XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.55K subscribers
19.9K photos
1.32K videos
32 files
6.06K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#14_yanvar_Vatan_himoyachilari_kuni
#Tuproqqalʻa_IM

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Tuproqqal'a tuman ixtisoslashtirilgan maktabida  O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi va "14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni" bayrami munosabati bilan

✔️ 13-yanvar kuni 10-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Turon yo‘lbarslari” harbiy-sport musobaqasi o‘tkazildi. Musobaqada 11a-sinf jamoasi g‘olib bo‘ldi.

✔️14- yanvar kuni 9203- harbiy qism 7-chqv komandirining tarbiyaviy ishlar bo’yicha o’rinbosari katta serjant S. Xayitov boshchiligidagi harbiy xizmatchilar maktabga tashrif buyurishdi va o‘quvchilar bilan "Mardlik va jasorat" mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

👨‍✈️BAYRAMINGIZ MUBORAK, HURMATLI ERKAKLAR!

🌐 Telegram | Facebook
#14_yanvar_Vatan_himoyachilari_kuni
#Shovot_IMI

XALQ VA ARMIYA BIR TANU BIR JON!

O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 33 yilligi hamda 14-yanvar - "Vatan himoyachilari kuni" ga bag'ishlab Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida:

✔️13-yanvar kuni Xorazm viloyati harbiy orkestri hamda namunali qorovul o'z chiqishlarini namoyish qildi. Tashrif va konsert barchada katta taassurot qoldirdi.

✔️14-yanvar kuni ertalabki kutib olish tadbiri tashkil qilindi. Tadbirda maktab-internat o'quvchilari tomonidan she'r , kuy qo'shiqlar kuylandi hamda raqslar ijro qilindi.

🌐 Telegram | Facebook
#Xonqa_IM
#14_yanvar_Vatan_himoyachilari_kuni

🇺🇿 Xonqa tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan:

✔️ Bugun ustozlar va o‘quvchi yigitlar maktab o‘quvchi qizlari tomonidan bayramona ruhda, vatanparvarlik g‘oyasi yo‘g‘rilgan qo‘shiqlar sadosi ostida tantanali kutib olindi. O‘quvchi qizlar tomonidan Vatan himoyachilarini madh qiluvchi sheʼrlar o‘qildi va tabriklar maktab radiouzeli orqali izhor qilindi.

✔️ Shuningdek, "YANGI O‘ZBEKISTON ARMIYASI - MAMLAKAT TAYANCHI, XALQIMIZ FAXRI!" shiori ostida "Jonim fido senga, Vatan!" mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda maktabning 10-sinf o‘quvchilaridan tashkil topgan 3 ta jamoa 5 ta shart bo‘yicha bellashdilar.

🌐 Telegram | Facebook
Assalomu alaykum!
Sizlar bilan yana bir xushxabarni boʻlishmoqchiman!


Bugun Abu-Dabida boʻlib oʻtgan “Zayed Sustainability Prize” tanlovining taqdirlash marosimida Toshkent shahridagi Prezident maktabining 10-sinf oʻquvchisi Paxlavon Gʻulomov hamda 9-sinf oʻquvchisi Asilbek Ashrapov “Global High schools” (global maktablar) yoʻnalishida yomgʻir suvini qayta ishlab iste’mol uchun yaroqli holga keltirish loyihasi bilan qatnashib gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

Oʻquvchilarimizga mukofotni Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon topshirdi. Taqdirlash marosimida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etdi va oʻquvchilarimizni gʻalaba bilan qizgʻin tabrikladi.

Oʻquvchilarimiz tomonidan ilgari surilgan loyihada ichimlik suvi tanqisligi mavjud tuman va qishloqlardagi foydalanilmayotgan yer maydonlarida katta miqdorda yomgʻir suvini toʻplash uchun yopiq hovuz (sisterna) va filtrlovchi uskunalar yordamida suvni qayta ishlab ichimlik va kundalik foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish nazarda tutilgan.

Yildan yilga ichimlik suvi taqchillashib borayotgan bugungi kunda ayni shu kabi loyihalar juda ham ahamiyatli va dolzarb ekanligi xorijiy ekspertlar tomonidan yuqori baholandi.

2024-yilda 156 ta davlatdan ariza topshirgan 6 mingga yaqin ishtirokchilarning loyihalari orasidan finalda ishtirok etuvchi 33 ta loyiha tanlab olingan. Ular orasida Toshkent shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilarining gʻolib boʻlgani quvonarli hol, albatta.

Endilikda oʻquvchilarimizning ushbu global miqyosdagi loyihalarini moliyalashtirish uchun tashkilotchilar tomonidan 150 ming AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritiladi hamda ushbu gʻoya hayotga tatbiq etiladi.

Ularning ushbu natijalari ortida tinimsiz oʻqish va izlanish yotibdi. Ilm yoʻlida tunni kunga, kunni tunga ulagan har bir oʻquvchi kun kelib yuksak marralarni zabt etishi shubhasiz.

Aziz yoshlar, ilm oʻrganishdan aslo charchamang. Bugun oʻrganayotgan bilimlaringiz, egallayotgan koʻnikmalaringiz ertaga Yangi Oʻzbekiston nomini yanada koʻklarga koʻtaradi!

Alisher Ubbiyev,
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori