“Qalbingda ezgulik va ma’rifat hissini uyg‘ot!” degan shior ostidagi bu kontentlar o‘quvchilarni Vatanga mehr va sadoqat, milliy qadriyat va an’analarga hurmat, yaxshilikni yoqlab, yomonlikni rad etish ruhida tarbiyalashga xizmat qilishi zarur.
Hech shubhasiz, yoshlarni milliy ruhda tarbiyalashda madaniyat va san’at beqiyos ahamiyatga ega.
Madaniyat va san’at bilan oshno bo‘lgan o‘quvchilar ezgulikning kuchini chuqur his etadi, ularda o‘ziga ishonch paydo bo‘ladi.
Shuning o‘zi alohida maktab, alohida tarbiya, desak, to‘g‘ri bo‘ladi.
Shu o‘rinda haqli savol tug‘iladi, musiqa o‘qituvchilarining o‘zi maqom san’atini, teatr madaniyatini, qolaversa, soz chalishni qay darajada biladi?
Nazarbekov, Umarova bilan birgalikda musiqa o‘qituvchilari tarkibini tanqidiy ko‘rib chiqib, ularning kasbiy mahorati va ko‘nikmasini oshirish choralarini ko‘radi.
Shu bilan birga, Nazarbekov madaniyat va san’at tizimidagi oliygohlarda umumta’lim maktablari uchun musiqa o‘qituvchilarini tayyorlash, ularning malakasini oshirish ishlariga mas’ul bo‘ladi.
Umarova “Turon” teatrining ijobiy tajribasi asosida maktablarda “Iqtidor” havaskorlar badiiy jamoalarini tashkil qilishi zarur.
Bu jamoalarga musiqa o‘qituvchilari rahbarlik qiladi. Musiqa maktablari esa joylarda tayanch maktabi sifatida ish olib boradi.
Bu ishlarni tizimli yo‘lga qo‘ysak, har bir maktab va mahallaga albatta madaniyat kirib boradi.

E’tiboringizni yana bir muhim masalaga qaratmoqchiman.
Siz, hurmatli ustozlar maktab o‘quvchilaridan “Men qanday kasb egasi bo‘lmoqchiman?”, degan mavzuda insholar, yozma ishlar olasizlar.
Lekin, o‘quvchilar yozgan ana shu ishlar tahlili bilan kimdir shug‘ullanyaptimi? Respublika va viloyat kesimidafarzandlarimiz qaysi kasblarni eng ko‘p tanlashmoqda?
Eng muhimi, bolalarimiz tanlayotgan kasblarga kelajakda mehnat bozorida talab bo‘ladimi o‘zi? Bolalarning yozma ishlarini chuqur tahlil qilib, ularning orzu va intilishlarini aniqlab, mustaqil hayotga to‘g‘ri yo‘naltirish bizning asosiy vazifamiz bo‘lishi kerak.
Hasanov, Sa’dullayev, Umarova maktab o‘quvchilari o‘rtasida turli mavzularda insholar, yozma ishlar tanlovlarini o‘tkazishni muntazam yo‘lga qo‘yadi va ularning tahlili bo‘yicha yangi tizim yaratadi.
Albatta, o‘quvchilarda insho yozish ko‘nikmasini oshirishda ularning kitobxonlik madaniyati muhim o‘rin tutadi.
Shu bois, bu masala doimo e’tiborimiz markazida bo‘ladi.
Umuman, yoshlarni tarbiyalash, ularni aqliy va ma’naviy jihatdan rivojlantirishda kitobning ahamiyati juda katta. Kitob – bilim va ezgulik manbai, beqiyos ma’naviy va ma’rifiy kuch.
Shu bois, o‘quvchilarda kitobga bo‘lgan qiziqishni oshirish, ularga kitobxonlik madaniyatini singdirish uchun alohida tanlov o‘tkazib, g‘olib bo‘lgan yoshlarga avtomobil sovg‘a qilishni yo‘lga qo‘ydik.
Ushbu ezgu ishlarimizni yanada ommalashtirish va kerak bo‘lsa, eng olis qishloqdagi maktablarga ham yetkazish maqsadida:
Shermatov maktablardagi ma’naviyat xonasi va kutubxonasini zarur texnika va optik tolali Internet tarmog‘i bilan ta’minlaydi;
Asad Xodjayev barcha maktablarning Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi elektron portalidan foydalanishini tashkil etadi.
Bu ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yish uchun Umarova Asad Xodjayev bilan birga maktab kutubxonachisining vazifasini qayta ko‘rib chiqadi va ularni maxsus kurslarda o‘qitadi.

