XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.55K subscribers
20.2K photos
1.35K videos
32 files
6.15K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
📣 Tarixiy yutuq: xalqaro va mintaqaviy olimpiadalarda 80 ta medal

🔹 Oʻquvchilarimizning joriy yilda xalqaro va mintaqaviy olimpiadalarda, jumladan:

Tailandning Bangkok shahrida oʻtkazilgan 20-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasida 5 ta (3 ta kumush va 2 ta bronza);

Qozogʻistonning Olmaota shahrida oʻtkazilgan 20-Xalqaro Jautikov olimpiadasida 14 ta (2 ta oltin, 3 ta kumush va 9 ta bronza);

Rossiyaning Adigeya shahrida oʻtkazilgan 9-Kavkaz xalqaro matematika olimpiadasida 4 ta (1 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza);

Xitoyning Shenjen shahrida oʻtkazilgan 58-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida 5 ta (1 ta kumush va 4 ta bronza);

Bolgariyaning Varna shahrida oʻtkazilgan 41-Bolqon Matematika olimpiadasida 5 ta (2 ta kumush va 3 ta bronza);

Xitoyning Xanchjou shahrida oʻtkazilgan Osiyo-Tinch okeani mintaqasi informatika olimpiadasi (APIO)da 1 ta bronza;

Braziliyada oʻtkazilgan (onlayn) Osiyo-Tinch okeani mintaqasi matematika olimpiadasi (APMO)da 7 ta bronza;

Buxoro shahrida oʻtkazilgan Abu Ali ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasida 12 ta (3 ta oltin, 3 ta kumush va 6 ta bronza);

Turkiyaning Antaliya shahrida oʻtkazilgan 28-Oʻsmirlar oʻrtasidagi Bolqon matematika olimpiadasi (JBMO)da 6 ta (3 ta kumush va 3 ta bronza);

Hindistonda oʻtkazilgan Xalqaro matematika musobaqasi (IMC)da 18 ta (3 ta oltin, 4 ta kumush va 11 ta bronza);

Germaniyada oʻtkazilgan Xalqaro nemis tili olimpiadasida 1 ta oltin;

Xitoyda oʻtkazilgan Xalqaro iqtisod olimpiadasida 1 ta bronza;

Eronda oʻtkazilgan Yevropa qizlar xalqaro IT olimpiadasi (EGOI)da 1 ta bronza medallarini qoʻlga kiritdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣 9 milliard soʻm: mukofot jamgʻarmasi 5 yilda 11,5 barobarga koʻpaydi

🔹 2023-2024-oʻquv yili davomida xalqaro va mintaqaviy fan olimpiadalarida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan oʻquvchilar va ularning ustozlari hamda asosiy olimpiadalarning viloyat va respublika bosqichlari gʻoliblarini taqdirlash uchun davlat byudjetidan jami 9 mlrd. soʻm yoʻnaltirildi.

👉 Bu koʻrsatkich 2019-yilgi 780 mln soʻmdan qariyb 11,5 barobarga koʻpdir.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_taqdirlash
#Bogʻot_IM

Xalqaro va mintaqaviy fan olimpiadasi g‘oliblari taqdirlandi

Bugun 2023/2024-o‘quv yili davomida xalqaro va mintaqaviy fan olimpiadalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar va ularning ustozlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

🏆 Ushbu taqdirlash marosimida Bogʻot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o'quvchisi


Maqsadbek Egamberdiyev

va uning fidoiy ustozi


Ne'matjon Kamalovlar ham ishtirok etishmoqda.

🎗
Maktab jamoasining keyingi faoliyatida omad va muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!

@BagatPschool

🌐 Telegram | Facebook
#Xalqaro_taqdirlash
#Urganch_shahar_1_son_IMI

G’OLIBLARNING USTOZLARI HAM G’OLIB

Xabaringiz bor, bugun Toshkent shahrida Xalqaro olimpiada g’oliblari taqdirlandi.

📍Ushbu taqdirlash marosimida Sharipova Asalxonning ustozi

Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining biologiya fani o’qituvchisi

Dilnura Xo’jayazova ham qatnashib, munosib taqdirlandi.

🌐 Telegram | Facebook
Forwarded from GrantGO
Rivojlanayotgan davlatlarning iqtidorli yoshlari uchun Kectil Program dasturi

Talablar
— Eng kam rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlardan 17 yoshdan 26 yoshgacha bo'lgan yuqori salohiyatli va yetakchilik qobiliyatiga ega yoshlar qatnashishi mumkin;
— Ingliz tilini dasturda qatnashish darajasida bilish lozim;
— Nomzodlar innovatsiyalarni yaratishga bo'lgan iqtidorini namoyon etgan bo'lishi kerak va b.

