XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.6K subscribers
19.4K photos
1.27K videos
32 files
5.92K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tuproqqalʻa_IM
#Cerebry

Tuproqqal'a tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 7-11-sinf o'quvchilari navbatma-navbat CEREBRY PLATFORMASI orqali test asosida o'z bilimlarini sinovdan o'tkazmoqdalar.

🌐 Telegram | Facebook
#davra_suhbati

⏺️ Urganch shahar 1-son IMIda Urganch Davlat Pedagogika Instituti bilan hamkorlikda uchrashuv uyushtirildi.Unda UrDPI Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo'lim boshlig'i Sarvarbek Abdullayev va tarix fanlari doktori(DSc), prorektor Diyorbek Abdullayevlar ishtirok qildilar.

⏺️ Yangibozor tumani IMIda “Ta’lim biz-qizlar uchun o‘ta zarur va muhimdir” mavzusida davra suhbati bo‘lib o'tdi.

⏺️ Tuproqqal'a tuman IMda yuqori sinf o‘quvchilari bilan "Imom Termiziy tavalludining1200 yilligi" munosabati bilan davra suhbati bo'lib o'tdi. O'R Ma'naviyat va ma'rifat markazi Tuproqqal'a tuman bo‘limi xodimi M. Davletov tomonidan Imom at-Termiziy hayoti va faoliyati haqida ma‘lumotlar berildi.

⏺️ Xiva shahar 2-son IMda "Tarbiyasi go'zal, ta'limi oliy qizlar" mavzusida davra suhbati tashkil qilindi.

⏺️ Xiva shahar 1-son IMI shifokori M.Solayeva va hamshira M.Shomuratova boshchiligida maktab-internat qizlari bilan birgalikda "Shaxsiy gigiyena" mavzusida davra suhbati o'tkazildi.

🌐 Telegram | Facebook
#tanlov

“Til va adabiyot ta’limi” jurnali “Yilning eng yaxshi materiali” tanlovini e’lon qiladi!

Tanlov yo‘nalishlari:
1. “Eng yaxshi maqola”
2. “Eng yaxshi dars ishlanma”.
3. “Eng yaxshi metodik tavsiya”.
4. “Eng yaxshi asar tahlili” (darsliklar asosida).

Tanlov g‘oliblari noutbuk, planshet, mobil telefon kabi qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

Tanlovga materiallar o‘zbek, rus yoki ingliz tilida shu yilning 10-dekabrigacha @MaqolaTanlovBot orqali qabul qilinadi.

G‘oliblarni taqdirlash marosimi 2025-yil yanvar oyida o‘tkaziladi. Eng yaxshi materiallar jurnal sahifalarida chop etiladi.

Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama
Forwarded from Hilola Umarova
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, “Yangi Oʻzbekiston” universiteti va boshqa hamkorlar bilan birgalikda Markaziy Osiyo universitetlar forumi oʻtkaziladi.

Joriy yilning 16-oktabr kuni oʻtkaziladigan ushbu yirik xalqaro tadbirda xorijdan 200 ga yaqin ishtirokchi qatnashishi kutilmoqda.

MIT va Kembrij kabi nufuzli oliygohlar vakillari qatnashadigan mazkur forumdan koʻzlangan maqsad Markaziy Osiyoda, xususan yurtimizda oliy taʼlim tizimiga dunyo tajribasini olib kirish hamda zamonaviy taʼlim islohotlarini muhokama qilishdan iborat.

Forum doirasida 12-oktabr kuni italiyalik olim, hisoblash fizikasining dunyoga mashhur arbobi va qora tuynuklarning birinchi tasvirlarini yaratuvchilaridan biri boʻlgan Luciano Rezzollaning ochiq maʼruzasini tashkil etadi.

Shuningdek, 15-oktabr kuni dunyoning yetakchi oliygohlaridan biri Massachusetts texnologiya instituti akademik rivojlanish boʻyicha kansleri professor Erik Grimson bilan ochiq muloqot tashkil etiladi.

Maʼruza mavzusi juda dolzarb: “Kelajakka tayyorgarlik: barcha jabhada sunʼiy intellekt”.

Muloqotda yurtimizning barcha taʼlim muassasalari vakillari ishtirok etishlari va qimmatli tajribaga ega boʻlishlari mumkin.

Forum oldi tadbirlaridan yana biri zamonamizning eng nufuzli iqtisodchilaridan biri, monopoliyalarni tartibga solgani uchun Nobel mukofoti sovrindori Jan Tirol bilan tashkil etiladigan maʼruza.

Fransiyalik olim Jan Tirol tomonidan 14-oktabr kuni ochiq maʼruza tashkil etiladi.

Ochiq maʼruzada olim shaxsiy manfaatlar va ijtimoiy farovonlik oʻrtasidagi muvozanatni tushuntirib, xalq farovonligiga erishish boʻyicha oʻz izlanishlari haqida maʼlumot beradi.

Jan Tirol 2014-yil monopoliyalarni boshqarish va bozorni tartibga solish sohalaridagi dolzarb muammolarga eng yaxshi yechimlarni ilgari surgani uchun Nobel mukofoti bilan taqdirlangan.

Ilm-taʼlimga befarq boʻlmagan yurtdoshlar, soha vakillari forum jarayonlarini, albatta, kuzatib boring.

@hilola_umarova
#CIS
#Xiva_Prezident_maktabi

▪️Xiva shahridagi Prezident maktabida Xalqaro maktablar kengashi vakillari (CIS) tomonidan oʻquvchilarga yaratilgan sharoitlar, taʼlim jarayonining sifatli tashkil etilgani, maktab binosining xavfsizlik talablariga javob berishi kabil masalalarni o'rganish jarayonlari davom etmoqda.

Tashkilot vakillari tomonidan darslar kuzatildi, o'quvchilar, texnik xodimlar hamda yotoqxona xodimlari bilan suhbatlar o'tkazildi.

🌐 Telegram | Facebook