XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.83K subscribers
22.3K photos
1.53K videos
32 files
6.69K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Sayohat
#Urganch_shahar_1_son_IMI

🔘 Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internati va "IT Park" Xorazm viloyati filiali bilan tuzilgan hamkorlik memorandumiga asosan 11-02 sinf o’quvchilari "IT Park" Xorazm fililaliga ekskursiya uyushtirdilar.

🔘 18-oktabr kuni Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 11-03-sinf o'quvchilarini kasbga yo'naltirish doirasida Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialiga tanishtiruv uyushtirildi.

🔘 Maktab-internatning 5-02 sinf o’quvchilari uchun Xiva shahriga sayohat uyushtirildi. Sayohat davomida o’quvchilar o’zbek adabiy tilining asoschisi buyuk mutafakkir shoir Ogahiy haykali poyiga gulchambar qo’ydilar.

🔘 21-oktabr kuni 10.02-sinf o'quvchilari Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo'yicha direktor o'rinbosari- CHQBT rahbari, zahiradagi podpolkovnik A.Rajabov boshchiligida Urganch shahridagi "Jasorat bog'i" ga sayohat uyushtirishdi.

🌐 Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xiva_Prezident_maktabi
#musobaqa

🎯 Xiva shahridagi Prezident maktabida Xorazm viloyati Milliy gvardiya boshqarmasi bilan hamkorlikda kamondan o’q otish musobaqasi tashkil etildi.

🏆Milliy gvardiya xodimi, katta leytenant Dilshod Babajanov g’olib o’quvchilarni taqdirladi.

Bu kabi tanlov va tadbirlar o’quvchilarga yangi kuch bilan bilim olishga rag’bat bo’ladi.

🌐 Telegram | Facebook
#Zakovat
#Uchrashuv
#Ogahiy_ijod_maktabi

24-oktabr sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabining "Iste'dodlar markazi" da "Zakovat intellektual klubi" NNT Xorazm viloyati koordinatori, "Shuhrat" medali sohibi Azamat Matkarimov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

❇️ Azamat Matkarimov uchrashuv davomida yaqinda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan o‘tkazilgan "Zakovat"ning respublika bellashuvida munosib ishtirok etgan "Ogahiy" terma jamoasi haqida, ular ko‘rsatgan mardonavor o‘yin tavsilotlaridan so‘z yuritdi.

Uchrashuv yakunida “Zakovat intellektual klubi” NNT prezidenti Abdurasul Abdullayev tomonidan yuborilgan maxsus diplomlar o‘quvchilarga topshirildi.

🌐 Telegram | Facebook
#Ertalabki_saflanish
#Xiva_shahar_2_son_IM

⏺️ Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabida barcha o'quvchi va ustozlar ishtirokida ertalabki saflanish bo'lib o'tdi.

📍Saflanishda maktab miqyosida bo'lib o'tgan tanlov g'oliblari hamda shahar, viloyat miqyosida bo'lib o'tgan shaxmat musobaqasi g'oliblari taqdirlandi.

🏆 Eng namunali sinfga maxsus maktab kubogi berildi.

🌐 Telegram | Facebook