Foydali tomonlari
— Dasturda onlayn tarzda va bepul qatnashish mumkin;
— Dunyo bo'ylab iqtidorli yoshlar bilan tanishish va muloqot qilish imkoniyati;
— Mutaxassislar va asosiy yoshlar yetakchilari boshchiligida global miqyosda yoshlar duch keladigan dolzarb muammolarni hal qilish uchun murakkab topshiriqlarga ega bir necha haftalik modullar taqdim etiladi;

Oxirgi muddat
15.11.2024

Batafsil
https://grantgo.uz/go/37614

#tadqiqot_va_professional_rivojlanish #mukofot #AQSh

Telegram | YouTube | Mentorlik
#Kun_qahramoni

Qo'shkopir tumani ixtisoslashtirilgan maktabining Geografiya fani o‘qituvchisi

Matkarimov Shixnazar

attestatsiya jarayonlarida kun qahramoni bo‘ldi. Ustoz 90 ball bilan oliy toifaga o‘tdi.

🌐Telegram | Facebook
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
2024-yil 8-noyabr!

Havas, xursandchlik va e’tiroflar kuni sifatida ko‘plab insonlarning yodida qoldi.

122 medal!

Bu tarixiy rekord! Qancha faxrlansak oz, xalqaro va mintaqaviy fan olimpiadalarida o‘quvchilarimiz 122 medalni qo‘lga kiritishdi.

9 mlrd so‘m!

Bu viloyat, respublika va xalqaro olimpiadalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarimiz va ularning ustozlarini taqdirlash uchun davlat byudjetidan ajratilgan summa.
Xususan, eng nufuzli xalqaro olimpiadalardagi medallar uchun:
– oltin medal sohibiga – 187,5 mln soʻm,
oʻqituvchisiga – 168,75 mln soʻm;
– kumush medal sohibiga – 112,5 mln soʻm,
oʻqituvchisiga – 93,75 mln soʻm;
– bronza medal sohibiga – 75 mln soʻm,
oʻqituvchisiga – 56,25 mln soʻm berildi.

Bu hali hammasi emas!

Ushbu medal egalari davlat granti asosida oliy taʼlim muassasalariga qabul qilinadi, ustozlariga esa kelgusi oʻquv yili uchun 200 foizgacha ustama belgilanadi va toʻgʻridan toʻgʻri oliy malaka toifasi taqdim qilinadi. Nufuzli xalqaro olimpiada gʻoliblari keyinchalik taʼlim muassasalarida oʻqituvchi boʻlib gʻolib boʻlgan fanidan dars bergan taqdirda lavozim maoshiga 150 foiz har oylik ustama oladi.

Bu katta natija!

O‘quvchilarimiz nafaqat ota-onasi va ustozlari, balki Prezidentimiz ishonchini ham oqladi. Bugungi raqamlar ta’lim sohasida yaratilayotgan imkoniyatlarning shirin mevasi bo‘ldi, desam adashmagan bo‘laman.

@hilola_umarova
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bogʻot_IM

11-noyabr kasaba uyushmalari kuni bayrami munosabati bilan Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi tomonidan tayyorlangan videorolik.

🎗Barchani ushbu bayram bilan tabriklaymiz!

🌐
Telegram | Facebook
#Akademik_va_yoshlar_uchrashuvi
#Qoʼshkoʼpir_IM

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi  Qo'shko'pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o'quvchi yoshlari bilan Xiva shahridagi Ma'mun akademiyasida  8-noyabr kuni Akademik Behzod Sodiqovich Yuldashev xotirasiga bag'ishlangan "Akademik va yoshlar: Ilm-fan taraqqiyotini yoshlar yaratadi! " mavzusida ilmiy-ijodiy uchrashuv tashkil qilindi.

Uchrashuvda Fanlar akademiyasi Matematika instituti laboratoriya mudiri, fizika-matematika fanlari doktori Abdulla Azamov va Fanlar akademiyasi fizika-matematika va texnika bo'limi rahbari, fizika-matematika fanlari doktori Baxramov Sagdulla Abdullayevichlar ishtirok qilishdi.

📎 Uchrashuvdan maqsad: Akademiklarni yoshlar orasida tanitish, ularning faoliyatlari, ilmiy ishlarini keng targ'ib etish, yosh olimlar, tadqiqotchi va iqtidorli talabalar orasida zamonaviy bilimlarni egallash, ilm olishga bo'lgan qiziqishlarini oshirishdan iborat

 🌐 Telegram | Facebook