XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.99K subscribers
23.2K photos
1.58K videos
32 files
6.91K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Akademik_va_yoshlar_uchrashuvi
#Qoʼshkoʼpir_IM

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi  Qo'shko'pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o'quvchi yoshlari bilan Xiva shahridagi Ma'mun akademiyasida  8-noyabr kuni Akademik Behzod Sodiqovich Yuldashev xotirasiga bag'ishlangan "Akademik va yoshlar: Ilm-fan taraqqiyotini yoshlar yaratadi! " mavzusida ilmiy-ijodiy uchrashuv tashkil qilindi.

Uchrashuvda Fanlar akademiyasi Matematika instituti laboratoriya mudiri, fizika-matematika fanlari doktori Abdulla Azamov va Fanlar akademiyasi fizika-matematika va texnika bo'limi rahbari, fizika-matematika fanlari doktori Baxramov Sagdulla Abdullayevichlar ishtirok qilishdi.

📎 Uchrashuvdan maqsad: Akademiklarni yoshlar orasida tanitish, ularning faoliyatlari, ilmiy ishlarini keng targ'ib etish, yosh olimlar, tadqiqotchi va iqtidorli talabalar orasida zamonaviy bilimlarni egallash, ilm olishga bo'lgan qiziqishlarini oshirishdan iborat

 🌐 Telegram | Facebook
#Volontyor_faoliyatidan
#Shovot_IMI

Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida volontyor o'qituvchi Mr FASALUREHMAN hamda ingliz tili fani o'qituvchilari tomonidan maktab-internat o'qituvchilariga ingliz tilida gapirish ko'nikmalarini rivojlantirish bo'yicha mahorat darsi tashkil qilindi.

 🌐 Telegram | Facebook
#Kun_qahramoni
#Hazorasp_IM

Hazorasp tumani ixtisoslashtirilgan maktabining Ingliz tili fani o‘qituvchisi

Muhabbat Axmedovani

attestatsiyada 86 ball to‘plab kun qahramoni bo‘lgani va oliy toifaga o‘tgani bilan tabriklaymiz!

🌐 Telegram | Facebook
#Yangibozor_IMI

💡Yangibozor tumani ixtisoslashtirilgan maktab-internatida o'quvchilarning kuzgi ta'tildagi vaqtlarini mazmunli o'tkazish uchun turli sport musobaqalari, kitobxonlik va rasmlar tanlovlari tashkil qilindi.

📸 Jarayonlardan fotolavhalar.

🌐 Telegram | Facebook
Forwarded from Yoshlar.edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM