XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
2.59K subscribers
24.1K photos
1.64K videos
35 files
7.25K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Volontyor_faoliyatidan
#Shovot_IMI

Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida volontyor o'qituvchi Mr FASALUREHMAN tomonidan maktab-internat o'quvchilariga PRE- IELTS kurslari tashkil qilingan.

⚡️Darslar har hafta volontyor o'qituvchi tomonidan qiziqarli  metodlardan foydalanilgan holda olib boriladi.

🌐Telegram|Facebook
👍2
#Uchrashuv

Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi bilan hamkorlikda xalqaro nufuzi baland bo'lgan "British management university" vakillari tomonidan ixtisoslashtirilgan maktablarda tahsil oluvchi ingliz tiliga qiziquvchan iqtidorli o'quvchilar bilan uchrashuvlar uyushtirildi.

📍Urganch shahar 1-son IMI va
📍Xiva shahar 1-son IMI larda o‘tkazilgan uchrashuvlarda universitet rektori, britaniyalik Konrad Ozog va hamkorlik aloqalar bo‘limi boshlig‘i Gullola Koraboyevalar o'quvchilarga "British management university" dagi sharoitlar, imtihon jarayonlari, o'qish davomidagi imtiyozlar haqida to'liq ma'lumot berdilar.

🗯 Uchrashuvlar faqat ingliz tilida tashkil qilinib, qizg‘in suhbatlar uyushtirildi. Jarayonda faol bo'lgan o'quvchilarga esdalik sovg'alari berildi.

🌐 Telegram | Facebook
🔥2👏1
#oʻquv_seminar

⚡️LABORATORIYA JIHOZLARIDAN FOYDALANISH BOʻYICHA OʻQUV-SEMINAR

🤩Agentlik tizimidagi maktablarning fizika, kimyo va biologiya fanlari oʻqituvchilari uchun laboratoriya jihozlaridan foydalanish boʻyicha oʻquv-seminar oʻtkazilmoqda.

Mazkur seminar Agentlikning masʼul xodimlari, Fan kengashi aʼzolari tomonidan ZOOM platformasi orqali onlayn tashkil etilib, mavzular tizimdagi barcha maktablarning fizika, kimyo va biologiya fanlari oʻqituvchilari oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrovnoma natijalariga koʻra tanlab olingan.

Oʻquv-seminar davomida ishtirokchilarning laboratoriya jihozlaridan toʻgʻri foydalanish malakalari oshirilmoqda. Murakkab mavzularda amaliy darslar bilan o‘qituvchilarga metodik yordam berilib, Agentlikning Fan kengashi aʼzolari tomonidan yoʻlga qoʻyilgan videodarslar orqali o‘qituvchilarning laboratoriya ishlarini bajarish koʻnikmalari mustahkamlanmoqda.

Oʻquv seminari 15-noyabrga qadar barcha hududlar kesimida olib boriladi.

Maʼlumot oʻrnida, Agentlikning Fan kengashi aʼzolari tomonidan yoʻlga qoʻyilgan loyiha doirasida fizika, kimyo va biologiya fanlaridan laboratoriya ishlarini bajarish boʻyicha videodarslar tayyorlanib, respublikadagi barcha oʻquvchi va oʻqituvchilar foydalanishlari uchun Youtube platformasiga joylab borilmoqda.

Videodarslarni quyidagi havolalar orqali kuzatib borish mumkin:

Fizika fan kengashi YouTube kanali;
Kimyo fan kengashi YouTube kanali;
Biologiya fan kengashi YouTube kanali.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
#Yangibozor_IMI
#Bolalar_harakati

Yangibozor tumani ixtisoslashtirilgan maktab-internatida O‘zbekiston bolalar tashkiloti “Bolalar harakati” sardorlar a’zoligiga saylov bo'lib o'tdi.

⚡️ Unda jami 19 nafar a'zolar saylanib, kelgusidagi vazifalar belgilab olindi. Saylov jarayonida "Do'stlik" mahallasi yetakchisi Elbek Boltaboyev qatnashdi.

🌐 Telegram | Facebook
🤓3
#Kun_qahramoni

⚡️Xiva shahar 1-son IMI rus tili fani o‘qituvchisi

G'ulomjonova Munira - 80 ball

⚡️Ogahiy ijod maktabi tasviriy san'at va chizmachilik fani o‘qituvchisi

Avezova Muqaddas - 84 ball to‘plab attestatsiya jarayonlarida kun qahramoni bo‘lganliklari bilan tabriklaymiz!

🌐 Telegram | Facebook
👍4