XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
2.59K subscribers
24.1K photos
1.64K videos
35 files
7.25K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Vatanparvarlik_oyligi
#Xiva_Prezident_maktabi

🇺🇿 Yangi O'zbekiston armiyasi - mamlakat tayanchi, yurtimiz faxri

🔹 Yanvar oyi – Vatanparvarlik oyi munosabati bilan Xiva shahridagi Prezident maktabida 9203-harbiy qism "X" bo‘limi tarbiyaviy-mafkuraviy ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Suroj Xudayberganov bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida harbiy sohadagi tajribalar, vatanparvarlik va xizmatdagi mas'uliyat haqida qiziqarli ma'lumotlar berildi. Bu uchrashuv o‘quvchilarda yurtga sadoqat va mas'uliyat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi.

🔹 Shuningdek, 10-sinf o‘quvchilari vatanparvarlik ruhini yuksaltirish va harbiy soha haqida ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lish maqsadida harbiy qismga sayohat uyushtirishdi. O'quvchilar harbiy texnika, qurollar va ularning ishlash tartibi bilan tanishish imkoniga ega bo‘lishdi. Harbiy xizmatchilar tomonidan Vatan himoyasi mas’uliyati va ahamiyati haqida ma’lumot berildi.

🌐 Telegram | Facebook
#Ogahiy_ijod_maktabi
#grantlar

BIZNING SHUNDAY O'QUVCHIMIZ BOR!

🏢
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 11-sinf o‘quvchisi muddatidan oldin talabalik baxtiga erishib, xalqaro top-80 talik universitetga grant asosida o‘qish imkoniga ega bo‘ldi.

📌 KARIMOV JAVOHIR - Buyuk Britaniyaning Huquq sohasi bo‘yicha University of Birmingham (Birmingem universiteti) Xalqaro huquq va globalizatsiya yo‘nalishiga qabul qilinib, 25,000$ lik grantni qo‘lga kiritdi.

💡 Ma'lumot o‘rnida, Javohir IELTS sertifikatidan 7 ball to‘plagan edi.

Bu ijod maktabimizdagi 2025-yilning ilk yangiligi va hali quvonchli yangiliklarimiz oldinda.


🌐 Telegram | Facebook
👍5💯1
#Yangibozor_IMI
#Psixolog_faoliyati
#trening

🏢 Yangibozor tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatining pedagog jamoasida "O‘quvchilar xotirasini mustahkamlashda neyrogimnastikaning ahamiyati" mavzusida trening tashkil qilindi.

🔵 Ushbu treningda:
"Gugurt cho‘plari";
"16 ta belgini chizish";
"O‘ng va chap qo‘llar";
"Raqamlarni eslab qol";
"Qo‘l harakatlarini o‘zgartirish" mashqlari o‘tkazildi.

🌐 Telegram | Facebook
👍3
#Tabriklaymiz
#tavallud_kun

⚡️Bugun Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabining faol va talabchan, fidoyi va jonkuyar direktori Kuryazova Muborak Sultonboyevnaning tug'ilgan kuni!

Hurmatli Ustoz! Tavallud kuningiz munosabati bilan Sizga sihat-salomatlik, sharafli faoliyatingizda muvaffaqiyatlar va ulkan zafarlar tilaymiz. Doimo sog‘likda, muhabbatda, go’zal tabassumda, el ardog'ida va xayrli ishlarning boshida bo'ling! Ta'lim rivoji yo'lida aslo charchamang!

Yangi yoshingiz yangi imkoniyatlar va yutuqlar olib kelsin!

🌐 Telegram | Facebook
🎉13🤓4👍2
📣 DIQQAT, E'LON!

📍2025-yilda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri jamg‘armasi hisobidan har oylik ustama to‘lanadigan pedagoglar soni belgilandi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug'i bilan Vazir jamg‘armasi hisobidan har oylik ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlarning respublika bo‘yicha cheklangan soni va nomzodlarni saralash bo‘yicha reglament tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri jamg‘armasi hisobidan Respublika bo‘yicha 2025-yilda har oylik ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlarning cheklangan soni (yillik) 1 500 nafar etib belgilandi.

📝 Ma'lumot o‘rnida: Vazir jamg‘armasidan oylik ustama oluvchi g‘oliblarni aniqlash nomzodlar orasida ikki bosqichda amalga oshiriladi.

⚡️Yakuniy natijalarga ko‘ra, eng yuqori ball to‘plagan malakali pedagog kadrlarga mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 5,5 baravari miqdorida har oylik ustama to‘lanadi.

📍 Ta’kidlash joiz: 2024-yilda kvota 1250 ta etib belgilangan bo‘lsa, joriy yilda mazkur ko‘rsatkich 1500 taga yetdi.

Tanlov va nomzod pedagoglarni saralashning birinchi bosqich — test sinovlari uchun fan spetsifikatsiyalari

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
Forwarded from Jadid.uz


9-yanvar kuni tavallud topganlar

Azimboy Saʼdullayev – oʻzbekistonlik matematik olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi;
Nasrullo Sohibnazarov – yogʻoch oʻymakori, Oʻzbekiston xalq ustasi.


Jadid.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
#Yangibozor_IMI
#Qishki_taʼtil

❄️ Qishki ta‘til kunlarida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida "Yangi yil tarovati" mavzusidagi rasmlar tanlovi o‘tkazilmoqda.

⚡️ Yangibozor tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 7-sinf o‘quvchisi Jumanazarova Feredey ushbu tanlovning respublika bosqichida ishtirok etadi. Unga ushbu tanlovning respublika bosqichida muvaffaqiyatlar tilaymiz.

🎨 Feredeyning ijod namunalaridan bir qismini e'tiboringizga havola etmoqdamiz.

🌐 Telegram | Facebook
👍2🔥1