XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
2.57K subscribers
24.1K photos
1.64K videos
36 files
7.26K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Urganch_1_son_IMI
#tabriklaymiz

⚡️Bugun Urganch shahar 1-son Ixtisoslashtirilgan maktab-internati ochilganligining 2 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.

Tadbirda viloyat MMTB Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish shoʻbasi mudiri Yulduz Atadjanova ham ishtirok qildi.

Badiiy kechada oʻquvchilar maktab-internatni madh qiluvchi she'r va qoʻshiqlar, turli qiziqarli sahna koʻrinishlarini namoyish qilishdi. Bundan tashqari, har bir sinf tomonidan ushbu bayram munosabati bilan bir-biridan chiroyli koʻrgazmalar taqdim qilindi.

Tadbirga oʻtgan o‘quv yilidagi sobiq bitiruvchilar ham taklif qilingan boʻlib, ular ham kechada faol ishtirok qilishdi hamda maktabda kechgan davrlari va talabalik taassurotlari bilan oʻrtoqlashdilar.

🌐 Telegram | Facebook
👍8🎉3💯1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ogahiy_tavalludining_215_yilligi

📆 17-DEKABR – MUHAMMAD RIZO ERNIYOZBEK O‘G‘LI OGAHIY TAVALLUD TOPGAN KUN

Mumtoz shoir, sermahsul tarjimon, hassos muarrix, mutafakkir, olim, mohir xattot Muhammad Rizo Ogahiy 1809-yilda Xiva shahri yaqinidagi Qiyot qishlog‘ida mirob oilasida tavallud topgan.

Ogahiy Xiva xonligi davrida turkiy tilda eng ko‘p bitilgan nazmiy va nasriy asarlarning muallifi, turkiy til tarjimonlik maktabining ijodkori va peshqadami edi. U Nizomiy, Dehlaviy, Saʼdiy, Jomiy, Hiloliy va boshqalarning asarlarini o‘zbek tiliga sheʼriy tarjima qilgan.

Ogahiyning g‘azallari nafaqat o‘z zamonining, balki o‘sha davr adabiyotining o‘ziga xos va yuksak namunalaridan biri hisoblanadi. Uning asarlari, zamonlar o‘tib borishiga qaramay, bugungi kunda ham yosh avlodni maʼnaviy jihatdan tarbiyalashda katta ahamiyatga ega.

Ogahiy 1874-yilda 65 yoshida vafot etgan.

Maʼlumot o‘rnida, 2019-yilda Agentligimiz tizimida Ogahiy nomidagi ijod maktabi tashkil etilgan. Mazkur taʼlim muassasasida Ogahiy ijodiy merosiga munosib izdosh bo‘luvchi yoshlar tahsil olmoqda.


Yuqoridagi g‘azalni Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Zuhra Otajonova o‘qigan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
#Shovot_IMI
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#IELTS_result

⚡️Oʻquvchimiz IELTSdan 8 ballik natija koʻrsatdi

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatidan navbatdagi ajoyib xushxabar!
Maktab-internatining 10- sinf o'quvchisi

SAMIGULLAYEV FARRUH - IELTS imtihonidan 8 ballga ega boʻldi.

Listening: 9.0
Reading: 8.5
Writing: 7.0
Speaking: 7.0


⚡️Ustozi: maktabning ingliz tili fani o'qituvchisi Gulora Masharipova

🌐 Telegram | Facebook
👍15😍5🏆3
#Teatr
#Bogʻot_IM

Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 8-sinf o'quvchilari "Kelinlar qo'zg'oloni" va "Zumrad va Qımmat" nomli milliy sahna ko'rinishlarini mahorat bilan ijro etdilar.

🌐
Telegram | Facebook
👍2
#Ogahiy_tavalludining_215_yilligi
#Urganch_shahar_1_son_IMI
#uchrashuv

📍Bugun Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida mumtoz shoir, sermahsul tarjimon, mutafakkir olim, mohir xattot Muhammad Rizo Ogahiy tavalludining 215 yilligi munosabati bilan Xorazm viloyati yozuvchilar uyushmasi a’zosi, “Shuhrat” medali sohibasi filologiya fanlari nomzodi, dotsent Sayyora Samandarova bilan “Ma’rifat ulashib” tadbirlari doirasida uchrashuv bo’lib o’tdi.

📌 Uchrashuv davomida o’quvchilar Ogahiy ijod merosidan g’azallar, she’rlar aytishdi. Shoira Sayyora Samandar qalamiga mansub she’rlardan parchalar aytishdi.


🌐 Telegram | Facebook
👍6
#Sarhisob

2024-yilda maktabgacha va maktab ta’limi tizimiga oid qabul qilingan normativ-huquqiy
hujjatlar

Maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi ta’lim muassasalarida sifatli ta’limni joriy etishga doir 23 ta normativ-huquqiy hujjat qabul qilingan.

Xususan, tizimga oid 2 ta qonun, Prezidentimizning 4 ta farmoni va 8 ta qarori, 9 ta Vazirlar Mahkamasi qarorlari shular jumlasidandir.

Hujjatlar ro‘yxati bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ogahiy_ijod_maktabi
#Tadbir

OGAHIY TAVALLUDINING 215 YILLIGI MUNOSABATI BILAN ADABIY TADBIR O‘TKAZILDI


⏺️ Ogahiy nomidagi ijod maktabida she‘riyat mulkining zabardast vakili, Xorazm adabiy muhitining buyuk namoyandasi, shoir, tarjimon, tarixnavis Muhammadrizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy tavalludining 215 yilligiga bag‘ishlangan "Ogahiyning mangu merosi" nomli adabiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyati bo‘limi rahbari Gavhar Ibodullayeva, UrDPUI iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatni tashkil etish bo‘limi boshlig‘i Sarvar Abdullayev va adabiyotga, so‘zga oshufta bo‘lgan mehmonlar tashrif buyurishdi.

Adabiy kechada Ogahiy nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari tomonidan shoir qalamiga mansub go‘zal ash'orlar mahorat bilan ijro qilindi, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Ogahiyning tarixiy asarlari va tarjimalari haqida ma'lumotlar berildi.

Viloyatimiz bo‘ylab Ogahiyning tavalludi munosabati bilan adabiy tadbirlar davom etmoqda.

🌐 Telegram | Facebook
🎉1