XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.54K subscribers
19.9K photos
1.32K videos
32 files
6.07K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Xiva_Prezident_maktabi
#Seminar
#1_kun

🪧 3-yanvar kuni Xiva shahridagi Prezident maktabida Xorazm viloyatidagi barcha ixtisoslashtirilgan maktablarning o‘qituvchilari uchun matematika, fizika va informatika fanlaridan maxsus seminarlar tashkil qilindi.

Tadbirning asosiy maqsadi pedagoglarning malakasini oshirish, yangi taʼlim usullarini joriy qilish va o‘quv jarayonini yanada sifatli tashkil etishga qaratilgan.

📚 Seminar davomida o‘qituvchilar o‘zaro tajriba almashib, zamonaviy texnologiyalar va innovatsion metodikalarni taʼlim jarayonida qo‘llash bo‘yicha fikr-mulohazalarini bo‘lishdilar, taʼlim olish samaradorligini oshirish yo‘nalishida yangicha yondashuvlarni o‘rgandilar.

🌐 Telegram | Facebook
#Xiva_Prezident_maktabi
#Seminar
#2_kun

Xiva shahridagi Prezident maktabida fanlar bo‘yicha zamonaviy yondashuvlar asosida treninglar davom etmoqda.

Palvanova Muyassar:
"Kimyo fanida gamifikatsiyani qo‘llanishi" mavzusida samarali ma’ruza va amaliy ko‘rsatmalar taqdim etdi. U o‘quv jarayoniga o‘yin elementlarini kiritish orqali o‘quvchilarning qiziqishini oshirish va fanni yanada qiziqarli o‘rgatish usullari haqida so‘z yuritdi.

Davlatova Marhabo:
"Biologiya fanini o‘qitishda zamonaviy yondashuv" mavzusida interaktiv metodlar va ilg‘or pedagogik texnologiyalarni taqdim etdi. Ushbu yondashuvlar biologiya fanini samarali o‘qitishda katta ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi.

Ushbu treninglar o‘qituvchilarimizni yangi yondashuvlar va metodlar bilan qurollantirib, ta’lim sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi. Bizning maktabimiz kelajak avlodni yetuk bilim va ko‘nikmalar bilan ta’minlash yo‘lida doimiy ravishda izlanishda davom etadi!

🌐 Telegram | Facebook
#Vatanparvarlik_oyligi
#Xiva_Prezident_maktabi

🇺🇿 Yangi O'zbekiston armiyasi - mamlakat tayanchi, yurtimiz faxri

🔹 Yanvar oyi – Vatanparvarlik oyi munosabati bilan Xiva shahridagi Prezident maktabida 9203-harbiy qism "X" bo‘limi tarbiyaviy-mafkuraviy ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Suroj Xudayberganov bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida harbiy sohadagi tajribalar, vatanparvarlik va xizmatdagi mas'uliyat haqida qiziqarli ma'lumotlar berildi. Bu uchrashuv o‘quvchilarda yurtga sadoqat va mas'uliyat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi.

🔹 Shuningdek, 10-sinf o‘quvchilari vatanparvarlik ruhini yuksaltirish va harbiy soha haqida ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lish maqsadida harbiy qismga sayohat uyushtirishdi. O'quvchilar harbiy texnika, qurollar va ularning ishlash tartibi bilan tanishish imkoniga ega bo‘lishdi. Harbiy xizmatchilar tomonidan Vatan himoyasi mas’uliyati va ahamiyati haqida ma’lumot berildi.

🌐 Telegram | Facebook
#Sport
#Xiva_shahar_2_son_IM

🏓 Maktab o'quvchilari o'rtasida "Umid nihollari" sport musobaqasining Stol tennisi Xiva shahar birinchiligida
Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabi o'quvchilari quyidagi natijalarni qayd etishdi:

🌟 5-6-sinf o'quvchilari (o'g'il bolalar) o'rtasida - Baxtiyorov Dilsiroj 2-o'rin;
🌟 7-8-sinf o'quvchilari (qiz bolalar) oʻrtasida - Davlatyorova Mohinur 2-o'rin;
🌟 7-8-sinf o'quvchilari (o'g'il bolalar) o'rtasida - Matkarimov Otabek 2-o'rin;
🌟 9-11-sinf o'quvchilari (o'g'il bolalar) o'rtasida - Matkarimov Faxriddin 3-o'rin.

