#Ogahiy_ijod_maktabi
#Ustozlar_kuni
🇺🇿 Joriy yilning 28-sentabr sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida 1-oktabr – “Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan o‘tkazilgan "Ustozim, sizga ta'zim" nomli bayramona tadbir jarayonidan foto lavhalar.
🌐 Telegram | Facebook
#Ustozlar_kuni
Ustoz deganda, har qaysi inson ko'nglida chuqur hurmat - ehtirom va cheksiz minnatdorlik tuyg'ulari, shu bilan birga, hech qanday boylik bilan o'lchab va ado qilib bo'lmaydigan qarzdorlik hissi paydo bo'ladi. Xalqimizning ustoz otangdek ulug‘, degan purhikmat naqlida ham o‘qituvchi va murabbiylarga bo‘lgan samimiy ehtirom namoyon.
🇺🇿 Joriy yilning 28-sentabr sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida 1-oktabr – “Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan o‘tkazilgan "Ustozim, sizga ta'zim" nomli bayramona tadbir jarayonidan foto lavhalar.
🌐 Telegram | Facebook
🔥2
Forwarded from Zakovat: Xorazm
1️⃣ Xiva shahridagi Prezident maktabi jamoasi;
2️⃣ Xiva shahridagi Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabi jamoasi;
3️⃣ Qo'shko'pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi;
4️⃣ Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi.
https://t.iss.one/XorazmTELEKANAL?livestream
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Zakovat: Xorazm
30-sentabr kuni soat 18:20 "Xorazm TV" telekanalida JONLI EFIR "Breyn ring" intellektual o'yinida qaysi maktab o'qituvchilari jamoa g'alaba qozonadi deb o'ylaysiz.
Anonymous Poll
20%
Xiva shahridagi Prezident maktabi jamoasi
48%
Xiva shahridagi Ogahiy ijod maktabi jamoasi
23%
Qo'shko'pir tuman ixtisoslashtirilgan maktab jamoasi
9%
Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktab jamoasi
💯4
#Bugun
30-sentabr – Xalqaro tarjimonlar kuni
💬 Xalqaro tarjimonlar kuni har yili 30-sentabrda tarjimonlar va tarjimonlarning madaniyatlararo muloqot va tushunishni rivojlantirishdagi muhim rolini e’tirof etish maqsadida nishonlanadi.

✔️Bu kun birinchi marta 1953-yilda Xalqaro tarjimonlar federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan va hozirda 100 dan ortiq mamlakatlarda nishonlanadi.
🌐 Telegram | Facebook
Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Бугун Президент Шавкат Мирзиёев Ўқитувчи ва мураббийлар куни муносабати билан давлат мукофотларини топширади ҳамда соҳа вакиллари билан таълимда амалга оширилаётган ишлар ва келгусидаги устувор вазифалар юзасидан мулоқот ўтказади.
Шунингдек, давлатимиз раҳбари янгидан ташкил этилган Абдулла Авлоний номидаги Педагогик маҳорат миллий институтида яратилган шароитлар билан танишади.
—
Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев вручит государственные награды в связи с Днем учителей и наставников, а также проведет диалог с представителями сферы о проводимой работе и дальнейших приоритетных задачах в образовании.
Глава государства также ознакомится с созданными условиями в новом Национальном институте педагогического мастерства имени Абдуллы Авлони.
Facebook|Instagram|X

👍1
Forwarded from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
Assalomu alaykum, muhtaram yurtdoshlar!
Hurmatli ustoz va murabbiylar!
Avvalo, siz, azizlar bilan – qalbimga eng yaqin, olijanob insonlar bilan mana shunday qutlug‘ ayyomda, bayramona kayfiyatda ko‘rishib turganimdan baxtiyorman.
Sizlarni, sizlarning timsolingizda mamlakatimizning barcha ta’lim-tarbiya xodimlarini O‘qituvchi va murabbiylar kuni – umumxalq bayrami bilan samimiy muborakbod etaman.
Mana shunday quvonchli kunda barcha shogirdlaringiz, ko‘pmillatli xalqimiz nomidan sizlarga yuksak hurmat-ehtiromimizni, ezgu tilaklarimizni bildirib, chuqur minnatdorchilik izhor etaman.
Biz ustozni otadek ulug‘ deb bilgan, uni hamisha boshiga ko‘tarib e’zozlagan buyuk, ma’rifatparvar xalqning vakillarimiz.
Tariximizdagi qaysi mashhur ajdodimizni olmaylik, ularning barchasi ustozlarga yuksak ehtirom bilan qaraganlariga guvoh bo‘lamiz.
Ustozini, muallimini e’zozlagan jamiyat albatta ravnaq topadi, gullab-yashnaydi.
O‘qituvchisining qadr-qimmati baland bo‘lgan xalqning obro‘-e’tibori yuksak bo‘ladi.
Hayotda har bir ezgulik, har bir kashfiyot va yutuqning zamirida o‘qituvchining mehnati, bardoshi va mehr-muhabbati mujassam.
Shu bois, har birimiz hayotda qanday muvaffaqiyat va natijaga erishgan bo‘lsak, bu yutuqlarda aziz ustozlarimizning beqiyos hissasi borligini doimo minnatdorlik bilan e’tirof etamiz.
Ta’lim – sohalar ichida eng dolzarbi, maktab – eng muhimi bo‘lsa, o‘qituvchilik kasblar orasida eng ulug‘idir.
Shaxsan men o‘qituvchi deganda – o‘zim uchun aziz va qadrli bo‘lgan zotlarni, yuz-ko‘zidan nur yog‘ilib turadigan moʻtabar insonlarni tasavvur qilaman.
Samimiy va mehribon, shu bilan birga, talabchan ustozlarimni, ularning darslari, hayotiy saboqlarini hamisha sog‘inaman.

"Jamiyatimizdagi eng jonkuyar, vatanparvar, xalqparvar insonlar, zamonamizning eng ilg‘or kishilari – bu avvalo ustoz va muallimlardir.
Shu sababli xalqimiz o‘zining eng katta boyligini – farzandlari tarbiyasini sizlarga ishonib topshiradi.
Hayot ma’nosi, o‘zgarishlar mazmunini chuqur anglab, boshqalarga tushuntiradigan, odamlarni ezgulikka, yangi marralarga ruhlantiradigan ham siz, muhtaram ustozlardir.
Barchamiz yaxshi bilamiz, insonning ongi, dunyoqarashi o‘zgarmasa, jamiyat o‘zgarmaydi. Jamiyat o‘zgarmasa, taraqqiyot ham bo‘lmaydi.
Lekin odamlarning tafakkurini, shu asosda butun jamiyatni kim o‘zgartira oladi?
Yangi O‘zbekistonning yangi beruniylari, yangi Xorazmiylari, Ibn sinolari, Farg‘oniylarini kim kamolga yetkazadi?
Albatta, bunday ezgu va ulug‘vor vazifani, tom ma’nodagi tarixiy missiyani ado etishga faqat siz – ustoz va murabbiylar qodirsiz.
Bugun azamat yoshlarimiz jahon maydonlarida o‘z kuchi va bilimi, iste’dodi bilan ulkan marralarni qo‘lga kiritayotganini ko‘rib, quvonib turibmiz.
Bu g‘alabalar avvalo ustoz-murabbiylarning fidokorona mehnati samarasi, desak, to‘g‘ri bo‘ladi.
Shu bois sizlarning sha’ningizga, muhtaram ustozlarimiz sha’niga qancha yaxshi gaplarni aytsak, go‘zal ta’riflar bildirsak, qanday ezgu tilaklarni yo‘llasak, o‘ylaymanki, buyam adolatli haqiqat bo‘ladi" — dedi Shavkat Mirziyoyev ta'lim-tarbiya sohasi vakillari bilan bo'layotgan muloqotda.

