XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
2.54K subscribers
24K photos
1.63K videos
33 files
7.2K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#imtihon_2024
#Prezident_maktablari

⚡️
PREZIDENT MAKTABLARIGA KIRISH IMTIHONLARINING BIRINCHI BOSQICHI

Ayni vaqtda Respublikamiz bo‘ylab Agentlik tizimidagi
Prezident maktablarga kirish imtihonlarining 1-smenasi bo‘lib o‘tmoqda.

❗️Ma’lumot uchun, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (60 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.


🗣Eslatma, Toshkent viloyati o‘quvchilari uchun imtihonlar Toshkent shahrida bo‘lib o‘tmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
👍2
#Xorazm
#Prezident_maktablari
#1_smena

👉 Xorazm viloyatida Prezident maktablariga kirish imtihonlarining 1-test bosqichi

"Yoshlik" sport majmuasining Manej zalida va

Bilim va malakalarni baholash agentligi Xorazm viloyati bo‘limi binosida bo‘lib o‘tmoqda.

1️⃣ -smena bo‘yicha:

📝 Ro‘yxat bo‘yicha - 2310 nafar
🙇‍♂️ Ishtirok etdi - 2221 nafar
🚷 Kelmadi - 89 nafar

🕰 1-smena test sinovlari 8:00 da boshlandi va 9:00da tugadi.

📌 Ayni paytda 2-smenada test topshiradigan talabgorlarni qabul qilish jarayonlari davom etmoqda.

🌐 Telegram | Facebook
👍5
#Xorazm
#Prezident_maktablari
#2_smena

👉 Xorazm viloyatida Prezident maktablariga kirish imtihonlarining 1-test bosqichi

"Yoshlik" sport majmuasining Manej zalida va

Bilim va malakalarni baholash agentligi Xorazm viloyati bo‘limi binosida bo‘lib o‘tdi.

2⃣ -smena bo‘yicha:

📝 Ro‘yxat bo‘yicha - 2068 nafar
🙇‍♂️ Ishtirok etdi - 1977 nafar
🚷 Kelmadi - 91 nafar

🕰 2-smena test sinovlari 12:00 da boshlandi va 13:00 da tugadi.

⚡️XORAZMDA
PREZIDENT MAKTABLARIGA KIRISH IMTIHONLARINING BIRINCHI BOSQICHI O‘Z NIHOYASIGA YETDI.

🌐 Telegram | Facebook
👍3
#imtihon_2024
#Prezident_maktablari

⚡️Agentlik tizimidagi Prezident maktablariga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi Respublikamizning barcha hududlarida bo‘lib o‘tdi.

📊 Ma'lumot o‘rnida, 2024/2025-o‘quv yili uchun Agentlik tizimidagi Prezident maktablariga jami 62 062 ta ariza kelib tushgan bo‘lib, hududlar kesimida:

📍Qoraqalpog‘iston Respublikasiga 3218 ta;
📍Andijon viloyatiga 6 844 ta;
📍Buxoro viloyatiga 2 897 ta;
📍Farg‘ona viloyatiga 7 017 ta;
📍Jizzax viloyatiga 4 212 ta;
📍Namangan viloyatiga 5 406 ta;
📍Navoiy viloyatiga 1 949 ta;
📍Qashqadaryo viloyatiga 4 941 ta;
📍Samarqand viloyatiga 5 988 ta;
📍Sirdaryo viloyatiga 2 384 ta;
📍Surxondaryo viloyatiga 4 906 ta;
📍Toshkent shahriga 3 753 ta;
📍Toshkent viloyatiga 3 907 ta;
📍Xorazm viloyatiga 4 640 ta ariza to‘g‘ri kelmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
#imtihon_2024
#prezident_maktablari

❗️AGENTLIK TIZIMIDAGI PREZIDENT MAKTABLARIGA ARIZA TOPSHIRIB 1-BOSQICHDAN O‘TGAN TALABGORLAR DIQQATIGA!

📆 Prezident maktablari imtihonlarining ikkinchi bosqichi 27-iyul kuni 1 smenada bo‘lib o‘tadi.

📝 Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi test shaklida:
matematika fanidan tanqidiy fikrlash va muammoni yechish bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 90 daqiqa;
ingliz tili fanidan grammatika (Grammar component) va matn bilan ishlash (Reading component) bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 40 daqiqa beriladi.

📶 Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan tashqari (130 daqiqa), kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.

Talabgorlar ruxsatnoma va tug'ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi bilan kelishlari kerak.

Boshqa har qanday buyum olib kirish taqiqlanadi.

📲Har bir talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi. Shundan so‘ng, imtihon o‘tkaziladigan joy nomi va vaqti to‘g‘risidagi maʼlumotni shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishingiz mumkin.

