#Tabriklaymiz
#tavallud_kun
▫️Bugun Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassassalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktori Axmedov G'ulomjon Jumanazarovichning tug'ilgan kuni.
G'ulomjon Axmedov zamonaviy ta'lim jarayonini tashkil etish hamda yosh avlodni barkamol etib tarbiyalashda muvaffaqiyatli faoliyat olib bormoqda. Iqtidorli o'quvchilarning ilm-fanni egallashga bo'lgan intilishlarini rivojlantirish borasida olib borayotgan ishlari tahsinga sazovordir.
⚡️Ustozga mustahkam sog'lik, oilaviy xotirjamlik, kasbiy va ilmiy ishlarida yuksak zafarlar yor bo'lishini tilab qolamiz.
🌐 Telegram | Facebook

Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#ishchi_guruh
#Sirdaryo
AGENTLIK RAHBARIYATI TIZIMDAGI MAKTABLAR FAOLIYATINI JOYIGA BORIB O‘RGANMOQDA
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktorining maslahatchisi Eʼzozxon Karimova boshchiligidagi ishchi guruh Agentlikning Sirdaryo viloyatida joylashgan Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablarida boʻldi.
Mazkur maktablarda oʻquv jarayoni, maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning yuritilishi, harbiy-vatanparvarlik targʻiboti, qish mavsumiga tayyorlik holati singari bir qator yoʻnalishlar oʻrganildi.
Ishchi guruh oʻrganilgan maktablar rahbariyati, o‘quv jamoasining ta'lim maskanidagi shart-sharoitlarini yanada yaxshilash, pedagoglarning xalqaro tajriba va zamonaviy taʼlim usullariga oid bilim va koʻnikmalarini oshirishga qaratilgan takliflarini qoʻllab-quvvatlab, oʻz tavsiyalarini berdi.
Ishchi guruh faoliyati boshqa hududlar boʻyicha ham davom etmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

#ikkinchi_kun
#Qoraqalpogʻiston
AGENTLIK RAHBARIYATINING MAKTABLAR FAOLIYATINI JOYIGA BORIB OʻRGANISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktorining oʻrinbosari Sevara Shakirova boshchiligidagi ishchi guruh Qoraqalpogʻiston Respublikasida boʻlib turibdi.
Agentlikning Nukus shahridan ancha olis hududlarda joylashgan Ellikqalʼa, Beruniy hamda Amudaryo tuman ixtisoslashtirilgan maktablarida o‘quvchilarning sifatli ta'lim-tarbiya olishlari uchun yaratilgan sharoitlar hamda dars jarayonlari oʻrganildi.
Ishchi guruh tomonidan o‘qituvchilarga ilmiy-pedagogik faoliyatlarini samarali tashkil etish, o‘z bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, pedagogik kompetensiyalarini yanada kengaytirish borasida amaliy tavsiyalar berildi.
Shuningdek, masʼullarga oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish boʻyicha tegishli koʻrsatmalar berildi.
Agentlik rahbariyatining Qoraqalpogʻiston Respublikasida joylashgan tizimdagi maktablar faoliyatini oʻrganish ishlari davom etmoqda.