"Hammangizga yaxshi ma’lum – bugungi kunda barcha soha va tarmoqlardagi islohotlarimiz inson qadri, uning huquq va manfaatlarini ta’minlashga qaratilmoqda.
Bosh maqsadi yangi zamon kishisini, Yangi O‘zbekiston yoshlarini tarbiyalash bo‘lgan ta’lim va tarbiya sohasi uchun bu vazifa alohida ahamiyat kasb etadi.
Vatan va xalq manfaati uchun mardona kurashadigan, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega, bilimli va bunyodkor avlodni kim tarbiyalaydi? Albatta, sizlar – zahmatkash va jonkuyar ustozlar.
Buning uchun avvalo o‘qituvchining o‘zi huquqiy, ijtimoiy va moliyaviy tomondan himoya qilingan va yetarli ta’minlangan bo‘lishi kerak.
Shundagina u o‘zining chinakam insoniy va kasbiy fazilatlarini amalda namoyon qila oladi.
Yangilangan Konstitutsiyamizda dunyodagi moʻtabar shaxs – o‘qituvchi maqomini alohida mustahkamlash, bu kasbni jamiyatdagi eng obro‘li ishga aylantirish mening necha yillik orzuim, kerak bo‘lsa, armonim edi.
Chunki o‘zim ham ko‘p yillar shu sohada ishlaganman. O‘qituvchi mehnati qanchalik og‘ir va mashaqqatli ekanini yaxshi bilaman.
Afsuski, ana shunday sharafli va olijanob kasb egalariga biz yaqin o‘tmishda yetarlicha hurmat va e’tibor qarata olmadik.
Sir emas, qaysi sohaga qo‘shimcha ishchi kuchi kerak bo‘lsa, birinchi navbatda o‘qituvchi-pedagoglar jalb etiladigan bo‘lib qolgan edi.
Biz mamlakatimizda yangi islohotlarni boshlagan birinchi kunlardan e’tiboran ana shu og‘riqli masalani hal etishga – o‘qituvchilarni, bolalar va ayollarni majburiy mehnatdan xalos qilishga kirishdik.
Qat’iy iroda va intilish bilan bu noxush holatlar bugun tarixga aylandi.
Mana, bu yil “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi qonunni qabul qildik. Konstitutsiyamizda belgilangan qoida endi ana shu qonun asosida ishlay boshlaydi.
Kimki o‘qituvchiga bosim o‘tkazib, uning kasb faoliyatiga daxli bo‘lmagan ishlarga, turli majlislarga jalb etmoqchi bo‘lsa, ana shu qonun asosida javobgarlikka tortiladi" — dedi Prezidentimiz.
Forwarded from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
➖ Kadrlar yetishmovchiligini bartaraf etish uchun oliygohlarda sirtqi ta’lim shaklini tikladik.
Pedagogika yo‘nalishidagi oliygohlarimiz dunyodagi nufuzli ta’lim markazlari bilan samarali hamkorlik qilinib xalqaro darajadagi pedagog kadrlar tayyorlanmoqda.
O‘qituvchilarga mahorati va erishgan yutuqlariga qarab to‘lanadigan ustamalar soni 3 tadan 17 taga oshirildi.
Bugun muallimlarning 88 foizi 6 million so‘mgacha, 11 foizi 6 milliondan 10 million so‘mgacha oylik olmoqda.
O‘z ustida astoydil ishlagan, xorijiy sertifikat olgan 6 ming o‘qituvchi 10 million so‘mdan ziyod maosh olmoqda. 2020-yilda bunday o‘qituvchilar 102 nafar bo‘lgan.
Albatta, bu hali yetarli emas, lekin ushbu raqam keyingi ikki yilda 5,3 barobar oshganini ta’kidlash lozim.
O‘tgan 5 yilda maktab ta’limida, ta’bir joiz bo‘lsa, lokomotiv vazifasini bajaradigan 14 ta Prezident maktabi, 9 ta ijod maktabi faoliyatini yo‘lga qo‘ydik.
Ana shu maktablar dasturlari asosida tabiiy va aniq fanlar bo‘yicha zamonaviy darsliklar yaratilmoqda. Eng muhimi, bu maktablar aniq samara bera boshladi.
Ushbu maktablarni bitirgan 100 nafar yigit-qiz dunyoning TOP-100 oliygohlarida tahsil olmoqda. Prezident maktablaridagi baholash tizimi hozir 500 ta umumta’lim maktabida qo‘llanmoqda.
Baholashni samarali yo‘lga qo‘ygan 66 ta maktab jamoasiga 40 foizgacha ustama to‘lanmoqda.
Mamlakatimizda iqtidorli yoshlarni seleksiya yo‘li bilan tanlab olish bo‘yicha ilgari bo‘lmagan yangi tizim yo‘lga qo‘yildi.
Natijada bu yilning o‘zida xalqaro fan olimpiadalarida o‘quvchilarimiz 122 ta medalni qo‘lga kiritdi (2023-yilda 91 ta bo‘lgan).
Ko‘rdingizmi, inson omiliga e’tibor qanday samara bermoqda! — dedi Shavkat Mirziyoyev.

"Maktab bitiruvchilarini oliy ta’limga qamrab olish darajasi so‘nggi 7 yilda 4 karra (9 foizdan 38 foizga) oshdi.
Bu yil 310 ming nafar o‘g‘il-qizlarimiz oliygoh talabalari bo‘ldi. Ana shu yoshlarning qariyb yarmi qizlardir.
Bunday natija ilgari hech qachon bo‘lmagan" — dedi Davlatimiz rahbari.
Bu yil 310 ming nafar o‘g‘il-qizlarimiz oliygoh talabalari bo‘ldi. Ana shu yoshlarning qariyb yarmi qizlardir.
Bunday natija ilgari hech qachon bo‘lmagan" — dedi Davlatimiz rahbari.
Forwarded from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
"Yana bir bor aytaman: qancha islohot qilmaylik, birinchi navbatda o‘qituvchining bilimi va kasb mahoratini oshirmas ekanmiz, sifatli ta’limni ta’minlay olmaymiz. Bu – ayni haqiqat.
Afsuski, bugungi kunda, davlat ta’lim muassasalarida 46 ming nafar (7 foiz), xususiy tashkilotlarda esa 38 ming nafar pedagog 5 yil davomida malaka oshirmagan.
Bu yil attestatsiya jarayonlari shaffof bo‘lishi uchun sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar qo‘llandi.
Natijada 198 ming o‘qituvchidan 21 ming nafari (10 foiz) malaka bo‘yicha yetarli ball to‘play olmadi. Afsuski, bunday holatlar o‘quvchilarning bilimiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Bu yil bitiruvchilarning 130 ming nafari (30 foizi) oliygohlarga kirishda eng past – 57 ball ham to‘play olmagan.
Bu barchamizni tashvishga solishi kerak" — dedi Shavkat Mirziyoyev.