📍Toshkent viloyati o‘quvchilari uchun imtihonlar Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9
#imtihon_2024
#Prezident_maktablari
#2_bosqich
#Xorazm

🔴 Ayni damda Urganch tumanidagi
Bilim va malakalarni baholash agentligi Xorazm viloyati bo‘limi binosida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Xiva shahridagi Prezident maktabining 2-bosqich imtihonlari bo'ib o'tmoqda.

✔️ Talabgor o'quvchilar uchun

matematika fanidan tanqidiy fikrlash va muammoni yechish bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 90 daqiqa;

ingliz tili fanidan grammatika (Grammar component) va matn bilan ishlash (Reading component) bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 40 daqiqa beriladi.

🕰 Imtihonlar 10:00 da boshlandi.

📸 Jarayondan fotolavhalar.

🌐 Telegram | Facebook
👍7
#imtihon_2024
#Prezident_maktablari
#ikkinchi_bosqich

⚡️PREZIDENT MAKTABLARI IMTIHONLARINING IKKINCHI BOSQICHI BO’LIB O’TDI

📝Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi test shaklida:
matematika fanidan tanqidiy fikrlash va muammoni yechish bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 90 daqiqa;
ingliz tili fanidan grammatika (Grammar component) va matn bilan ishlash (Reading component) bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 40 daqiqa beriladi.

Prezident maktablarining 2-bosqich imtihonlari Angliyaning Cambridge Assessment International Education tashkiloti vakillari tomonidan nazorat qilindi.

✔️ Shuningdek, Prezident maktablariga kirish imtihonlari natijalarini tekshirish va talabgorlarning javoblari natijalarini baholash ushbu tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.

🗺 Eslatib o‘tamiz, Toshkent viloyati o‘quvchilari uchun imtihonlar Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

💫 Imtihonda ishtirok etgan barcha talabgorlarga omad tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
👍4
#imtihon_2024
#Prezident_maktablari
#Xorazm

➡️ Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi  Prezident maktablarining 2-bosqich imtihonlari yakunlandi.

📸 Xorazm viloyatida o‘tkazilgan imtihon jarayonlaridan fotolavhalar.

📝 Ro‘yxat bo‘yicha - 480 nafar
🙇‍♂️ Ishtirok etdi -  480 nafar

🌐 Telegram | Facebook
👍8🔥2
#imtihon_natijalari
#ikkinchi_bosqich
#Prezident_maktablari

📣 PREZIDENT MAKTABLARINING 2-BOSQICH IMTIHON NATIJALARI E'LON QILINDI!

📆 Joriy yilning 27-iyul kuni o‘tkazilgan 2-bosqich imtihon natijalari e’lon qilindi.

🌐Imtihon natijalari Cambridge Assessment International Education tashkilotining rasmiy veb-sahifasida e'lon qilindi:
https://www.cambridgeinternational.org/July-2024-test-results-presidential-schools-admissions/


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yil_sarhisobi
#Prezident_maktablari

🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan Prezident maktablari yoʻnalishida 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan infografika

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#STEM
#hududiy_bosqich
#Prezident_maktablari

🤩 Agentlik tizimidagi Prezident maktablari o‘rtasida ilk bor o‘tkazilayotgan "STEM+" musobaqasining hududiy bosqichi yakunlandi.

Musobaqa shartlariga ko‘ra, Prezident maktablari jamoalari savol-javob, robototexnika loyihalari taqdimoti hamda “Karl Popper” debati orqali o‘z bilim va mahoratlarini sinovdan o‘tkazdi.

Hududiy bosqichda Guliston, Xiva, Qarshi va Namangan shahridagi Prezident maktablari jamoalari g‘oliblikni qo‘lga kiritib, musobaqaning Respublika bosqichiga yo‘llanma oldi.

"STEM+" musobaqasining asosiy maqsadi o‘quvchilarda ilm-fan va texnologiyalarga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish bilan birga, ularning jamoaviy ishlash va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini yuksaltirishdir.

Shuningdek, musobaqa o‘quvchilarning loyiha ishlanmalarini amaliyotga tatbiq etishga ko‘maklashish orqali ular uchun yangi imkoniyatlar yaratishni ko‘zda tutadi.

Maʼlumot oʻrnida, joriy yilning 27-mart kuni Agentlik tizimidagi "Renessans" sogʻlomlashtirish oromgohida "STEM+" musobaqasining Respublika bosqichini oʻtkazish rejalashtirilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#STEM
#Respublika_bosqichi
#Prezident_maktablari

🤩 Agentlik tizimidagi Prezident maktablari o‘rtasida ilk bor o‘tkazilayotgan "STEM+" musobaqasining Respublika bosqichi yakunlandi.

