XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.6K subscribers
19.3K photos
1.27K videos
32 files
5.91K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Amaliy_mashgʻulot

IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARDA FAVQULODDA VAZIYATLARDA HARAKATLANISH BO'YICHA AMALIY MASHG'ULOTLAR O’TKAZILDI

Xorazm viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablarda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bilan hamkorlikda "Tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etishda, obyekt fuqaro muhofazasi tuzilmasi hamda tegishli xizmatlarning hamkorlikdagi harakatlari" mavzusida maxsus-taktik o'quv mashg'ulotlar, seminarlar o'tkazildi.

🎯O'quvchilar va o'qituvchilar ushbu mashg'ulotlar orqali favqulodda vaziyatlar sodir bo'lganida o'zini himoyalash, birinchi yordam ko'rsatish, o't o'chirish moslamalaridan foydalanish, binoni zararsizlantirish, tabiiy ofatlar va yong'in xavfsizligi haqida ma'lumotlarga ega bo'ldilar.


▫️Qo'shko'pir tumani IM,
▫️Xonqa tumani IM,
▫️Hazorasp tumani IM,
▫️Yangiariq tumani IM,
▫️Yangibozor tumani IMI
lardagi jarayonlar fotosuratlarda.

📌15-noyabrdan 15-dekabrga qadar "Yong'in xavfsizligi" oyligi deb e'lon qilingan.

🌐
Telegram | Facebook
Forwarded from Fan olimpiadalari markazi (FOM) (:))
🟦🟦🟦

Asosiy olimpiadaning hududiy bosqichi bosqichi qayerda tashkil qilinmoqda
?

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 25-noyabr 4-dekabr kunlari Asosiy olimpiadaning hududiy bosqichi tashkil etiladi. Sizning hududingizda olimpiada qayerda o’tkazilishini yuqorida bilib olishingiz mumkin.

Ommaviy axborot vositalarini hamda blogerlarni olimpiada jarayonlarida jamoatchilik nazoratini o’rnatish bo’yicha taklif etib qolamiz.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
Telegram | 📹Youtube | Facebook | 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Robo_coding
#Xiva_Prezident_maktabi

Xiva shahridagi Prezident maktabida
19-20-noyabr kunlari "Robo-Coding" olimpiadasining maktab bosqichi bo'lib o'tdi.

✔️Unda ikki kishidan iborat jamoalar turli xil shartlarda o'z bilim va mahoratlarini amaliyotda qo'llashdi va o'zaro raqobat olib borishdi. G'olib bo'lgan jamoalar viloyat bosqichiga yo'llanmani qo’lga kiritdilar.

🌐 Telegram | Facebook
#Yangibozor_IMI
#Hamkorlik

YANGIBOZOR TUMANI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB-INTERNATI O'QUVCHILARI "TENGDOSH TENGDOSHGA" LOYIHASIDA QATNASHMOQDALAR

Maktab-internat o'quvchilari tumandagi umumta'lim maktablariga borib, dars jarayonlarida ishtirok etishdi.

7-a sinf oʻquvchisi Ortiqova Charosxon 2-son umumta'lim maktabining dars jarayonlarida faollik ko'rsatdi.

🌐 Telegram | Facebook