XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.93K subscribers
23.2K photos
1.58K videos
32 files
6.91K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#loyiha_ishi
#Tuproqqalʻa_IM

🎞 Tuproqqal'a tuman ixtisoslashtirilgan maktabining

5-Green sinf o‘quvchilari tomonidan ingliz tili fanidan "The environment" mavzusidagi loyiha ishi
tayyorlandi.

🌐 Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
E'LON

DXX akademiyasiga qabul boshlandi

2025/2026-o‘quv yili uchun “Amir Temur“ nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasida bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida o‘qishga saralash bosqichi boshlandi.

🟢 O‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlar 2024-yil 10-oktabrdan 10-noyabrgacha Bilim va malakalarni baholash agentligining veb-sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Facebook 🔹 Instagram 🔹YouTube
#Ona_tilim_faxrim
#Xiva_Prezident_maktabi

Xiva shahridagi Prezident maktabida "21-oktabr – Oʻzbek tili bayrami kuni”  hamda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligiga 35 yil to‘lishi munosabati bilan "Qadring baland bo'lsin, ona tilim!" mavzusida davra suhbati o'tkazildi.

⚡️Ushbu jarayon qiziqarli fikr-mulohazalarga boy bo'ldi. O'quvchilar ona tilimizning nufuzini dunyo miqyosida ko'tarish va buning ahamiyati haqida asosli fikrlar bildirdilar. Tilimiz nufuzini ko'tarish uchun takliflar berdilar. Quvonarlisi shundaki, o'quvchilar bu jarayonni maktabdan boshlash g'oyasini ilgari surdilar.

Suhbatda maktabning ma'naviy - ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari A. Eshmetova, sinf tarbiyachisi M.Roximova, ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Sh.G'ulamovalar ishtirok etishdi.

🌐 Telegram | Facebook
#kasbga_yònaltirish
#Shovot_IMI

⚡️SHOVOT TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB-INTERNAT O'QUVCHILARI SANOAT KORXONASIDA

❇️10-oktabr kuni Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 10-A sinf o'quvchilari, maktab-internat maslahatchisi D.Iskandarova, maktab-internat psixologi H.Yusupova hamda Z.Kalonovalar birgalikda Shovot tuman "Textile Finance Khorezm" MCHJ da bo'lishdi.

❗️O'quvchilarga dastlab texnika xavfsizligiga mas'ul xodim korxonaning texnika xavfsizlik qoidalari bilan tanishtirdi.

🏢Korxonaning sifat bo'yicha menejeri DUSHAMOV SARDOR korxonadagi ishlab chiqarish jarayonlarini xususan, paxta tolasidan ip ishlab chiqarishgacha bo'lgan jarayonlarni bosqichma-bosqich o'quvchilarga tushuntirib berdi hamda korxonaning yutuqlari haqida yaqindan tanishtirdi.

🌐 Telegram | Facebook
#Cerebry
#Yangibozor_IMI

🧑‍💻👩‍💻
Yangibozor tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati
da 7-10-sinf o'quvchilari CEREBRY platformasida  matematika va science fanlaridan test topshiriqlari bajarmoqdalar.

Test ishlash jarayonidan foto lavhalar.


🌐 Telegram | Facebook