Xabar berilganidek, “Renessans” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida Prezident maktablari o‘rtasida ilk bor tashkil etilgan "STEM+" musobaqasining Respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Unda hududiy bosqichda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Guliston, Xiva, Qarshi va Namangan shahridagi Prezident maktablari jamoalari fan va texnologiyalar boʻyicha bilimlari, jamoaviy ishlash va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini sinovdan oʻtkazdi.

Yakuniy natijalarga koʻra, Respublika bosqichida:

🥇Namangan shahridagi Prezident maktabi jamoasi 1-oʻrinni;
🥈Qarshi shahridagi Prezident maktabi jamoasi 2-oʻrinni;
🥉 Xiva shahridagi Prezident maktabi jamoasi 3-oʻrinni egalladi.

Shuningdek, maqolalar yoʻnalishida 7 ta nominatsiya boʻyicha ham g’oliblar taqdirlandi.

Loyihalar yoʻnalishi boʻyicha Toshkent hamda Termiz shahridagi Prezident maktablari eng yuqori natijaga erishdi.

Musobaqa gʻolib va sovrindorlari maxsus sertifikat va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏆3
#qabul_2025
#Prezident_maktablari
#1_iyun_20_iyun

📣📣📣📣📣

❗️
PREZIDENT MAKTABLARI 2025/2026-OʻQUV YILI UCHUN QABUL EʼLON QILADI!

⚡️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablariga 2025/2026-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 1-iyundan – 20-iyunga qadar ONLAYN shaklda my.gov.uz hamda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

🕊PREZIDENT MAKTABLARI

Prezident maktablariga qanday hujjatlar talab etiladi?

🗂 Talabgorning
:
tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi;
fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);
ota-onasi yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxsning pasport maʼlumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim;
baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan).

❗️DIQQAT
🗂 Talabgorning baholar tabelidagi matematika va tabiatshunoslik fanlaridan 4-sinfdagi yillik baholari "5" baho (aʼlo) boʻlishi lozim
.

Prezident maktablariga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?
Prezident maktablariga 4-sinfni tugatgan oʻquvchilar 5-sinfga qabul qilinadi.

☎️ Call-markaz: 1206

Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
#Prezident_maktablari

🤩 Nukus, Xiva va Buxoro shaharlaridagi Prezident maktablari o‘rtasida "4S" — Spirituality, Sport, Science, Socializing festivali tashkil etildi.

Qabulga oid yangiliklarni biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
#imtihon_2025
#Prezident_maktablari

🔔 Hurmatli ota-onalar!

📆 Ertaga, 6-iyul kuni Prezident maktablariga kirish imtihonlarining 1-bosqichi — saralash bosqichi boshlanadi!

⚡️ Kirish imtihonlarida quyidagi tartib-qoidalarga amal qilishingiz so‘raladi:

🗣Jumladan:

✔️ Farzandingizni imtihon o‘tkaziladigan belgilangan manzilga o‘z vaqtida olib kelishingiz va imtihondan so‘ng o‘zingiz bilan olib ketishingiz lozim;

✔️ Issiq ob-havoni inobatga olib, farzandingizni yengil va qulay kiyimlarda kiyintiring;

✔️ Imtihonga kelishdan oldin farzandingiz to‘yimli va yengil nonushta qilganiga e’tibor bering (yog‘li, hazm qilishni qiyinlashtiradigan taomlardan saqlaning);

✔️ Ushbu tartiblarga rioya qilishingiz farzandingizning imtihon vaqtida o‘zini qulay va xotirjam his etishiga yordam beradi.

Yodingizda bo‘lsin: imtihonda “yordam” berishni va’da qilayotgan shaxslarga aslo ishonmang. Bu firibgarlikdir!

🔖 Farzandingizning bilimi — uning yagona natijasidir!

❗️Maʼlumot uchun: talabgorlar imtihon boshlanishidan 1,5 soat oldin tug‘ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi hamda ruxsatnoma bilan kelishlari shart.

📱 1-smena: soat 8:00 da
📱 2-smena: soat 12:00 da

📞 Savollar bo‘yicha: 1206

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
#Imtihon_2025
#Prezident_maktablari

Prezident maktablariga kirish imtihonlarining 1-bosqichi boshlandi.

📊 Ma'lumot uchun, Respublika bo‘yicha Prezident maktablariga 49 924 ta hujjat kelib tushgan bo‘lib, bir oʻringa oʻrtacha hisobda 148 nafar talabgor toʻgʻri kelmoqda.
🏆2