🏆O'quvchilarimizni ushbu yutuqlari bilan tabriklaymiz va keyingi o'qishlarida, tanlov va musobaqalarda ham muvaffaqiyatlar yor bo'lishini tilab qolamiz.


🌐 Telegram | Facebook
#Ota_onalar_majlisi
#Xiva_Prezident_maktabi

Xiva shahridagi Prezident maktabida o‘quvchilarning akademik o‘zlashtirishi yuzasidan I semestr natijalari, maktabning asosiy maqsadi, ustuvor vazifasi bo‘yicha ota-onalar yig‘ilishi bo'lib o'tdi.

🎯Maqsad: ota-onalarni farzandlarining o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari haqida xabardor etish hamda ularning a'lo darajada natijalarga erishishi va ta’lim-tarbiyada yuqori cho'qqilarni egallashlarida hamkorlikda ishlash.

📎 Yig'ilish davomida maktabimizda na'munali xulqi, jamoat ishlarida va ijtimoiy hayotda faolligi bilan o'rnak bo'layotgan o'quvchilarning ota-onalariga tashakkurnomalar topshirildi.

🌐 Telegram | Facebook
#Psixologik_trening
#Xiva_shahar_2_son_IM

🏫 Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabida MMIBDO' M.Matyoqubova hamda maktab psixologi S.Qalandarovalar tomonidan qiziqarli trening oʻtkazildi.

☕️ Jarayonning avvalida "Cofe break" tashkil qilindi.

♻️ Trening jarayonida ustozlar guruhlarga boʻlinib, turli xil dukkakli oʻsimliklardan foydalanib xoʻroz tasvirini yasashdi.
Har bir tasvirga hakamlar hayʼati ball qoʻyib, gʻolib jamoani aniqlashdi.

🤩 Boʻlib oʻtgan trening jarayoni yangi chorakni boshlash oldidan hammaga ko'tarinki kayfiyat berdi.

🌐 Telegram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#14_yanvar_Vatan_himoyachilari_kuni
#Xiva_Prezident_maktabi

🇺🇿 Xiva shahridagi Prezident maktabida "Vatan himoyachilari kuni"ga bag‘ishlab:

✔️ 9-yanvar kuni "Uch avlod uchrashuvi" tadbiri o'tkazildi. Uchrashuvda Faxriylar kengashi raisi F.S.Yusupov, Xorazm viloyati Qo'riqlash boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari, podpolkovnik U.K.Yo'ldoshov va Qo'riqlash boshqarmasi tarbiyaviy-mafkuraviy ishlar bo'limi boshlig'i O.Q.Komiljonovlar o'zining boy tajribalari va bilimlari bilan o'rtoqlashdilar.

✔️ Shuningdek, Prezident maktabida bayramga bag‘ishlab rasmlar tanlovi o'tkazildi.

✔️ 13-yanvar kuni Vatanimizning himoya kuchlari, ularning vazifalari va yurtimiz xavfsizligini ta'minlashdagi o'rni haqida o‘quvchilar ma'rifiy taqdimot o‘tkazishdi.

✔️ 14-yanvar kuni maʼnaviy tadbir bo‘lib o‘tdi. O‘quvchilarda vatanparvarlik ruhini oshirish, milliy qadriyatlarimizga hurmat va sadoqat tuyg‘usini shakllantirish maqsadida qiziqarli chiqishlar, musiqiy dasturlar va ma’rifiy suhbatlar bo‘lib o‘tdi.

🌐 Telegram | Facebook