XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.54K subscribers
20K photos
1.33K videos
32 files
6.09K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Yangiariq_IM
#Bellashuv #Uchrashuv
#ona_tilim_faxrim

🇺🇿21-oktabr - o'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun

Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida:

1️⃣. O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan 5-A sinfda maktabning ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Rahmonova Mavluda tomonidan "Zukkolar bellashuvi" o‘tkazildi. Bellashuvda yoshlarning tilga bo‘lgan e’tibori, hurmat ehtiromi, o‘zbek millatining urf-odatlari, an‘analariga hurmatda bo‘lishni yana bir bor isbotlandi.

2️⃣. O'tkir qalam sohibasi Shoira Shams va mahoratli jurnalist, shoir Hasanboy Ismoilovlar bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi. Davra suhbatida o'zbek tili qadimdan ezgulikka va teranlikka yo'g'rilganligi va mudom shu iftixorda turishi haqida gapirildi. Qizg'in muloqot o'quvchilarda so'zga va tilga bo'lgan qiziqishlarini yana ham oshirdi.

🌐 Telegram | Facebook
#tabriklaymiz
#Urganch_shahar_1_son_IMI

Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internati 9-03 sinf o’quvchisi

NAZAROVA DIANA -

Buyuk Britaniyadagi Immerse Education insholar tanlovida qatnashib, Oxford va Cambridge Universitetlaridagi kurslar uchun 100% grantni qo’lga kiritdi.

💥
O’quvchimizni ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklab, oldiga qo’ygan maqsadlarida omad yor bo’lishini tilab qolamiz.

🌐 Telegram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xiva_Prezident_maktabi
#OAV_biz_haqimizda

YURTIM OBODLIGIGA MENING HISSAM PLOGGING EKO-AKSIYASI

17.10.2024

🌿 Xiva shahridagi Prezident maktabi "Green Boosters" jamoasi va Xorazm Ekologiya boshqarmasi hamkorligida Shanbalik plogging aksiyasi o'tkazildi. Tadbirda 45 dan ortiq xorazmlik yosh eko-volontyorlar faol qatnashishdi, yig'ilgan plastik chiqindilar qayta ishlash zavodiga yuborildi.

📲@XorazmTELEKANAL✔️

🌐 Telegram | Facebook
#Bogʻot_IM
#ona_tilim_faxrim

21-oktabr O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kunning 35 yilligi munosabati bilan Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 6-B sinf o'quvchilari ishtirokida "Ona tilim-mening faxrim" mavzusida "Eng yaxshi she'rxon" she'riyat kechasi o'tkazildi.

Tadbir g'oliblari esdalik sovg'alar bilan taqdirlandi.

🌐 Telegram | Facebook