Bugun zamonning o‘zi har birimizdan ona yurt himoyachisi, vatanparvar bo‘lishni talab etmoqda.
Bunda ayniqsa mard va jasur serjant va ofiserlar, harbiy chaqiriqqa tayyorlash fani o‘qituvchilari o‘rnak bo‘lishlari kerak.
Ushbu muallimlarga direktor o‘rinbosari lavozimini berganimiz albatta bejiz emas. Hozir maktablarda qariyb 10 ming nafar ana shunday o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatmoqda.
Afsuski, ularning aksariyatida harbiy sohadagi zamonaviy bilim va ko‘nikmalar, ular uchun ish sharoiti talab darajasida emas.
Endi mana shu o‘qituvchilar Mudofaa vaziri tomonidan zaxiradagi harbiy xizmatchilar tarkibi orasidan tayinlanadi.
B.Qurbonov ushbu lavozimni munosib kadrlar bilan ta’minlash, maktablardagi “Vatan tayanchi” harbiy-vatanparvarlik guruhlari o‘rtasida harbiy ko‘nikmalarni shakllantirish, Vatan himoyachisi bo‘lishga mehr va havas uyg‘otish bo‘yicha bir oy muddatda tegishli qaror loyihasini kiritsin.
Shu borada, bir fikrni barchamiz chuqur tushunib olishimiz kerak.
Vatanparvarlik tarbiyasi – bu faqat harbiy yoki ta’lim sohasi xodimlarining ishi emas. Bu – butun jamiyatning ishi.
Bu ishga butun jamoatchilikni faol jalb etmas ekanmiz, kutilgan natijaga erishish qiyin bo‘ladi.
Albatta, yoshlarimiz yaxshi shifokor, iste’dodli olim, mohir “Ay-ti” bilimdoni, zo‘r tadbirkor bo‘lishi mumkin. Lekin, ular chinakam vatanparvar insonlar bo‘lib voyaga yetmasa, o‘zingiz ayting, xalqimiz, Vatanimizning taqdiri va kelajagi uchun ertaga kim mas’ul bo‘ladi?
Shu bois, mahalla, nuroniylar, xotin-qizlar, yoshlar tashkilotlari bu masalada o‘z faoliyat dasturiga ega bo‘lishi zarur.
Yoshlarimiz ongiga barchamiz birgalikda “Men haqiqiy vatanparvar bo‘laman” degan g‘oyani chuqur singdirishimiz kerak.
Maktablarda, umuman, ta’lim tizimida vatanparvarlik tarbiyasi bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish topshirig‘i berildi.

Bizning qanday mard va jasur chempionlarimiz, qahramonlarimiz bor?
Ularning har biri yoshlarimiz uchun vatanparvarlik bo‘yicha chinakam ibrat maktabi bo‘lib xizmat qilishi kerak. Shu borada, milliy sportimiz fidoyilari, xususan, jismoniy tarbiya o‘qituvchilariga ko‘p narsa bog‘liq.
Afsuski, maktablardagi 33 ming nafar jismoniy tarbiya o‘qituvchisining kasbiy va jismoniy mahorati yetarli emas.
Ikramov endi bu o‘qituvchilar tarkibini tubdan yangilab, faol va chempion sportchilar orasidan tanlov asosida to‘ldiradi. Ularning kasbiy mahorati va malakasini Jismoniy tarbiya institutida oshirib borishni yo‘lga qo‘yadi.
Shu paytgacha mahallalarda qurib kelingan sport maydonchalari endi maktablar hududida barpo etiladi.
Maktablarda yoshlarni aqliy rivojlantirishda muhim o‘rin tutadigan shaxmatni ommalashtirish uchun alohida qaror loyihasini ishlab chiqamiz.
Shu asosda, respublikada Aripov va hududlarda viloyat rahbarlari boshchiligida islohotlar amalga oshirilib, yoshlarimiz o‘rtasida bu sport turi yanada rivojlantiriladi.
Shundagina sport bo‘yicha yaxlit tizim paydo bo‘lib, maktablarda jismoniy tarbiya darslarining sifati oshadi, mahallarda ommaviy sport rivojlanadi.

Forwarded from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
Prezident yurtimizdagi barcha ota-onalar, ustoz va murabbiylarga murojaat qildi:
“Bizning dunyodagi eng aziz va moʻtabar xazinamiz – bu umrimiz guli va mevasi bo‘lgan farzand va nabiralarimizdir.
Hech shubhasiz, barchamiz ularning kelajakda baxtli va saodatli insonlar bo‘lib yashashini istaymiz. Lekin bunga erishish oson emas.
Ayniqsa, bugungi tahlikali davrda ezgu maqsadlarga yetish uchun insonga hushyorlik va ogohlik, qat’iy iroda, yuksak bilim va keng dunyoqarash, zamonaviy kasb-hunarlar har qachongidan ham zarur.
Ta’lim va tarbiya – butun jamiyatning muqaddas ishidir! Barchamizdan doimo hamjihatlik, faollik va fidoyilikni talab etadigan hayot-mamot masalasidir.
Ezgulik, bilim va ma’rifatni qurol qilib, jaholat va yovuzlik yo‘lini to‘saylik!
Farzandlarimizning baxti, yorug‘ kelajagi uchun, jonajon Vatanimiz istiqboli uchun mustahkam poydevor yarataylik!”

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#Yangibozor_IMI
#Ustozlar_kuni
Bilim — katta daryo, ustoz, siz — mirob,
Millat ravnaqida murabbiy — oftob.
⚡️Yangibozor tumani ixtisoslashtirilgan maktab-internatida o‘tkazilgan bayram tadbiridan lavhalar.
🔴 Aziz ustozlar, bayramingiz muborak bo'lsin!!!
🌐 Telegram | Facebook