zero bilim qudratdir! Muhammad al-Xorazmiy kabi, kelajakni ilm bilan yoritaylik!

🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_xabar

🔷🕧Urganch davlat universitetiga Abu Rayhon Beruniy nomi berildi

Qadrli yurtdoshlar, hurmatli universitetimiz jamoasi!


Barchangizga Urganch davlat universitetiga buyuk alloma va qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy nomi berilganini mamnuniyat bilan maʼlum qilamiz. Ushbu muhim qadam universitetning ilm-fan rivojiga qo‘shayotgan hissasi, talaba va professor-o‘qituvchilar jamoasining yutuqlari hamda mamlakatimizda Beruniy merosini keng targ‘ib qilishga qaratilgan chora-tadbirlarning mantiqiy davomi sifatida qabul qilindi.

Abu Rayhon Beruniy – jahon ilm-fanining yetuk namoyondalaridan biri bo‘lib, u matematika, astronomiya, geografiya, tarix va boshqa ko‘plab fanlar rivojiga ulkan hissa qo‘shgan. Uning ilmiy asarlari nafaqat Markaziy Osiyo, balki dunyo miqyosida yuqori qadrlanadi. Universitetga uning nomi berilishi yosh avlodni ilm-fan va innovatsiyaga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Xorazm vohasidagi oʻzining uzoq shonli tarixiga ega boʻlgan koʻhna va nufuzli oliy taʼlim muassasasiga Abu Rayhon Beruniy nomining berilishi nafaqat universitet obro‘sini oshiradi, balki talabalarga, yosh olimlarga ulug‘ allomaning ilmiy merosini chuqur o‘rganish va keng targ‘ib qilishda katta mas’uliyat yuklaydi.

Qolaversa, oliygohning xalqaro maydondagi oʻrnini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Beruniy nomi ostida universitet dunyoning yetakchi ilmiy markazlari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirishi, talaba va o‘qituvchilar almashinuvi dasturlarini kengaytirishi kutilmoqda.

Urganch davlat universitetiga Abu Rayhon Beruniy nomining berilishi yoshlarga ilmiy izlanishlarda yangi marralarni zabt etishlariga ruhlantiruvchi omil bo‘lib xizmat qilishiga ishonamiz!

🎊Xorazm ahlini hamda koʻp ming sonli oliygohimiz jamoasini Urganch davlat universitetiga Abu Rayhon Beruniy nomi berilganligi bilan samimiy qutlaymiz!

Mamnuniyat bilan,
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti maʼmuriyati


©️UrDU Matbuot xizmati
🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram| Ln | YouTube
#Bizning_qahramonlar

⚡️XALQARO OLIMPIADA G‘OLIBLARI TANTANALI KUTIB OLINDI

Qozog‘istonning Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan 21-xalqaro Jautikov olimpiadasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.

📍Tadbirda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi oʻrinbosari Sherzod Karimov, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev, ustoz va o’quvchilar, keng jamoatchilik va OAV vakillari, mas’ullar hamda ota-onalar ishtirok etib, o‘quvchilarni qizg’in tabriklashdi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu 21-xalqaro Jautikov olimpiadasida o‘quvchilarimiz jami 19 ta medalni qo‘lga kiritishgan edi.

🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM