XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.58K subscribers
19.5K photos
1.29K videos
32 files
5.97K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
O'qituvchimisiz? Unda sizda noodatiy metodlarni o'rganish yoki ularni boshqalarga ulashish imkoniyati bor

"Media Maorif" loyihasiga start berilganidan buyon juda ko'p o'qituvchilardan noodatiy metodik materiallar yetib kela boshladi. Bu loyiha orqali pedagoglar o'zlarining noodatiy metodlarini boshqa hamkasblariga ulashib kelmoqdalar.

Marhamat, o'qituvchi bo'lsangiz "Media Maorif" kanalidagi metodlarni o'rganing yoki o'z metodik ishingizni boshqa hamkasblaringiz bilan bo'lishing.

Yil davomida ko'pchilikka yoqqan bir nafar metodik material muallifi xalqtaliminfo.uz tahririyati tomonidan tashakkurnoma hamda esdalik sovg'a bilan taqdirlanadi.

👉@media_maorif
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
Davlatimiz rahbari 1-oktabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan oʻqituvchi va murabbiylar bilan muloqot qilgan edi.

Muloqotda Prezidentimiz “Yil oʻqituvchisi” tanlovi oʻtkazilib, 208 ta tuman va shahardan gʻolib boʻlgan oʻqituvchilarga sovgʻa sifatida uy-joy berilishini eʼlon qilgan va bu xabarni soha xodimlari katta xursandchilik bilan kutib olgan edi. Oldimizda ushbu tanlovni shaffof, adolatli oʻtkazish vazifasi turibdi. Shu sabab bizga jamoatchilik, ayniqsa hurmatli pedagoglarimiz fikr, takliflarini eshitish muhim.

Tanlov qanday boʻlishi kerak, adolatli boʻlishi uchun qanday jihatlarga eʼtibor berish kerak, ishtirokchilar qaysi mezonlar asosida baholanishi lozim? Takliflaringizni @uzedu_vazirbot manziliga yuboring.

Biz uchun har bir fikr, taklif qadrli.

@hilola_umarova
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Diqqat!❗️

25-oktabr kuni soat 18:00 da “Yangilangan baholash tizimi” mavzusida @marifatziyo telegram kanalida ovozli chat o‘tkaziladi.

Mavzu yuzasidan savollarga Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi direktori Dilrabo Davidovadan javob olinadi.

Baholash tizimiga oid savollaringizni @zilola_muhammadali ga yuborishingiz mumkin. Savol yuborish muddati 24-oktabr 18:00 ga qadar.

@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova
#Sport

🔺Xonqa tumani ixtisoslashtirilgan maktabida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qiliish va sportga qiziqishlarini oshirish maqsadida sportning VOLEYBOL turi bo‘yicha musobaqalar o'tkazilmoqda. Shuningdek, "Besh tashabbus" tadbirlari doirasida sportning FUTBOL turi bo‘yicha 13 ta jamoa ishtirokida maktab birinchiligi musobaqalarining saralash o‘yinlari o‘tkazildi.

🔺Qo'shko'pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 7-9- sinf o'quvchilari o'rtasida sportning MINI FUTBOL turi bo'yicha musobaqa bo'lib o'tdi.

🔺Xiva shahar 2-sin ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchilari jamoasi SHAXMAT bo'yicha mumiy o'rta ta'lim maktablari o'quvchilari o'rtasida "Maktab ligasi" musobaqasining Xiva shahar bosqichi birinchiligida 1-o'rinni egalladi.

🌐 Telegram | Facebook
#Xiva_shahar_1_son_IMI
#SAT

🧑‍🏫 BIZNING SHUNDAY USTOZLARIMIZ BOR!

Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining matematika fani o'qituvchisi

ATAJANOV SANJAR - SAT (matematikadan xalqaro sertifikat) bo'yicha 1050, matematika qismidan 800 ball qo'lga kiritdi.

⚡️ Ushbu yutuq bilan ustozimizni tabriklaymiz, kelajakdagi ishlariga esa omadlar tilab qolamiz.

🌐 Telegram | Facebook