XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.6K subscribers
19.4K photos
1.27K videos
32 files
5.92K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#dars_jarayoni

Ixtisoslashtirilgan maktablar dars jarayonlaridan lavhalar:

Yangiariq tuman IM

🔲 7-B sinf o'quvchilari ishtirokida fizika fanidan "Zichlik" mavzusida ochiq dars mashg'uloti o'tkazildi. O'qituvchi: T.Bobojonova

Yangibozor tuman IMI

🔲 7-b sinfda Fizika darsi "Matematik mayatnikning tebranish davrini o'lchash" mavzusida o'tkazildi. Amaliy mashg'ulotda o'quvchilar 1-BSB topshirdilar. Ular matematik, fizik va prujinali mayatniklar bilan tanishib chiqdilar. O'qituvchi: Z.Vaisova

Xonqa tumani IM

🔲 8-G sinfda kimyo fanidan "Ruh II gidroksidi, Alyuminiy III gidroksidi va Xrom II gidroksidining amfoterlik xossalarini o‘rganish"mavzusida amaliy mashg‘ulot. O‘qituvchi: F.Aminov. Laborant: S.Ataboyeva.

🔲 5-sinfda tasviriy san'at fani dars mashg‘uloti. Mavzu: Nisbat, chiziqlar va nuqtalar bilan kuzatuvlar asosida rasm chizish. O‘qituvchi: M.Ne'matjonov.

🔲 10-D sinfda biologiya fanidan "Oqsillarning sifat reaksiyasi" mavzusida amaliy mashg‘ulot. O‘qituvchi: D.Sobirova.

🌐 Telegram | Facebook
#psixolog_faoliyati

Xiva shahridagi Prezident maktabida 7-sinf o’quvchilariga “O‘zaro munosabat, muomala va muloqot sirlari” mavzusida trening, 11-sinf o’quvchilari bilan suhbat va qiziqarli motivatsion o’yinlar tashkillashtirildi.

Qo‘shko‘pir tuman IM psixologi tomonidan 5-sinf o‘quvchilari uchun tashkil qilingan treningda "Qor yig‘imi", "Xotira mashqi", "Salat" mashqlari va enerjayzerlardan foydalanildi.

Yangibozor tuman IMIda psixolog tomonidan yangi qabul qilingan o'quvchilar bilan tanishuv mashg'ulotlari tashkil qilindi.

Bog'ot tuman IMda CHQBT rahbari va psixolog hamkorlikda barcha sinf o‘quvchilariga "Vatan bu-" mavzusida trening mashg'uloti tashkil etishdi.

Xonqa tuman IMning 8-sinf o'quvchilarida temperamentni aniqlash maqsadida test va "Avtoportret" proyektiv metodikasi o'tkazildi.

Xiva shahar 2-son IMda S.Qalandarova tomonidan "Jumboqli sandiq" nomli qiziqarli trening tashkil etildi.

Tuproqqal'a tuman IMda 5-sinf o‘quvchilariga "Tanishuv trening" o‘tkazildi.

🌐 Telegram|Facebook